12-rasm. Qorishmani andava bilan tekislash:
o — devorda, b — shipda.
Qorishma kurakchalar bilan, asosan, to‘r qoplangan yuzalarga surkaladi.
Yog‘och andavalar bilan qorishma turlicha — ensiz, keng, uzun va qisqa polosalar tarzida surkaladi. Qorishma sokol bilan qanday surkalgan bo‘lsa, shu tarzda tekislanadi. Bunda farq shundaki, tekislashda sokolga qorishma olinmaydi (12-rasm). Odatda, qorishmani sokol bilan surkash bilan bir vaqtda tekislab ham ketiladi. Qorishmani aniqroq tekislash uchun ba'zan quyidagicha ish qilinadi. Awal yog'och andavani devorlarda vertikal yo'nalishda, so'ngra gorizontal yo'nalishda yurgiziladi, .shiplarda esa avval ship bo‘ylab, keyin shipga ko'ndalang yo'nalishda yurgiziladi.
Suvoqning tekis chiqishi yog'och andavaga yoki boshqa asbobga qanday kuch bilan bosilishiga bog'liq. Kuchli bosilgan joyda yupqa qorishma qatlami hosil bo'ladi va aksincha.
Luzgalar, usenoklar va faskalar
Luzga — ikkita devorning yoki ship bilan devorning tutashgan joyidagi ichki burchak; usenok — ikkita devor tutash- gan joyda hosil bo'ladigan tashqi burchak (13-rasm). 0‘tkir burchaklar (usenoklar) tez sinib ketishi sababli ular yumaloqlanib yoki faska chiqarib to'mtoqlashtiriladi.
Luzgalar, usenoklar va faskalarni ishqalash va ularga ishlov berish eng sermehnat operatsiyadir. Luzgalar, usenoklar va faskalar andava. rejacho'p, shablonlar yordamida hosil qilinadi.
Luzgalar yoki usenoklarni ishqalash uchun elangan mayda qum qo'shib tayyorlangan qorishma ishlatiladi. Chaplangan qorishmaga andava yoki rejacho'p qo'yilib, unga biroz bosiladi va yuqoriga hamda pastga yurgizib, luzgalar va usenoklarning aniq toza chizig'i hosil bo'lguncha ishqalanadi. Bu elementlar qat’iy gorizontal yoki vertikal tarzda bajarilgan bo'lishi kerak.
14-rasm. Luzgalar (12) va usenoklami (b) shakldor andavalar bilan
Do'stlaringiz bilan baham: |