Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
3-jadval
Qorishmaning yoyiluvchanligi
Nam xonalar Mpz 100, Mpz 150, Mpz 200 va Mpz 300 markali qorishmalar bilan suvaladi. Tashqi devor panellarining yuzasini pardoz suvoq qilish uchun sovuqqa chidamliligi Mpz 35 dan kam bolmagan qorishmalar ishlatiladi. Suvoq qorishmalari retseptlari Qurilishda to'plangan boy tajriba qorishmalarning namunaviy retseptlarini tavsiya etishga imkon beradi. Lekin foydalaniladigan mahalliy materiallarning sifatini hisobga olib, bu retseptlarga te- gishli o‘zgartirishIar kiritilishi mumkin. Binoning ichini suvash uchun xona havosining nisbiy namligi 60 %gacha bo'lganda ohak- gips va ohak-gil qorishmalari ishlatiladi. Havoning nisbiy namligi 60 %dan ziyod bo'lganda, shuningdek tashqi suvoq uchun sement, sement-ohak va sement-gil qorishmalaridan foydalanish kerak (4—6- jadvallar). 4-jadval Oddiy suvoqlar uchun qoristimalar
Binoning muntazam ravishda nam tegib turmaydigan tashqi devorlari, shuningdek nisbiy namligi 60 %dan oshmaydigan xo- nalaming ichki devorlari, orayopmalari va shiplarini suvash uchun sement-ohak qorishmasi 0‘rniga sement-gil qorishma- sini ishlatish mumkin. Bunda qorishmaning yoyiluvchanligi Stroy SNIL konusi 13 14 sm botadigan darajada bo'lishi, loy hajmining sement hajmiga nisbati esa 1,5:1 dan oshmasligi kerak. Havo harorati +10°C dan past bo'lmaganda yozda va qishda qorishmalarning tarkibi bir xil bo'ladi. Harorat +5°C dan past bo‘lganda qorishmaning yuzaga suvash paytidagi harorati 8CC dan past bo'lmasligi lozim. Havo harorati bundan past bo'Jganda qorishmaga qorishma haroratini pasaytirmaydigan qo‘shiimalar qo‘shiladi (6-jadval). Manzarali suvoqlar uchun bog'lovchi, to'ldirgich va bo'yovchi modda — pigmentdan tashkil topgan qorishmalar ishlatiladi. Bundan tashqari qorishmaga, har xil manzarali qo'shilmalar — 1% gacha slyuda, 10 %gacha maydalangan shisha va hokazolar qo'shilishi mumkin. 5-jadval
6-jadval Manzarali suvoq uchun qorishmalar tarkibi
Ba'zi temir-beton panellarga mo'Ijallangan manzarali qorishmalar markasi 150 dan, yengil panellar va fasadlarni suvashga mo'Ijallangan qorishmalarniki 50 dan past boMmasligi kerak. Har xi! rangdagi manzarali suvoq qorishmalarining tarkibi 7-jadvalda keltirilgan. 7-jadval Rangli ohak—qum qorishmasi tarkibi (massasi bo'yicha % da)
Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling