Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Rangdor ohak-qum suvoqda
51
tiklangan yuzalar, masaian yengil beton, tuf, chig'anoqtosh, g'ovak sopol bloklar sirtlarini pardozlashda ishlatiladi. Bu ozroq sement qo'shilgan qorishma qorasuvoqdan keyin purkaladi. Bunday qorishmalar bilan og'ir beton yuzalarni suvash mumkin emas, chnnki vaqt o‘tishi bilan suvoq ko'chib tushishi mumkin. Terrazit suvoq katta binolarning devorlari, ustunlari, sokollari va boshqa qismlarini pardozlashda ishlatiladi. Tosh suvoqlar tabiiy qoplama toshlar (granit, marmar, ohaktosh, tuf) ga o'xshatib purkalgan suvoqlardir. Og‘ir, zich betondan, g'ishtdan, ya’ni markasi kamida 1000 boMgan materiallardan iborat yuzalar shunday suvoqlar bilan pardozlanadi. Mustahkamligi past boMgan materiallardan ishlangan yuzalarga toshli qorishmalar chaplanganda, ular qatlamlanib qoladi. Toshsuvoqlar sementli qorasuvoq ustidan chaplanadi. Rangdor ohak-qum suvoqda bogMovchi sifatida ohak xamiridan foydalanib, ohak-qum qorishmasi tayyorlanadi. Unga 10—15 % sement va tegishli miqdorda pigmentlar qo'shiladi. Sof kvars qumi toMdirgich bo'lib xizmat qiladi. Bu qum zarralarining kattaligi 0,3 —0,6 mm boMishi kerak. Sachratib suvaladigan fakturalar uchun tarkibida taxminan 50 % 0,6 dan 2 mm. gacha oMchamli qum ishlatiladi. Ochiq tusli suvoqqa oq rangli kvars qumi ishlatiladi. BogMovchi moddalarni bo'yash uchun qorishmaga ohak xamiri va sement massasiga nisbatan ko‘pi bilan 7 % quruq qurilish bo‘yog‘i qo‘shiladi. Qisman qotgan yoki qotmagan (yumshoq) suvoqlar siklyalar, shtamplar, valiklar bilan ishlanib kerakli fakturalar hosil qilinadi. Siklyalar tishining balandligi ko'pi bilan 2—3 mm boMgan poMat plastinalardir (22-rasm). Shtamp va valik bilan pardozlash suvoq yuzasida takrorlanuvchi bir xil shakl hosil qilish imkonini beradi. Shtamp va valiklar yog'och, rezina, metallardan yasaladi. Ularni qo‘rg‘oshin, babbitdan quyib yasash ham mumkin (23-rasm). Silliq qorishma siitiga yo'naltiruvchi sifatida qo‘yilgan rejacho'p yoki katta andava bo'ylab valiklar g'ildiratiladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling