Dumaloq ustunlar qog'oz asosga yopishtirilgan, o‘lchami 25x100 mm li sirlangan to'rtburchak plitkalardan qilingan gilamchalar bilan koshinlanadi. Oq, kulrang, qora va marmar tusli plitkalar uzun tomoni gilamcha bo'ylab joylashtirilgan holda shaxmat tartibida yopishtirilgan bo'ladi. Bunday naqsh „Koshin“ deb ataladi. Bunday plitkalar yopishtirilgan gilamchalar silliq beton yuzaga yoki suvoq ustidan, uni silliqiamay va ishqalamay yopishtiriladi. Yopishtiriladigan gilamchalarning vertikal choklari bir-biriga to'g'ri kelishi uchun gilamchalarning katta tomonidagi qog'oz asos plitkaning yarmigacha qotirib qo'yiladi. Choklarning eni 5 mm. Bunday plitkalar bilan faqat dumaloq ustunlar emas, to'rtburchak ustuniar, shuningdek eshik hamda derazalar oralig'idagi pardevorlar va devorlar ham koshinlanadi.
Koshinlangan yuza sifatini nazorai q Uganda koshin materiali va naqshning loyihaga mosligi tekshiriladi. Choklar to'ldirilgan, to‘ppa-to‘g‘ri, o'zaro perpendikular va eni bir xil bo'lishi lozim. Bir rangli plitkalar bilan koshinlangan yuzalar bir tusli bo'lishi, tabiiy tosh plitkalar bilan pardozlangan yuzalarda esa bir tus ikkinchisiga sezilmay o‘tishi kerak. Koshinlangan yuza qattiq, darzsiz, qorishma va mastika qoldiqlarisiz bo'lishi lozim. Koshin burchaklarining 0.5 mm dan ortiq sinishiga yo‘l qo'yilmaydi.
Devor bilan yopishtirilgan plitka orasidagi bo'shliq qorishmaga to‘liq bo'lishi, mastika yoki yelim bilan yopishtirilgan plitkalar esa yuzaga butun asosi bilan tegib turishi lozim. Yuqorida qayd qilinganlarni e’tiborga olib koshinlash sifatiga baho beriladi.
Mozaikabop buyumlarni o‘rnatish
Turarjoy va ishlab chiqarish binolarini pardozlashda deraza tokchalariga o'rnatiladigan plitalar, zinapoyalar va qo‘yma poylardan foydalaniladi Bunday buyumlar qurilish industriyasi korxonalarida tayyorlanadi. Ularni koshinkor-mozaikachilar o'rnatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |