Suvoqchilik va pardozlash ishlari


Marmar uvog'i qo'shilgan ohak-gips qorishmasi bilan pardozlash


Download 1.62 Mb.
bet24/52
Sana18.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1595726
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52
Bog'liq
suvoq kitob

Marmar uvog'i qo'shilgan ohak-gips qorishmasi bilan pardozlash. Pardozlashning bu turi binoning ichki xonalarida ham, yomg'ir tegmaydigan tashqari yuzalarida ham qo'llaniladi. Oddiy ohak-gips qorishmasi bilan qorasuvoq qilinadi. Pardoz- suvoq aralashmasi gips va marmar uvog'idan tayyorlanadi, yaltiratish uchun slyuda qo'shiladi, Rangdor suvoq uchun aralash- maga ishqor ta’siriga chidamli pigment qo'shiladi
Quruq aralashma yarim suyuq xamir hosil bo'lgunga qadar ohak sutida eritiladi. Qorasuvoq ustidan 10—12 mm qalinlikda pardozsuvoq qatlami chaplanadi, yaxshilab tekislanadi va ishqa- landi. Qotgan pardozsuvoq po'lat cho'tkalar bilan tozalanadi: uvoq va slyuda donalari yuzidan gips va ohak plyonkasi qirib tushiriladi. Yuza tozalanib bo'lgach, supurgi yoki cho'tka bilan supuriladi. Yuzani suv bilan yuvish mumkin emas. Cho‘tkam bir yo'nalishda yurgizish kerak, aks holda yuza tirnalib, faktura ko'ri- nishi buziladi.

  1. Yuzalarni qoplama listlar (quruq suvoq) bilan pardozlash

Qoplama listlar mastikalar bilan tosh, beton, g'isht va boshqa mix qoqish qiyin bo'lgan yuzalai^a yelimlab yopishtiriladi. Listlar yog'och yuzalarga yelimlab yopishtiriladi. Listlar yog'och yuzalarga mixlanadi. Ba'zan yuzalarga oldindan yog'och karkaslar o'rnatiladi va unga listlar mixlanadi.
Qoplama listlar. Pardozlash uchun gips-tolali va yog'och tolali listlar ishlatiladi.
Gips listlar uzunligi 2500, 2700, 3000 va 3300 mm, kengligi 1200 va 1300 mm, qalinligi 10 va 12 mm qilib tayyorlanadi. Ular ikki tomoni va chetlari karton bilan yelimlangan gips qat­lami (o'zak) dan iborat. Listning faqat tores kesilgan tomonlari karton bilan yelimlanmaydi. Karton listlarni mustahkam qiladi, bundan tashqari karton yuzalar gulqog'ozlar yelimlashga va bo'yashga qo'shimcha tayyorgarliksiz yaroqlidir.
Gips-tolali listlar uzunligi 2500 va3100 mm, eni 1350 mm va qalinligi 20—30 mm bo'lib, ular o'simlik tolalari qo shilgan gips massasini presslab tayyorlanadi. Bunday list- laming old tomoni g'adir-budurroq, silliq yoki fakturaiangan (kartonsiz) qilinadi. Yog'och tolali listlar yog'och yoki boshqa o'simlik tolalaridan qo'shimchalar qo'shib tayyorlanadi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling