Suvsizlik tahdidlari: yechimlar muammolarga mutanosib emas


O‘zbekistonda suv bilan bog‘liq raqamlar va faktlar


Download 26.42 Kb.
bet3/3
Sana26.10.2023
Hajmi26.42 Kb.
#1723502
1   2   3
Bog'liq
Suvsizlik tahdidlari

O‘zbekistonda suv bilan bog‘liq raqamlar va faktlar
1. O‘zbekistonda foydalaniladigan suv resurslarining:
- 87 foizi qishloq xo‘jaligida;
- 9 foizi energetika, sanoat va baliqchilik maqsadlarida;
- 4 foizi esa ichimlik suv ishlab chiqarish maqsadlarida foydalaniladi.
Foto: "O'zsuvta'minot" AJ
2. O‘zbekistonda ichimlik suvi iste’molchilarining davlatdan qarzdorligi ayni paytda 1,36 trillion so‘mga yetgan bo‘lsa, shundan 644 mlrd 41 mln so‘mlik qarzdorlik suv uchun 1 mln so‘mdan ortiq pul to‘lamagan qariyb 281 ming nafar yurtdoshlarimizning hissasiga to‘g‘ri keladi.
Foto: "O'zsuvta'minot" AJ
3. Yerosti suvlari sathi va zaxiralari kamayib bormoqda. Shu sababli 23 ta tumanda quduqlar burg‘ilashga moratoriy joriy etildi.

"O'zsuvta'minot" AJ
Foto: "O'zsuvta'minot" AJ
Qishloq xo‘jaligida suv tejovchi texnologiyalarning qo‘llanmasligi, sug‘orishdagi eskicha yondashuvlar, suv va suv oqova tarmoqlaridagi texnik kamchiliklar, ko‘chalarda toza ichimlik suvining behudaga oqib yotishi, aholi tomonidan ham ichimlik suvi bilan tomorqa sug‘orish, avtomobillarni yuvish, ko‘chalarga vodoprovoddan suv sepish, suv uchun to‘lovlarni vaqtida qilmaslik, anomal issiq – bularning hammasi kopmleks tarzda yildan yilga mamlakatimizda suv resurslarining kamayib ketishiga sabab bo‘lmoqda.
Bundan tashqari, eksport bo‘layotgan oziq-ovqat, kiyim-kechak, tekstil va boshqa mahsulotlar bilan ham virtual ko‘rinishdagi suvlar O‘zbekiston hududidan chiqib ketmoqda.
Foto: "O'zsuvta'minot" AJ
Yechimlar sifatida ko‘rilayotgan nomuqobil variantlar
Dunyoda suvsizlik tahdidlariga yechim sifatida bir qator variantlar ko‘rilmoqda. Lekin ularni arzirli va ishonchli deb bo‘lmaydi. Masalan, chuchuk suvlarning eng asosiy qismi, ya’ni 40 foizi yerosti suvlaridir. Ularni qazib chiqarish – birinchidan, qimmat, ikkinchidan, og‘ir mehnat talab qiluvchi, uchinchidan esa tugab boruvchi va baribir vaqti kelib, yerosti quduqlarini qurituvchi, suv inqiroziga olib keluvchi vaqtinchalik yechim.
Ichimlik suvining yana bir muhim manbai yerusti toza suvidir. Ular ko‘llar, daryolar, to‘g‘onlar va soylarda saqlanadi. Daryolar va to‘g‘onlar suv ta’minoti uchun muhim bo‘lsa-da, ular faqat 1 foizgina chuchuk suvni o‘z ichiga oladi. Chuchuk suvning taxminan 0,001 foizi atmosfera bug‘i bo‘lib, ular Yer sayyorasida yomg‘ir va qor bilan almashinib turadi. Dunyo olimlari tomonidan ichimlik suvi muammosiga biroz yechim sifatida atmosfera suv almashinuvini tartibga solish uchun yomg‘ir bulutlariga ta’sir qilish yoki tumandan suv kondensatini olish kabi xayoliy g‘oyalar ham ilgari surilmoqda.
Foto: Cbn.com
Suv omborlarini tashkil qilish XX asrda suvsizlikni kamaytirish borasidagi yutuqlardan biri sifatida baholanadi. Oxirgi 50-70 yil ichida suv omborlari soni o‘n baravar ko‘paygan. Shu yillar davomida har kuni o‘rtacha ikkita suv ombori ishga tushirilgan. Dunyoda jami 60 mingdan ortiq suv omborlari yaratilgan bo‘lib, ularning umumiy hajmi (6500 kub km) Yer sharining barcha daryolaridagi bir martalik suv hajmidan 3,5 baravar ko‘pdir. Maydoni jihatidan esa umumiy ko‘lamini Qora dengiz bilan qiyoslash mumkin. Ammo suv omborlarining xavfsizligini kafolatlamaydi. Chunki ular ifloslanishga, shu jumladan, qasddan ifloslanishga, shuningdek, tabiiy va texnogen ofatlar ta’siriga duchor bo‘lishlari mumkin.
Aysberglar va muzliklardan chuchuk suv olish masalasi ham muhokama qilinadi. Ammo hozirda buni texnik jihatdan amalga oshirish mumkin emasligidan tashqari, bunday loyihalar sayyoramiz ekologiyasiga qanday oqibatlar olib kelishi noma’lum.
Suvsizlik bu – asrning global muammosi ekan, bunga barcha dunyo davlatlari birgalikda kurashishi, bir-biriga yordam berishi, aholi esa suvdan foydalanish madaniyatini his qilgan holda amal qilishlari kerak. Chunki bir yerda suv bilan bog‘liq muammo kattalashgani sari u yerda hayot umidi so‘nib boraveradi. Suvga ehtiyoji bor jamiki jonzotlar esa suvli mamlakatlarga qarab ko‘cha boshlaydi. Va bu o‘sha davlatning ham muammosiga aylanadi. Kech bo‘lsa-da, vaqtimiz bor, dunyoni birgalikda bu inqirozdan qutqarishimiz lozim!
Sardorbek Usmoniy tayyorladi.



Download 26.42 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling