Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- NAZORAT SAVOLLAR] BOB
- Mexanizmlar, asboblar, moslamalar va inventar
90
Gulqog'oz yopishtirishda ba’zi zarur ehtiyol choralarini ko'rish zarur. Elektr rozetkalari va ulab uzgichlar atrofiga gulqog'oz yopishtirishdan oldin tok elektr tarmog'idan uzib qo‘yilishi zarur. Agarda xonadagi elektr o'tkazgichlar ochiq holda bo‘lsa, ularni gulqog'oz bilan yelimlash man qilinadi. bu yong'inga olib kelishi mumkin. NAZORAT SAVOLLAR] BOB YUZALARNI KOSHINLASH Yuzalarni koshinlashga tayyorlash Koshinlanadigan yuzaning mustahkamligi va uzoqqa chidam- liligi ko'p jihatdan asosni koshinlashga tayyorlash sifatiga bog‘!iq. Agar asosning yuzasi iflos bo‘lsa, koshin yuzaga yaxshi yopish- maydi va qorishma yoki maslika bilan birga asosdan ko'chib tushadi. Asosni koshinlashga tayyorlash hamda plitalardan pol yolqizishda quyidagi operatsiyalar hajariladi: yuzalar oqib tushgan qorishma va kirdan tozalanadi, do‘ngliklar tekislanadi; chuqurchalar, mayda notekisliklar suvab tekislanadi va yuza sement pardadan tozalanadi yoki tilib chiqiladi; yuzani changdan tozalab. suv bilan yuviladi. moy dog'lari ketkaziladi va tayyorlangan yuza sementli suv yoki boshqa tarkib bilan gruntlanadi Vertikal va gorizontal yuzalarni koshinlashdan oldin ularning tekisligi, pol ustki qoplamasining sathi tekshiriladi va u (pol) xona devorlariga mahkamlanadi. Devor va pardevorlarning yo‘l qo‘yilgan o‘lchamlardan farq qiladigan yuzalari tuzatilishi kerak. Po] asosi qattiq, yuzasi mustahkam va tekis, beton yoki qorishma qatlamdan iborat boMishi kerak. Asosning nuqsonli joylari tuzatiladi. Suyuqlik oqib ketishini la’minlaydigan pollarning asoslari belgilangan qiyalikda qilinadi. Asosning zarur qiyalikda chiqqanligi unga suv quyib ko‘rib tekshiriladi: suv turib qolgan joylar qorishma bilan tekislanadi. Koshinlanadigan devorlar (asoslar)ning yuzasi vertikaldan mm dan ortiq og‘masligi kerak. Asosdagi mahalliy notekisliklar m ii reyka yordamida aniqlanadi; ular 10 mm dan oshmasligi kerak. Agar yuza vertikaldan 15 mm dan ortiq og‘gan bo‘lsa. unga po‘lat to'rni yaxshilab mahkamlab. ustidan sement qorishmasi bilan suvab tekislash kerak. To‘r qurilish-montaj pistoletlari yordamida dyubellar bilan mahkamlanadi. Yog'och yuzalarga keramik plitalar yopishtiriladigan bo'lsa, koshin qatlamini yog'och asosdan ajratib turadigan havo qatlami bo‘lishi kerak. Ma’lumki, namlik ta’sirida yog'och tob tashlaydi va yorilib ketadi. Havo qatlami esa bu paytda koshin qatlamini shikastlanishdan asraydi. Kerakli plitka bilan koshinlashdan oldin yog'och devorga bir- biridan 40 sm masofada reykalar qoqib chiqiladi, ustidan mayda ko'zli sim-to‘r qoqiladi. Suvalgan qorishma qotgandan keyingina uni koshinlashga kirishiladi. Mexanizmlar, asboblar, moslamalar va inventar Barcha asosiy tayyorgarlik ishlari dastaki mashinalar (mexa- nizatsiyalashtirilgan asboblar). asbohlar, moslamalar va inventar yordamida bajariladi. Tosh va beton yuzalarda qotib qolgan qorishma hamda kir po‘lat qirg‘ich bilan tozalanadi, do'ngliklar skalpel va bolg'a hilan ketkaziladi, jips-beton pardevorlar yuzalaridagi g‘adir-budirliklar sikla bilan tekislanadi (36-rasm). Asos yuzasidagi chuqur botiqlar kelma yordamida sement qorishmasi bilan suvab tekislanadi, mayda notekisliklar shpatellar yordamida polimersementli tarkib bilan tekislanadi. Bucharda yoki bolg'a bilan beton yuza o‘yib chiqiladi. Hali qotmagan sement qatlami tirnagich bilan tilib chiqiladi (37-rasm). Katta yuzalarga dastaki mexanizatsiyalashtirilgan asboblar hilan ishlov beriladi. Asos qilli cho'tka bilan changdan tozalanadi, yuviladi va gruntlanadi. Asoslar yuzasining tekisligi nazorat reykasi bilan tekshiriladi. Gruntovkalar metall idishlarda tayyorlanadi va saqlanadi. 37-rasm. Ascs sirtidagi notckisliklarni tekislash va unda kemtiklar hosil qilish uchun mo‘lja!langan asboblar: a — kelma; h — shpatel; d — uzun dastali shpatel: e — bucharda;/ — kemtik o'yadigan bolg‘a; i — tirnagich. Plitkalar yotqizishdan oldin pol qoplamasi rejalab olinadi. Rejalash pol yuzasining shaklini, asosiy elementlari (fon, friz)ning o‘rnini va olchamlarini aniqlash uchun bajariladigan o'lchash ishlari Pol qoplamasi rejalanadigan xonada asos qurilish axlatidan tozalanadi, yuzaning tekisligi va gorizontalligi tekshi- riladi, sof pol sathining belgisi devorga belgilab qo'yiladi. Polning shakli rejaip yordamida tekshiriladi. Buning uchun xonaning diagonal bo'yicha qarama-qarshi burchaklariga tarang qilib ip tortiladi.Agar har qaysi diagonalga tortilgan ip- ning o‘lchami bir xil chiqsa, xona to‘g‘ri burchakli va qarama- qarshi tomonlari bir-birigateng bo'ladi. Bunday xonalarda pol qop- lamasini rejalash frizni belgilashdan va sof polning berilgan belgisi bo'yicha nishonlarni o‘rnatishdan iborat boiadi. Qarama-qarshi tomonlari har xil bo'lgan, ya’ni burchaklari to‘g‘ri bolmagan xonalarda asosiy fon va friz to'g'ri burchakli qilib chiqariladi. Shunda haligi nuqson uncha sezilmaydi. Xonalar polini rejalashda to'shaladigan plitkalarning olchamlari va qoplamaning mo'ljaldagi naqshi hisobga olinadi. Devorga taqab yotqiziladigan qatorli, friz qatorli va fonli naqsh eng keng tarqalgan va oddiy naqsh hisoblanadi. Qoplamaning frizi va foni butun plitkalardan teriladi, devorga taqaladigan qismlariga esa yarimtalik va choraktalik plitkalar ham ishlatiladi. Polga plitkalar to‘shash friz qatorni to‘shashdan boshlanadi. Friz qator bir vaqtda har 20—25 plitkadan so‘ng ko‘ndalang nishonlar yotqiziladi. Nishon polosalar tortilgan rejaipning salqilanishiga yo‘l qo'ymaydi va qoplama fonining yuzasi gori- zontal chiqishini ta’minlaydi. Friz va ko‘ndalang polosalarni yotqizib bo'lgandan keyin zadelka va asosiy fonni to‘shashga kirishiladi Ish ayrim polosa - qamroviar tarzida bajariladi. Qamrovlarning yo‘nalishi dera- zalarning o‘rniga bog'liq. Odatda qamroviar xonaning uzun tomonlari bo‘ylab yotqiziladi. Biroq, agar derazalar bo'ylama devorlarda bolsa, qamroviar xonaning ko‘ndalangiga joylashtiriladi (38-rasm). 38-rasm. Polga keramik listlar yotqizish: a — Bolotin reykasi bilan qamrovlarni rejalash; b — qorishmani gazcho'p bilan tekislash va silliqlash; d — qamrovga go'niya yordamida ko'ndalang polosalarni yolqizish; e— qamrovda plitalami ko'ndalang qatorlar tarzida Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling