Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqori sifatli suvoq
ishqalash.
Nuqsonlar kerakli joyiga qo'shimcha qorishma chaplab, kichkina andava bilan to'g'rilanadi (14-rasm). Tayyor usenokni ishqalab faska chiqariladi, tores tomonlariga andava qo'yiladi va uni biroz bosib, yuqoriga va pastga yurgizib, usenok qorishmasi bir tekisda ishqalandi yoki uni yumaloqlanadi. Agar faska keng qilib chiqariladigan bo'lsa, u holda usenokdan qorishmaning bir qismini keskich bilan kesib olish mumkin. Kesilgan faska suv bilan ho'llanadi, so'ngra andava bilan ishqalanadi. Faska mutlaqo to‘ppa-to‘gri boiishi kerak. Yuqori sifatli suvoq Yuqori sifatli suvoq devorlarda qat’iy vertikal, shiplarda qat’iy gorizontal boiishi kerak. Raxlarning enida ko'pi bilan mm farq qilib chetga chiqishiga yol qo'yiladi. Tekis va qat’iy vertikal suvoq yuzlarini faqat nishonlar bo'yicha hosil qilish mumkin. Nishonlar hamma turdagi yuzalarga: devorlar, plyastralar, ustunlar, shiplar va balkalarga o'rnatiladi. Nishonlar orasida 2 m masofa o'rtacha hisoblanadi, lekin u bundan kam yoki ortiq boiishi mumkin. Ko'pincha ustalar nishonlarni 3 m masofada o'rnatadilar. Shunday qilib, devor juda uzun bolganida mixlar qoqib bir necha nishon o'rnatishga to'g'ri keladi. Buning uchun oldin qoqilgan mixlar bo'yicha rejaip torti- ladi va shu rejaip bo'yicha oraliq mixlar qoqiladi. Nishonlar suvoq uchun tayyorlangan qorishmadan yoki gipsdan o'rnatiladi. Yog'och va metall nishonlar, asosan, mix qoqiladigan yog'och, g'isht va boshqa yuzalarga o'rnatiladi. Bu nishonlar mixlar yoki qisqichlar bilan mahkamlab qo'yiladi. Yog'och nishonlardan foydalanilganda ularning tagiga oldindan shovun bo'yicha metall markalar o'rnatiladi. Qorishmani mexanizatsialashtirilgan usulda purkashda metall yoki yog'och nishonlardan foydalanish tavsiya etiladi. Gips nishonlar qorishma nishonlarga qaraganda mustahkamroq bo'ladi, ular qorishmani rejacho'p bilan tekislashda kamroq yeyiladi. Ammo bu nishonlarni butunlay chopib tashlashga to'g'ri keladi. Qorishma nishonlar biroz zaif bo'ladi, ammo ularni butunlay chopib
15-rasm. Devorlarda verlikal nishonlar bo'yicha tegishlicha malka, reja cho‘p, dasta o'rnatilgan reja cho'p (a,b,d) va shipda malka bilan (e) qorishmani tekislash: /—malka; 2—nishonlar; 3— arqon; 4— dasta. tashlamasdan, 5—10 mm qalinlikdagi qatlamini kesib tashlash yoki kertish mumkin. Pardoz beriladigan hamma yuzalarda nishonlar o'rnatib bo'lingandan keyin nishonlar bo'yicha suvashga kirishiladi. Qorishma odatdagi usulda chaplanadi: oldin bir qavat sachratma qatlam, so'ngra qorasuvoq qatlami bir necha qavat qilib chaplanadi. Qorasuvoqning har qaysi qatlami tekislanadi. Qorasuvoq qatlami qorishmasi qancha tekis bo'lsa, nuqsonlar shuncha kam, pardozsuvoq qatlami qorishmasini shuncha yupqa surkash mumkin bo'ladi. Qorishmani mashinalar bilan purkashda uni nishonlar bo'yicha rejacho'p, malkalar yoki dastalar mahkamlangan rejacho'plar yordamida tekislanadi. Ular polda turib devorlarning yuqoridagi va shiplardagi qorishmani tekislashga imkon beradi (15-rasm). Qorasuvoq qatiami chaplangandan va tekislangandan keyin yog'och hamda metall nishonlar olib tashlanadi, ularning o'rni qorishma bilan suvaladi, tekislanadi va ishqalanadi, rejacho'pni turli yo'nalishlarda qo'yib, chaplangan qorishmaning yuzasi tekshiriladi va qorishmani sidirib olib yoki qorishma chaplab hamma noaniqliklar tuzatiladi. So'ngra pardozsuvoq qatlami chaplanadi, tekislanadi va ishqalanadi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling