Suvoqchilik va pardozlash ishlari
Download 1.62 Mb.
|
suvoq kitob
- Bu sahifa navigatsiya:
- Devorga sirlangan plitkalarni mastika bilan yopishtirish
- Ko‘p yoqli va dumaloq ustunlarni koshinlash
Plitkalarni ynpishtirishga kirishishdan oldin devor sirti katta cho‘tka yordamida suv bilan ho'llab chiqiladi
Plitka orqasining burchaklaridan biriga kesik piramida shaklida qorishma qo'yiladi. Ortiqcha qorishma kurakcha bilan kesib olinadi. Shunday qilinsa, plitka yopishtirilganda orqasida bo'sh joy qolmaydi. Orqasiga qorishma solingan plitkani gorizontal vaziyatda ushlab, yopishtiriladigan joyga yaqinlashtiriladi. so'ngra vertikal vaziyatga burib, avval qorishmali burchagi bilan, keyin butun tekisligi bilan devorga yopishtiriladi. Bu ish juda tez, ammo ehtiyotlik bilan bajarilishi zarur (4I-rasm). Bunda oldin yopishtirilgan qator va tortilgan rejaip mo'Ijal qilib olinadi. Plitkani yopishtirib boMgach, orqasiga kurakcha dastasi bilan asta-sekin urib sirti oldin yopishtirilgan plitka sirtiga to'g'rilanadi (41-rasm, b). Plitka ostidan chiqib qolgan ortiqcha qorishma kurakcha yoki shpatel bilan sidirib olinadi va qorishma yashigiga solinadi. Devorni plitkalar orasidagi choklarni 3 mm gacha qilib koshiniash lozim bo'lsa, skobalar 1 yoki mixlardan foydalaniladi 41 -rasm. Skobalardan foydalanib koshinlash: a — plitkani o'rnatish; b — plitkani cho'ktirish; d — choklarning qalinligini inveniar skobalar (/) bilan rostlash. (41-rasm, d). Ular plitkalarning gorizontal va vertika! qirralari orasiga qo'yiladi. Har bir chokka bittadan skoba yoki ikkitadan mix qo'yiladi. Plitka tagidagi qorishma qotgach (odatda, 15—20 ta plitka qo'yilgach), skoba yoki mix olib tashlanadi Devorga sirlangan plitkalarni mastika bilan yopishtirish Sirlangan plitkalar mastika yordamida yopishtirilganda asosda sement-qum qorishmasi yordamida yopishtirilgandagiga qaraganda yaxshiroq yopishadi. Harorati keskin o'zgarib turadigan, titrab turadigan xonalarga, shuningdek tekis yuzani yirik panel!i devorlar va pardevorlarga plitkalar yopishtirishda mastikalarning bu xossasi ayniqsa muhim rol o'ynaydi. Polivinilasetat mastikasi (PS) g‘ishtin va beton devorlar hamda pardevorlar yuzasini koshinlashda ishlatiladi. Bundan oldin yuzalar sement-qum qorishmasi bilan suvab chiqiladi. a — yuzalarni polimersement qorishmasi bilan tekislash, b — plitka orqasiga mastika surkash; d — plitkalarni yopishtirish; 1 — polimersement qorishmasi bilan tckislangan yuza, 2 — andava. 3 — devorning tckislanmagan yuzasi, 4 — mastikaqatlami, 5 — tishli shpatel, 6 — layanch rcyka, 7 — rejaip; strelka andavani yurgizish yo'nalisliini ko'rsatadi. Plitkalar devorga yaxshi yopishishi uchun orqasiga polivi- nilasetat dispersiyasining 10 %li eritmasi surkaladi yoki PS mastikasi bilan ho‘llanadi. Buning uchun plitka orqasiga kurakcha bilan mastika solinib. o‘sha zahoti yana yashikka sidirih tashlanadi. So‘ngra plitkaning orqa tomoniga kurakcha yoki tishli shpatel bilan 2—5 mm qalinlikda PS mastikasi surkaladi (42-rasm). Orqasiga mastika surkalgan plitka gruntlangan yuzaga qo‘yiladi vauning ustini bosib rejai pga to‘g‘ri kelliriladi. Bunda piitka orqasida bo‘sh joylar va havo pufakchalari qolmasligi kerak. Plitka bosilganda sitilib chiqqan ortiqeha mastika kurakcha bilan sidirib olinadi, so‘ng plitkaning sini darhol ho‘l latta bilan artiladi. Yopishtirilgan plitkalar orasidagi choklarning eni kamida 2,5 mm bo'lishi kerak. Plitka tagidagi mastika yaxshi qotishi uchun choklar vaqtincha to'ldirilmay turiladi Oradan 1—2 kun o‘tgach, choklar 1:2 tarkibidagi sement-qum aralashmasi yoki plitka rangidagi manzarali mastika bilan to ldiriladi. PS mastikasi yordamida nitrobo'yoq, moyli bo‘yoq, suvli- emulsiyali va boshqa bo'yoqlar bilan bo‘yalgan yuzalarni maxsus tayyorlamasdan koshinlash mumkin Korboksisement-qum mastikasi (KSG) yordamida yuzalar xuddi PS mastikasidek koshinlanadi. Koshinlashdan oldin devor va pardevorlarning yuzi KMS yelimining suvdagi 3 %li eritmasi bilan gruntlanadi. Plitka gruntovka qurigartdan keyin yopish- tiriladi. Plitkaning orqasiga (gruntlamasdan) 3—5 mm qalinlikda mastika surkaiadi va uni yopishtiriladigan joyga qo'yib, qattiq bosiladi. Plitka yuziga tekkan mastika suvda ho‘llangan latta bilan artib tashlanadi. Plilkalarni yopishtirish texnologiyasi yuqorida aytilganlardan farq qilmaydi. Oradan bir sutka o'tgach, choklar sement-qum qorishmasi bilan to‘ldiriladi. Ko‘p yoqli va dumaloq ustunlarni koshinlash Download 1.62 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling