Suvoqchilik va pardozlash ishlari


Download 1.62 Mb.
bet39/52
Sana18.06.2023
Hajmi1.62 Mb.
#1595726
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52
Bog'liq
suvoq kitob

NAZORAT SAVOLLARI

  1. BOB

YUZALARGA GULQOG‘OZ VA PLYONKALAR YOPISHT1RISH

  1. Umumiy ma’lumotlar

Devorlarga va shiplarga gulqog'ozlar yoki sintetik plyon- kalar hamma bo'yoqchilik ishlari (duradgorlik buyumlari, loklar va chalpaklarni oxirgi marta bo‘yash bundan mustasno) tugallangandan keyin yopishtiriladi. Devor va shiplarga gul­qog'ozlar yoki plyonkalar yopishtirishda xona harorati I0°C dan past bo'lmasligi, havoning nisbiy namligi esa ko'pi bilan 70 % bo'lishi kerak.
Gulqog'ozning oliy sifatli tiplaridan biri naqsh solingan gulqog'oz — linkurstlar bo'lib, ular qog'ozga moylar, smolalar, plastfikatsiyalanagan nitrohujayralar yoki boshqa suvsiz bog‘- lovchilarga to'ldirgichlar qo'shib hosil qilingan rangli mastika qatlamalri surkab tayyorlanadi. Linkurstdagi relyefli rasm ustiga yangi mastika surkalgan qog'ozni naqshli valeslar orasidan o'tkazib hosil qilinadi.
Izoplen qog'oz asosida tayyorlangan polivinilxloridli pardozbop plyonka uzunligi 1000, 1200, 1800 sm, eni 500, 600, 750 mm, qalinligi 0,3 mm li rulonlar ko'rinishida ishlab chiqariladi. Ular har xil rangli, sidirg'a, naqsh bosilgan, xira va yaltiroq bo'lishi mumkin. Harorat — namlik rejimi normal bo'lgan binolarning devorlari va pardevorlaming ichki yuzalarini pardozlashda ishlati­ladi.
Polivinilxloridli manzarali pardozbop plyonkalar har xil markada ishlab chiqariladi:
PDSO — orqa tomoniga maxsus qog'oz yopishtirilgan, yelim qatlamli; uzunligi 15 va 80 m, eni mos ravishda 450...500 va 900 mm, qalinligi 0,15 mm bo'ladi. Plyonkasining o'ng yuzasi sidirg'a yoki naqsh bosilgan, bosma gulli, ko'p rangli bo'ladi. Bo'ylama yo'nalishda 9,8 yoki 11,8 MPa kuch bilan cho'zilganda uziladi. Plyonka turarjoy va jamoat binolari xonalarining ichki tjevorlari, eshik tavaqalari hamda devor ichiga qurilgan mebel- larning maxsus tayyoriangan yuzalarini manzarali pardozlash uchun mo'ljallangan.
PDO — yelim qatlamisiz, uzunligi 15.0 m, eni 1500... 1600 mm, qalinligi 0,15 mm li rulonlar ko'rinishida ishlab chiqa­riladi.
Gulqog'ozlar obyektga cheti qirqilgan, rangi va rasmlari bo'­yicha bichilgan holda mos keltirilgan, shuningdek har qaysi xona uchun kompJektlab, konteynerlarga joyiangan holatda keltiriladi. Sintetik plyonkalar silliq yoki naqsh solingan yuzali, xira yoki yaltiroq fakturali va rasm bosilgan rulon materialdan iborat.
Plyonkalar yopishtirilgan yuzalar gigiyenik, manzarali ko'rinishga ega bo'ladi.
Gulqog'ozlar va plyonkalar yopishqoq bo‘lmasligi, dog'larsiz, tirnashlarsiz , tirtiqsiz va buklanmagan, rangi bo'yicha bir jinsli bo'lishi kerak.
Gulqog'oz va plyonkalar devor va shi plarga yelimlovchi tarkiblar bilan yopishtiriladi. Gulqog'oz va plyonkalarni yopishtirishdan oldin yuzalar tayyoriab olinadi (jadvalga qarang).

Download 1.62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling