Suvoqchilik va pardozlash ishlari


Deraza tokchalariga o'rnatiladigan plitalar


Download 1.62 Mb.
bet48/52
Sana18.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1595726
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
suvoq kitob

Deraza tokchalariga o'rnatiladigan plitalar derazaning ichkari tomoniga o'rnatiladi. Bu buyumlar deraza o‘rniga deraza bloki o'rnatilib. u devorga tutashgan joylardagi tirqishlar berkitilgandar keyingina o'matiladi.
Oldin bir-biridan bir xil masofada 50 mm qalinlikdagi yog'och qoziqlar 2 qo'yiladi (45- rasm). Deraza o'rnining ichki chetiga ikkita qoziq, o‘rtasiga bitta yoki ikkita qoziq qo'yiladi, so‘ngra ularning ustiga plita o'rnatiladi.
Qo‘yilgan plitaning balandligi tekshiriladi va agar lozim bo'lsa, qoziqlar surib chiqariladi yoki urib kirgiziladi. Birqavat chegarasida o'rnatiladigan plitalarning usti bir sathda yotishiga e’tibor berish kerak. Bo‘ylama yo'nalishda esa xona ichiga tomon 1 % og'dirib o'rnatiladi. Plitaning uchlari devorga bir xil uzunlikda kiritilishi kerak.
Plitani tekshirib bo'lgandan so'ng uni olib, qoziqlar orasiga ulardan 2—3 mm balandroq qilib sement qorishmasi to'ldiriladi. Qalinligi 2 mm dan ortiq qorishma qatlamiga mayda shag'allar tiqib mustahkamligi oshiriladi.
Shu tariqa tayyorlangan qorishma qatlami ustiga haligi olib






  1. rasm. Dcraza tokchasi plitasini o'rnatish va balandligini tog'rilash:

1 — o'rnatilgan va mahkamlangan plita; 2 — yog'och ponalar;
3 — qorishma qatlami; 4 —devordagi plita o‘rnatiladigan o‘yiq.
qo'yilgan plita o‘rnatiladi, ustiga yog'och reyka qo'yiladi va bolg'a bilan urib cho‘ktiriladi. Bir sutka o'tgandan so'ng plita tagidagi qoziqlar ehtiyotlik hilan sug‘urib olinadi va qoziq o'rniga qorishma tiqiladi. Shundan so'ng plitalarning deraza nishablari ichidagi toreslariga g‘isht teriladi.
O'rnatilgan plitalar boshqa qurilish ishlarini bajarayotganda ifloslanmasligi uchun ustiga tol yoki qog'oz yopib qo‘yiladi. Agar plitalar jilolanmagan bo‘!sa, obycktni topshirish oldidan plitalarning sirti maxsus pasta bilan jilolanadi.
Zinapoyalarni (46-rasm) qiya balkalar (kosourlar) usliga o'rnatib zinalar quriladi. Bunday zinalarni yig'ish eng pastki supa bilan bir sathda yotadigan pastki friz zinapoya 1 ni qo'yishdan boshlanadi. So'ngra qator zinapoyalari 2qo'yiladi. Engoxirida ustki supa tekisligida yotgan ustki friz zinapoya 3 qo'yiladi.


  1. Download 1.62 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling