Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
Qurilish ohagi. Taxminan 1000°C haroratda kuydirilgan ohak- toshni maydalab tuyib hosil qilingan mahsulot qurilish ohagi deb ataladi. Qurilish ohagi, qotish sharoitiga qarab, ikkiga ajratiladi: havoda qotadigan ohak (faqat quruq havoda qotadi) va suvda ham havoda ham qotadigan gidravlik ohak.
Ohakni kuydirib hosil qilingan havoda qotadigan ohak kesak- lar holidagi so'ndirilmagan ohak (kipelka) deb ataladi (bu haii bogMovchi modda emas). Kesaklar holidagi ohak (yarim fabrikat)dan tovar mahsulot olish uchun uni tuyib maydalash kerak bo'ladi. Ohakni ikki usulda maydalash mumkin. Qanday usulda maydalan- ganligiga qarab, qurilishda ishlatiladigan havoda qotadigan ohak kesaklarining quyidagi xillari bo'ladi: tuyilgan so'ndirilmagan ohak va so ‘ndirilgan gidrat ohak. So'ndirilmagan ohak yirik bo'laklar yoki maydalangan (qay- nama ohak) holda uchraydi. So‘ndirilgan gidrat ohak (ohak guli) ohak bo'tqasi va ohak suti tarzida ishlab chiqariladi. Pardoz suvoq uchun kuchsizroq magneziyli ohakni ishlatgan ma’qul, chunki undan tayyorlangan qorishmalar zichroq boiadi. Odatda, korxonalarda ohak suvda so'ndirilmagan holda ishlab chiqariladi, markaziashtirilgan korxonalarda tayyorlangan ohakesa bo'tqa holida yoki sut ko‘rinishida tayyorlanadi. Ohak bo'tqasining o'rtacha zichligi 1,3—1,4 t/m\ ohak sutiniki 1,2—1,3 t/m3, tuyilgan so'ndirilmagan ohakniki esa 1,0—1,3 t/m3 bo'ladi. Havoda qotadigan ohak 0‘zbekistonda, asosan, Jizzaxdagi ohak zavodida, Quvasoydagi ohak kombinatida, Bekoboddagi sement kombinati va Qo'qondagi qurilish materiallari zavodida ishlab chiqariladi. Bundan tashqari, ko'pgina viloyatlarda ham ohak tayyorlaydigan mahalliy korxonalar tashkil qilingan bo'lib, ular o‘z hududlaridagi qurilish tashkilotlarini ohak bilan ta’minlab turadilar. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling