Suyaklar haqida malumot


Download 473.52 Kb.
bet10/15
Sana18.11.2023
Hajmi473.52 Kb.
#1785692
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
Suyaklar haqida malumot

Qo'l muskullari yelka kamari va qo'l muskullaridan iborat. Yelka kamari muskullariga deltasimon, kurak sohasidagi muskullar kiradi. Qo'! muskullari yelka, bilak va qo'l panjasi sohasidagi muskullarga bo'linadi. Yelkaning oldingi yuzasida yelkaning ikki boshli, orqa qismida uch boshli muskuli bo'lib, ular tirsak bo'g'imida bukish va yozish harakatlarini bajaradi. Bilak sohasidagi muskullar ham bilakning oldingi va orqa qismidagi muskullarga bo'linib, oldingi qismdagilari qisqarganda qo'l panjasi bo'g'imlarida bukilish, orqa qismdagilar qisqarganda esa yozilish harakatlari bajariladi.
Oyoq muskullari tanani tutib turganligi va turli-tuman hara¬katlarni bajarganligi uchun qo'l muskullariga nisbatan kuchli rivojlangan. Ular son, boldir va oyoq panjasi muskullariga bo'li¬nadi. Sonning oldingi sohasida joylashgan to'rt boshli muskul organizmdagi eng yirik, kuchli muskullardan bo'lib, son-chanoq bo'g'imida bukilish, tizza bo'g'imida yozilish harakatini bajaradi. Sonning orqa tomonida sonning ikki boshli, yarim pay, yarim pardasimon muskullari joylashgan. Vlar chanoq bo'g'imini yozishda, tizza bo'g'imini bukishda ishtirok etadi. Boldirning oldingi yuzasida katta boldirning oldingi muskuli, 2-5-barmoqlarni yozuvchi uzun muskul, bosh barmoqni yozuv¬chi uzun muskullar bo'lib, ular oyoq-panja bo'g'imlarida yozish harakatlarini bajaradi. Boldirning orqa yuzasidagi uch boshli, tizza osti, katta boldirning orqa yuzasidagi bosh barmoqni bukuvchi uzun, 2-5-barmoqlarni bukuvchi uzun muskullar, oyoq-panja bo'g'imlarida bukish harakatlarini bajaradi. Boldirning yon tomo¬nida kichik boldirning uzun va kalta muskullari joylashgan.

Muskullaming ishlashi

Odarn tanasining harakatlari rna'lurn muskullar guruhining ishlashi natijasida bajariladi. Muskullar rnaxsus nerv hujayralari va ularning tolalari bilan tutashgan. Muskullarni harakatga keItiruvchi nerv hujayralari, ya'ni rnotoneyronlarning har biri o'z tolalari orqali o'nIab va yuzlab rnuskul tolalari bilan tutashadi. Nerv tolasi rnuskul tolasi bilan tutashadigan joyda yupqa pardadan iborat rnaxsus plastinkalar bo'lib, ular sinaps deb ataladi. Motoneyron, uning tolasi va u tutashgan rnuskul tolasi birgalikda rnuskul-nerv harakat birligini hosil qiladi.



Motoneyron qo'zg'alganda uning tolasi uchidan kirnyoviy rnoddalar (atsetilxolin, adrenalin) ajralib, sinaps bo'sWig'iga o'tadi. Ular rnuskul tolasiga ta' sir etib, uni qo'zg'atadi, natijada rnuskul qisqaradi. Qisqargan rnuskul harakatlanadi va ish bajaradi. Skelet rnuskullarining ishi ikki xii bo'ladi: statik va dinarnik. Muskulning statik ishi natijasida odarn tanasi va uning ayrirn qisrnlari rna'lurn vaqt davornida zarur bo'lgan vaziyatni saqlaydi. Masalan, tik turish, qo'lni. oldinga yoki yuqoriga ko'tarib turish, start oldi holati ka¬bilar. Muskulning statik ishi tanani harakatga keltirrnaydi, balki uning yuqorida ko'rsatil¬gan zarur vaziyatlarda rna'lurn vaqt saq¬lanishini ta'rninlaydi (13-rasrn).
Muskulning dinamik ishi natijasida od am tanasi va uning ayrirn qisrnlari har xii hara¬katlarni bajaradi. Masalan, yurish, yugurish, sakrash, gapirish va hokazo (14,15-rasrnlar).
Muskulning ishi rnaxsus asbob (ergograt) yordarnida lentaga yozib olinadi va hosil bo'lgan chiziqlar ergogramma deb ataladi. Muskul ish bajarganda, undan energiya ajraladi va energiyaning 25-30% i ana shu bajarilayotgan ish uchun sarflanadi. Qolgan


Download 473.52 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling