rasm. Qorishmani suvoqchilik kurakchasi bilan devorlar^a itqitish:
a — qorishma sokolga olinadi; b — sokoldan qorishma porsiyasi olinadi; d, c — qorishmaning bosh sathida tegishlicha chapdan o‘ngga va o'ngdan
chapga itqitiladi.
rasm. Qorishmani suvoqchilik kurakchasi bilan shipga itqitish: a — boshdan oshirib; b — tik yuqoriga; d — oldinga itqitish.
39
qalinligi ohakni va ohak-gipsli qorishmada 7 mm dan va sementli qorishma bo'lganda 5 mm dan oshmasligi kerak. Qora suvoq yaxshilab tekislanadi.
Pardoz suvoq — suvoqning uchinchi qatlami. Uning qalinligi 2 mm bo'ladi. Pardoz suvoq qorishmasi ko'zlarining kattaligi 1,5 *1 ,5 mm bo'lgan elakda elangan mayda qumdan tayyorlanadi. Pardoz suvoq qorishmasining quyuqligi standart konusning 10 — 12 sm cho‘kishiga mos kelishi kerak.
Suvoq qatlamlari yuzaga turli usullar bilan — itqitish va surkash yo‘li bilan chaplanadi. Sachratma qatlam va qora suvoqning birinchi qatlami yuzadagi hamma g'adir-budurliklarga yaxshi kirishi va shu tufayli yuzaga qattiq yopishishi uchun itqitiladi. Suvoqning ikkinchi va keying! qatlamlarini surkash yo‘li bilan chaplash mumkin. Pardoz suvoq qatlami itqitilib yoki surkab chaplanadi (9—10- rasm).
Surkash uchun ishlatiladigan qorishma juda ham quyuq bo'lmasligi kerak. Quyuq qorishma ishlatilganda asbobni qattiq bosish kerak, aks holda suvoq qatlami qorishmani itqitgandagiga qara- ganda nozichroq va juda ko‘p ichki bo‘shliqlari bo'ladi. Qorishmani devorga chaplashda qorishma solingan yashik devordan 1 m uzoqlikda qo'yiladi; shiplarni suvashda qorishma surkaladigan joyning tagiga qo'yiladi (11-rasm).
11-rasm. Qorishmani sokol bilan surkash: a — devorga; b — shipga
Do'stlaringiz bilan baham: |