Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Taxta pollami bo'yash apparatining
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- 25-rasm. Taxta pollarni boyash apparati
- Ichki yuzalarni suvli tarkiblar bilan bo‘yash
Taxta pollami bo'yash apparatining (25-rasm) ish unumi 80 m2/soat. Bo'yovchi tarkib sig'imi 1 litrli bakcha 4ga quyiladi. Lining chiqarish teshigi sirtiga teshiklar qilingan T- simon trubacha 8 ga tushgan. Bo‘yoq teshiklardan o‘tib 60 mm diametrli ta’miniash vali 2 ga boradi. Uzatiladigan bo'yoq miqdori bakcha qopqog'iga mahkamlangan va richag bilan harakatga keltiriladigan maxsus klapan yordamida rostlanadi. Richag 5ga kanat <5ulangan.
Valiklar. Yuzalar valiklar bilan bo'yalganda mehnat unumdorligi ancha oshadi. Valiklar bilan bir smenada 250 m3 gacha (cho‘tkalar bilan 100—150 m2) yuzani bo'yash mumkin. Valiklar ikki tipda: suv-yelimli va moyli tarkiblar bilan bo'yash uchun, faqat suv-yelimli tarkiblar bilan bo'yash uchun mo'ljallab ishlab chiqariladi. 25-rasm. Taxta pollarni bo'yash apparati: 1,2 — ish va ta'minlash valiklari; 3 — karkas; 4 — bakcha; 5 — richag; 6 — kanat; 7 — dasta; 8 — ta’minlovchi teshik-teshik trubacha. 8 26-rasm. Cho'tkalar: a — uzun dastali; b — dastaki; d — katta cho'tka; e — radiatorlarni bo'yash uchun; /— trubkalarni bo'yash uchun. Cho'tkalar. Bo‘yoqchilik ishlarining ko‘p qismi mexa- nizatsiyalashtirilgan usullarda bajariladi, biroq pardozlashning ba’zi xillarini cho‘tkalar bilan bajarish maqsadga muvofiq bo'ladi (26- rasm). Cho‘tka qillari dastasining o'rtasida bo'sh joy bo'ladi. Cho'tka bo'yoqqabotirilganda bo'sh joyga bo'yoq to'ladi va unda bo'yoq zahirasi hosil bo'lib, u yuzani bo'yash vaqtida asta-sekin sarflanadi. Yangi cho'tka qillarini ancha elastik qilish uchun awal uni bo'yoqchilik ishlarining tayyorgarlik operatsiyalarida ishlatish kerak. Bo'yash vaqtida cho'tka bo'yash qismining uzunligi doimo bir xilda bo'lishi lozim. Ichki yuzalarni suvli tarkiblar bilan bo‘yash Suvli bo'yovchi tarkiblarga hayvonot (shu jumladan kazein) va o'simlik yelimlari, suvda eriydigan karboksimetilsellulozali KMS yelimi asosida tayyorlangan yelimli bo‘yoqlar, shuningdek silikatli, kazeinli va sintetik suv-emulsiyali bo'yoqlar kiradi. Suvli bo'voqlar, odatda, qurilish obyektining o'zida tayyorlanadi. Suvli bo'yoqlar tayyorlashda asosiy pigmentning qaymoq quyuqligidagi massasiga boshqa rangdagi pigmentlar qo'shiladi. Ishlatish oldidan bo‘yoqlar yaxshilab kavlashtiriladi. Bo'yovchi tarkiblarning qovushqoqligi, odatda, B3-4 viskozimetri bo'yicha aniqlanadi; qovushqoqlik bo'yoqlarning xarakteriga va ularni bo'yaladigan yuzaga berish usuliga qarab 15—180 s atrofida bo'ladi. Yuzalar qurigan gruntovka qatlami (gruntovkalangandan keyin kamida 1 soat o'tgach) ustidan bo'yaladi. Bo'yoqlar cho'tkalar, bo'yoqchilik valiklari, bo'yoqpurkagichlar bilan ikki-uch qayta beriladi. Ichki yuzalarni suvli tarkiblar bilan bo'yashga tayyorlash, ishlov berish va bo'yashda bajarilishi kerak bo'ladigan operatsiyalarning soni va ketma-ketligi pardozlanadigan yuza, bo'yovchi tarkibning xiliga hamda bo'yash ishlari kategoriyasiga bog'liq bo'ladi. Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling