Yog‘och yuzalar. Bunday yuzlarni tayyorlashda eni 10 sm dan ortiqroq taxtalar yoriladi, yoriqlariga eni 5 — 12 mm li tirqishlar hosil bo'lishi uchun ponalar qoqiladi. Bundan enli taxtalarni ishlatish yaramaydi, chunki ular tob tashlaydi. G'adir-budir yuzalar hosil qilish uchun taxtalarga rezgi taxtalar qoqiladi (6-rasm). Yog’och pardadevorlar, devorlar vashiplar issiqlik va tovushni kam o'tkazishi uchun rezgi taxtalar qoqish oldidan chipta, namat tortib mixlanadi. Qorishma bu materiallarga yaxshi yopishadi, taxtalar esa kamroq namlanadi.
Tayyorlanish usuliga ko'ra yulingan va arralangan rezgi taxtalar bo'ladi. Yulib tayyorlangan rezgi taxtalar oddiy, yuqori sifatli va shponli bo'ladi. Oddiy rezgi taxtaning eni 12—30 mm, qalinligi
5 mm; yuqori sifatli rezgi taxtaning eni 15—25 mm, qalinligi
4 mm, shponli rezgi taxtaning eni 15—25 mm, qalinligi 2—5 mm qilib tayyorlanadi.
6-rasm. Yog'och yuzalarni tayyorlash: a, b — qoqilgan rezgi taxtalar; d — suvoq qorishmasi chaplangan rezgi taxta; c — rezgi taxtalarni qoqish;/— mixlami ushlash; 1 — lo'shama qatlam;
2 — ustki qatlam; 3 — ustki rezgi taxta qatlami bilan yuza orasidagi tirqish;
Do'stlaringiz bilan baham: |