Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
KIRISH
Mamlakatimizda sanoat va uy-joy qurilishi yildan-yilga tobora o'sib bormoqda. Mamlakatimiz iqtisodiy rivojlanishining kolami va sur’ati ko‘p jihatdan kapital qurilish sur’atlari va sifatiga, kapital mablag‘lardan samarali foydalanishga bog'liq. Qurilish hajmini ko'paytirish bilan bir qatorda qurilish-montaj va pardozlash ishlarining sifatini oshirish ham muhim vazifalardan hisoblanadi. Pardozlash ishlaridan eng qiyini suvoq ishlari bo'Isa, eng muhiini bo'yoqchilik ishlaridir. Suvoq qatlami binoni issiq saqlash, tovush izolatsiyasini yaxshilash, binoni to‘la yoki qisman yonmaydigan qilish va uning yog’och qismlarini chirishdan saqlash uchun zamr. Suvoq ishlarini mexanizatsiyalashtirish ularni bajarishdagi mehnat sarfini qisqartirishga va mehnat unumini oshirishga imkon beradi. Bo'yoqchilik ishlari bino va inshootlar konstruksiyalarining xizmat muddatini uzaytirish, xonalarning sanitariya-gigiyena sharoitlarini yaxshilash va tashqi ko'rinishini ko'rkamlashtirish uchun ularning sirtiga surtishdan iboratdir. Sirtlarni gulqog‘oz yopishtirib pardozlash ham bo'yoqchilik ishlariga kiradi. Hozirgi vaqtda qurilish materiallari sanoati pardozlash materiallarining keng- nomenklaturasini ishlab chiqarmoqda, shuningdek ko'p mehnat talab qiladigan pardozlash ishlarini qo'lda bajarish o‘rniga mexanizatsiyalashtirilgan zamonaviy usullardan, gipsdan iborat bog'lovchi moddalar qo’shilgan qorishmalar, tarkibida sun’iy qatronlar bo'lgan bo'yoqlardan foydalanilmoqda. 0‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan so'ng ko'plab qurilish, pardozlash, bezak materiallarni mahalliy xomashyolardan tayyorlash keng yoiga qo'yildi. Qator qo’shma va xususiy korxonalar tashkil etildi. Bu korxonalarda ishlab chiqarilayotgan pardozbop materiallarning sifati yuqori bo'lib, davlat standartlari talablariga javob beradi. Yangi texnika va texnologiyani qo'llab sifat ko'rsatkichlari yuqori, ishlatishga qulay bo'lgan pardozbop materiallar ishlab chiqarilmoqda. Quruq suvoq deb ataladigan, devorlar va shiplarga qoplanadigan, yangi tipdagi plastik materiallar hamdagips- kartonlar shular jumlasidandir. Ushbu qo'llanmada suvoqchilik va bo'yoqchilik ishlari, gulqog'oz yopishtirish, shuningdek sirtlarni koshinlash haqidagi mavzular berilgan bo‘Iib, uni yozishda mualliflar o'zlarining ko“p yillik tajribalari va talabalarga o'qigan leksiyalaridan foydalanganlar. Qo'llanma haqidagi fikr va mulohazalaringizni quyidagi manzilga yuborishingizni iltimos qilamiz. Toshkent—129, Navoiy ko ‘chasi, 30-uy. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling