Suvoqchilik va pardozlash ishlari


Download 1.62 Mb.
bet34/52
Sana18.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1595726
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52
Bog'liq
suvoq kitob

bo'yash.
Ohakli aralashmalar uchun retseptlar.

  1. So'ndirilgan ohak qo‘shilgan aralashma (kg):

SUVOQCHILIK VA PARDOZLASH ISHLARI 1
IBOB 4
IIBOB 16
HH-l-i il l 19
(Stfa 28
Ill BOB 55
IVBOB 76
VBOB 83

Silikatli tarkiblar. Yuzalar kaliyli shishadan tayyorlangan silikatli tarkiblar bilan pardozlanganda xira yaltiraydigan chidamli manzarali shaffof parda hosil bo'ladi. Bu parda yetarli darajada mustahkam, gigiyenik, uni suv bilan yuvsa bo'ladi, quyosh nuri ta’sirida rangi o'zgarmaydi.
Ichki xonalarni bo'yashga mo'ljallangan sillikatli bo'yoqlar ishqor ta’siriga chidamli mineral pigmentlar bilan to'ldirgich- larning suyuq kaliyli shishadagi suspenziyasidan iborat.
Silikatli tayyor bo'yoqlar tez quyilib qoladi, shu sababli ularni tayyorlagan paytdan bosh lab 10—12 soat ichida ishlatib yuborish lozim bo'ladi.
Kazeinli tarkiblar bilan bo'yashda hosil bo'lgan pardalar hayvonot, o'simlik yoki sintetik yelimlar qo'shib tayyorlangan yelimli bo'yoqlar bilan bo'yalganda hosil bo'ladigan pardaga nisbatan ancha mustahkam bo'ladi.
Kazeinli tarkiblar bilan faqat mexanik jihatdan mustahkam quruq asoslar — beton va suvalgan yuzalargina bo'yaladi.
Kazeinli tarkiblar, odatda, yuzalarga bo'yoqpurkagich yoki cho'tka bilan ikki marta beriladi.
Suv-emulsiyali sintetik tarkiblar moyli bo'yoqlarga nis- batan qator afzalliklarga ega: kamyob va qimmatli moylar qo‘- shilmaydi, suv bilan suyultiriladi, tez quriydi; ulardan hosil qilingan parda yonmaydi, ravon xira yaltiroq, g'ovakli (havoni va suv bug'larini) o'tkazadi.


28-rasm. Devorlarni suv- emulsiyali sintetik bo'yoq bilan purkagih yordamida bo'yash.
Suv-emulsiyali bo'yoqlar pig­mentlar va toMdirgichlar suspen- ziyasidan iborat. Bo‘yoqni ishbop quyuqlikka yetkazish uchun unga oz-ozdan ichimlik suvi qo'shiladi, yaxshilab aralashtiriladi va qovush- qoqligi tekshiriladi.
BA markali bo'yoqlarni bo'yoqpurkagich bilan purkash uchun uning qovushqoqligi 25—30 s ga, valik yoki cho‘tka bilan surkash uchun 80 s ga va hatto berkituvchanligi yetarli bo‘lma- ganda 100 s ga kelguncha suyultiriladi (28-rasm).
Yuzalarni suv-emulsiyali bo'yoqlar bilan bo'yashda cho'tkalar, valiklar, bo'yoqpurkagichlar va bo'yoqni haydab beradigan agregatlardan foydalaniladi.

    1. Ichki yuzalarni suvsiz tarkiblar bilan bo‘yash

Suvsiz tarkiblar — moyli, lokli, emalli tarkiblar bilan yuza­larni ularni tashqi muhit ta’siridan saqlash va manzarali pardoz­lash maqsadlarida foydalaniladi. Bunda yuzani bo‘yoq qoplama bilan saqlash asosiy masala bo'lgani uchun yaxshiroq parda hosil qiladigan tarkiblar ishlatiladi.
Suvsiz tarkiblar bilan yuqori gigiyenik talablar qo'yiladigan va bo‘yog‘i mexanik jihatdan pishiq bo'lishi lozim bo‘lgan xonalar (ovqatlanish xonalari, jamoat oshxonalari, kir yuvish xonalari, operatsiya xonalari, magazinlar va h. k.) bo'yaladi. Ular faqat quruq yuzalarga ikki-uch marta yupqa qilib bir tekis beriladi.



Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling