rasm. Zinapoyalar o rnatish:
1. 3 —pastki va ustki friz zinapoyalar; 2— qator zinapoyafari; 4— zina supasining poli; 5— kosour.
Pardoz sifatiga yuqori talablar qo'yiladigan binolarning zinapoyalarini koshinlash uchun qo‘yma poylardan foydalaniladi
Ish boshlangunga qadar zina katagi devorlari suvalgan yoki koshinlangan boMishi kerak. Zinapoyalar yuqoridan boshlab qo'yiladi. Ustki friz zinapoya ustiga qorishma solinib, ustiga qo'yma poy shunday qo'yiladiki, uning sathi zina supasi poli sathida yotadigan bo'lsin.
Qo'yma poylar bilan koshinlangan zina marshi to'sib qo'yiladi va 2—3 kun, ya'ni qorishma qotguncha tegilmaydi. So'ngra zina marshining vertikal devorlari sement qorishmasi bilan suvalib, to'siqlar o'rnatiladi.Bevosita topshirish oldidan zinapoyalar va qo'yma poylarning sirti maxsus pasta bilan jilolanadi.
Brekchiyasimon qoplamalar
Brekchiyasimon plitalarning (47- rasm) o'lchamlari 400x400 yoki 500x500 va qalinligi 35—50 mm. Ularning o'ng sirti tabiiy marmarga o'xshash dog'-dog' naqshli, ko'rkam bo'ladi.
Plitalar metall qoliplarda tayyorlanadi. Qolip tagiga 10—12 mm qalinlikdagi marmar plitka bo'laklari qo'yilib, ularning ora-
Do'stlaringiz bilan baham: |