Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
Qurilish gipsi. Past (110—180°C) haroratda kuydirilgan gipstoshni maydalab hosil qilingan mahsulot qurilish gipsi deb ataladi. Oxirgj mahsulot tarkibida, asosan, yarim molekula suvli gips — kalsiy sulfat (SaS04 ■ 0,5 H20) boiadi.
Qurilish gipsi, qolipbop va o'tamustahkam gipslar past haroratda kuydirilgan gipslar jumlasiga kiradi. Qurilish gipsi (GOST 125 79) O'zbekistondagi zavodlarda ishlab chiqariladigan oq yoki och kulrang kukunsimon modda boiib, uning rangi gipstosh tarkibidagi aralashmalar miqdori va pishirish sifatiga bogiiq. Qurilish gipsi o'ziga xos xususiyatga ega boiib, tez qotadi- gan bogiovchi modda hisoblanadi. Qotish muddatiga ko'ra gipsii bogicvchilar uch guruhga boiinadi: A — tez qotadigan gips (2—15 minut); B — me’yorida qotadigan gips (6—30 minut); D — sekin qotadigan gips (30 minutdan ortiq). Mustahkamligiga ko‘ra (GOST 125—79) barcha gipslar 12 markada ishlab chiqariladi (I- jadval). Mustahkamligiga ko'ra gips markalari
Qotish jarayonini sekinlashtirish maqsadida qorish paytida suvga hayvonot yelimi (SDB), ohak, ma.xsus qotishni sekinlash- tirgichlar qo‘shiladi. Bu moddalar gips zarralari sirtida parda hosil qilib, namlik (suv)ning bog'lovchiga o‘tishini qiyinlashtira- di, natijada bog'lovchining erishi sekinlashadi va qota boshlash muddati uzayadi. Qotishni sekinlashtiruvchi barcha moddalar gipsning mustahkamligini biroz pasaytiradi. Ayrim hollardagipsning qotishini tezlashtirish zarur bo'lib qoladi. Bu maqsadda qorishmaga achchiqtosh, osh tuzi, mis kupo- rosi kabi moddalar ma’lum miqdorda qo'shiladi. Sanoatda qurilish gipsidan tashqari, o'ta mustahkam va qolipbop gisplar ham ishlab chiqariladi. Lekin ular suvoqchilik ishlarida ishlatilmaydi. Yuqori haroratda kuydiriladigan gipslar suvsiz gipslar deb ham ataladi. Ular gipstoshga(CaS04 2H,0) 600—900°C haroratda issiqlik bilan ishlov berib olinadi. Yuqori haroratda kuydirilgan gips qurilish gipsidan sekin- roq — qorilgandan so'ng 30 minutdan keyin qota boshlab, ko'pi bilan 24 soat davomida qotib bo'ladi. Bunday gipslar suv ta’siriga ancha chidamli, siqilishga mustahkamlik chegarasi 10—20 MPa atrofida. Suvsiz gipslar suvoq qorishmalari va sun’iy mar- mar tayyorlashda ishlatiladi. Gipsning bo‘sh holatdagi o‘rtacha zichligi 1,1 t/m3, zich- lashgan holatdagisi 1,5 t/m3 atrofida. Bunday gips 0‘zbekistonda Quvasoydagi sement kombinatida, Buxoroning Kogon shahrida- gi grafit-gips kombinatida ishlab chiqariladi. Angrendagi kera- mika kombinatida o‘ta mustahkam gips ham ishlab chiqariladi. Suyuq shisha Suyuq shisha suvda eritilgan holatda bogMovchi modda sifatida ishlatiladi. Asosiy material turiga qarab natriyli va kaliyli suyuq shishalar bo'ladi. Suyuq shisha natny (Na,0 • n SiO,) va kaliy (K,0 ■ n SiO,) silikatlarini avtoklavlarda 6—7 atm. bug1 bosimi ostida eritib hosil qilinadi. Suyuq shishaning sifati modui bilan xarakterlanadi. U suyuq shisha tarkibidagi kremniy oksidining natriy oksidi yoki kaliy oksidiga nisbatini ko'rsatadi. Modul qancha katta boMsa, suyuq shishaning sifati shuncha yuqori boMadi. Suyuq shisha suvning bug'lanishi, shuningdek havodagi kar- bonat angidrid gazi CO, bilan o'zaro reaksiyaga kirishishi natijasida qotadi. Kremniy ftorid Na,SiFfi qo'shilganda suyuq shisha tezroq qotadi. 0‘zbekistonda suyuq shisha Chirchiq zavodida ishlab chiqariladi. Sementlar Sementlar havoda ham. suvda ham qotadigan gidravlik bogMovchi moddalar guruhiga kiradi. Portlandsement va uning turlari qurilishda keng tarqalgan asosiy bogMovchi material hisoblanadi. Portlandsement (GOST 10178—85) gidravlik bogMovchi moddalarning asosiysi boMib, boshqa tur bogMovchi moddalar 9 shu portlandsement asosida tayyorlanadi. U portlandsement klinkeri va zarur miqdordagi gipsni birgalikda mayin maydalash yo‘li bilan hosil qilinadi. Maydaiash jarayonida qorishmaga sement massasining ko'pi bilan J5 % rniqdorida aktiv mineral qo‘- shimchalar qo‘shish mumkin. Portlandsement klinkeri muayyan nisbatda olingan ohaktosh va tuproqning xom aralashmasini 1450°C haroratda pishguncha kuydirish yo'li bilan olinadi. Tuyib hosil qilingan portlandsementning yuzasi 3000 sm2/g boiadi, Sement M400, M500, M550 va M600 markalarda ishlab chiqariladi.Bu sementni suvga qorishtirib, kub shaklidagi qolipga solib tayyorlangan va 28 sutka davomida qotirilgan namunaning mustahkamligi mos ravishda 400, 500, 550 va 600 kg/sm2 ga teng deganidir. Bog'lovchining mustahkamligi qorishma markasidan 4—5 markadan oshib ketmasligi kerak. Shuning uchun ham port landsement sof holdajudakam, ko'pincha, ohak, gips yoki gil bilan aralashma tarzida ishlatiladi. Portlandsementli qorishmaning yoyiluvchanligini yaxshilash maqsadida unga plastifikatsiya- lovchi va o'ziga suv yuqlirmaydigan (gidrofob) moddalar qo‘shish tavsiya etiladi. Portlandsementning mustahkamligiga nisbatan qo‘yiladigan talablar 2- jadvalda keltirilgan. 2- jadval Portlandsement markalari (GOST 10178—85)
O'zbekislonda portlandsement Quvasoy, Ohangaron. Navoiy sement kombinatlarida ishlab chiqariladi. Oq porllandsement (RST 0‘z 761—96) tarkibida temir va marganes oksidlari deyarli bo'lmagan oq gil va sof ohaktoshni kuydirish yo‘li bilan olinadi. Sement massasiga nisbatan ko'pi bilan 10 % miqdorda oq mineral qo‘shilma qo‘shishga ruxsat etiladi. Portlandsementning oqlik darajasi qaytarish koeffitsiyenti bilan aniqlanadi. Bu koeffitsiyent qiymati portlandsementning 1- navi uchun 80 %, 2- navi uchun kamida 75 % va 3-navi uchun 68 % bo'lishi lozim. Oq porllandsement M400 va M500 markalarda ishlab chiqa- riladi. Saqlash paytida uni ifloslanishdan asrash zarur. Oq portlandsement qimmatbaho material bo‘lib, sanoat va jamoat qurilishida binolarning ichini va sirtini manzarali par- dozlashda ishlatiladi. Suvoq qorishmalar tayyorlashda tegishlicha oq qumdan foydalanish darker. Oq portlandsement 0‘zbekistonda Angrendagi qurilish ma- teriallari kombinatida ishlab chiqariladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling