Suvoqchilik va pardozlash ishlari


-rasm. Brckchiyasimon plitalardan qilingan pollar


Download 1.62 Mb.
bet50/52
Sana18.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1595726
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
suvoq kitob

47-rasm. Brckchiyasimon plitalardan qilingan pollar:
a — plita; b — tayyor pol dementi;
1 — marmar plitka siniqlari; 2— qorishma bilan tosh uvoqlaridan qilingan choklar, j—qorishma qatlami, 4— armatura to'r, 5—beton qatlami, 6-friz qator plitkalari. 7— qoplama plitkalari. 8— sement-qum qorishmasi,
9—polning ostki qatlami



sida keng choklar qoldiriladi, bu choklar tosh uvoqlari bilan to‘ldiriladi. So‘ngra plastik sement qorishmasi yotqizib, unga po‘lat armatura to‘ri botiriladi. Qolipning bo‘sh qolgan joylari 25—35 mm qalinlikda beton qorishmasi bilan tocIdiriladi. Qorishma zichlangandan so‘ng qolip bug‘lash kamerasiga joylashtirilib, bu yerda 80—90°C haroratda 12—16 soat qoldiriladi. Tayyorlangan plitalar qolipdan olinib, jilvirlash stanoklarida oldin jilvirlanadi, keyin jilolanadi.
Olng sirti pardozlangan brekchiyasimon plitalar jamoat binolarining poliga to‘shaladi. Bunday plitalarni yotqizish uchun





48 -rasm. Qistirmalar bilan ajratilgan yig'ma brekchiyasimon qoplama:
7—sement-qum qorishmasi; 2— qistirmalar; 3— qorishma markalar;
4— gazcho'p; 5— nishon plitka; 6— rangli qorishma qo'yiladigan ariqchalar; 7—rangli qorishma; J—qorishma quyilib. tckislangan uya (karta); 7/—nishon plitkaning to'g'riligini tekshirish; ///—tosh plitkalar bo'laklari qoplangan uya; IV— choklarni yotqizilgan plitka chuqurligigacha tozalash, V— choklarga rangli qorishma quyish, VI— polning jilvirlangan sirti.
qattiq tekis asosga sement qorishmasi qatlami 3 qo'yiladi. Qop- lamani rejalash va plitani yotqizish texnologiyasi mozaikali beton plitalarni yotqizishdagidan farq qilmaydi.
Qistirmalar bilan ajratilgan yig'ma brekchiyasimon qoplamalar (48-rasm) 15 — 30 mm qalinlikdagi granit va marmar plita bo‘laklaridan (siniqlaridan) qilinadi.
Tayyorlangan asosdagi qistirmalar 2 bilan ajratilgan kvad- ratlarga sement-qum qorishmasi solinib, yoyiiadi. Qorishmaning ustki sirti qistirmaning ustki qirrasiga 5—7 mm yoki 10—15 mm (plita boMaklarining qalinligi 20—30 mm bo'lganda) yetmay qolishi kerak.
Yig'ma qoplama qilishga moMjallangan plitalar bo‘laklaridan bir xil qalinlikdagilari tanlab olinadi va yotqiziladigan joyga keltiriladi. Qoplama kvadratlarini to'ldirish o‘rtaga nishon plita qo'yib, uni qo'yilgan qistirmalarning ustki qirrasigacha gazcho'p bilan cho'ktirishdan boshlanadi. So‘ngra plitalar bo'laklari 5—7 mm chok qoldirgan holda tartibsiz ravishda terib chiqiladi. Choklar bundan katta bo'lsa, yig'ma mozaikali qoplamalarning ko‘rkamligi yomonlashadi.
Qorishma siiliga o‘tqizjlgan plita bo‘laklari gazcho‘p bilan nishon plita sathigacha va qistirmalarning ustki qirrasigacha cho'ktiriladi. Agar shunda plitalar zarur sathgacha cho‘kmasa, ularni yog'och bolg‘a bilan urib cho‘ktirish kerak. Atrofiga qistirmalar qo'yilgan uyaga qoplama qo'yib bo'lgandan so'ng choklar qorishmaga botirilgan plitka chuqurligigacha tozalanadi. Bu ish po'lat cho'tka bilan bajariladi. chiqarilgan qorishma supurgi yoki qisilgan havo bilan olib tashlanadi. Tozalangan choklar ozgina suv quyib ho'llanadi. So'ngra uya sirtiga yupqa qilib rangli yoki oddiy portlandsementdan qilingan plastik qorishma qatlami quyiladi. Shundan so'ng uni shpatel bilan yoyib choklar to'ldiriladi.
Oradan 1,5—2 soat o‘tgach, ya’ni qorishma qota boshlagach, qoplamadagi ortiqcha qorishma shpatel bilan sidirib olinadi. Plitalar orasidagi choklar po'lat andava bilan silliqlab chiqiladi.

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling