Suyuq chiqindilar metallurgiyaning qaysi turida ko'pro ajratiladi. Reja


O’z navbatida oqava suvlarni tozalash sxemalarini tashkil etishning ikki


Download 42.18 Kb.
bet2/6
Sana25.04.2023
Hajmi42.18 Kb.
#1398310
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Mustaqil ish Suyuq chiqindilar metallurgiyaning qaysi turida ko\'pro ajratiladi

O’z navbatida oqava suvlarni tozalash sxemalarini tashkil etishning ikki
varianti mavjud:
Alohida qo’shimchalarni to’g’ri keladigan reagentlar yordamida ketma-ket ajratib olish va ko’pgina qo’shimchalarni kompleks ajralib olish. Birinchi yo’l oqava suvlarni to’liq tozalashni ta’minlaydi, biroq ko’p pog’onali va murakkab sxemaga keltiradi. Ikkinchi usul nisbatan soda va arzon, biroq ayrim qo’shimchalar uchun u yaxshi bo’.la olmaydi. Nisbatan arzon, keng tarqalgan reagentlar koagulyant, cho’ktiruvchi vakimyoviy reagent sifatida ishlatiladigan ohak, shuningdek oksidlovchi sifatida ishlatiladigan xlorli ohak, natriy gipoxloridi, suyuq xlor hisoblanadi. Oqava suvlardan cho’ktirish usuli bilan mexanik qattiq qo’shimchalarni ajratishning nisbatan arzon usuli hisoblanadi. Biroq u oqava suvlar tarkibidagi qo’shimchalar talab etilgan me’yorlargacha 8 soatdan ortiq bo’lmagan vaqt davomida cho’ktirib olinsa samarali hisoblanadi. Bunda tindirilgan suvlarning kerakli tozalik darajasi uning keyinchalik ishlatilishi yoki u chiqarib yuboriladiga suv havzasi talablari bilan belgilanadi. Mayda zarrachali qo’shimchalar juda sekin cho’kkanda koagulyatsiya qo’llaniladi. Koagulyant sifatida so’ndirilgan ohak, ikki va uch valentli temirning sulfat va xloridlari, alyuminiy sulьfati va ularning aralashmalari ishlatilishi mumkin. Koagulyatsiyalangan qo’shimchalarni cho’kishini tezlashlirish hamda alohida zarrachalarni birlashtirish uchun sintetik flokulyantlar (misol uchun, poliakrilamid (CH2CHCON2)n) ishlatiladi. Oqava suvlarni kislotalardan tozalash, ularni ishqorlar, ohak, so’ndirilgan ohak va boshqalar yordamida neytralizatsiya qilish bilan amalga oshiriladi.
Texnik va iqtisodiy sabablarga ko’ra, nisbatan arzon va qulay reagent so’ndirilgan ohak
hisoblanadi. Sulьfat kislotani ohak bilan neytralizatsiya qilganda kam eruvchan kaltsiy sulьfati - gips cho’kmaga tushadi. Rangli metallurgiya korxonalari oqava suvlari ko’pincha mis, nikel, qo’rg’oshindan tozalanadi. Ma’lum bir usul bilan oqava suvlar tarkibidan ajratib olingan tarkibida asosiy metallar bo’lgan mahsulot, qaytariladigan mahsulot sifatida asosiy ishlab chiqarishga qaytariladi. Ko’pgina rangli metallurgiya korxonalari oqava suvlarini tozalash uchun ularni ohak va faol xlor bilan ishlov berishga asoslangan standart sxemalar to’g’ri keladi. Biroq bunday standart sxemalar oqava suvlarni qo’shimchalardan to’liq tozalanishini kafolatlamaydi, ya’ni tabiiy suv havzalarini kerakli tozalik va soflikda saqlash ta’minlay olmaydi. Rangli metallurgiya korxonalari oqava suvlarini zararsizlantirish uchun ionalmashinuv smolalari keng miqiyosda ishlatilishi mumkin. Sorbtsiyali usul nafaqat oqava suvlarni to’liq zararlantirish, balki bir vaqtning o’zida ulardan reagentlarni va rangli metallarni ajralib olish imkonini beradi. Biroq bu usul hozirgi vaqtda qimmat hisoblanadi. Ko’pgina sanoat korxonalarining, shu jumladan metallurgiya korxonalarini suvga bo’lgan talabining ortishi inobatga olinsa, korxonalarni suv bilan ta’minlanish yopiq sxemasini tashkil etish
hamda korxonalarni oqava chiqarmasdan ishlash rejimiga o’tkazish va bu bilan tabiiy suv zahiralaridan ratsional foydalanish va ularni ifloslanishidan saqlash yagona to’g’ri yo’l
hisoblanadi. Bunday xollarda ishlatilgan texnologik suvlar er usti va osti suv havzalariga tashlanmaydi, balki texnologiya va xizmat ko’rsatuvchi xodimlarga salbiy ta’sir qiladigan zararli qo’shimchalardan tozalanadi. Mumkin qadar tozalangan suv qayta ishlatiladi.
Butun korxona uchun suvni qayta ishlatish yagona sistema bo’yicha, shuningdek alohida jarayon uchun qaytarilayotgan tsikl sifatida ishlatishni tashkil etish mumkin. Suvni qayta ishlatish sxemasi ishlab chiqarish hajmi, alohida jarayonlarning suvga bo’lgan talabi,
texnologiyaning xususiyallari va qo’llanilayotgan qurilma ko’rinishiga bog’liq.
Metallurgik jarayonlarda changlar oson uchuvchan komponentlarni ajratishda hosil bo’ladigan, qayta ishlanayotgan mahsulotlarni mayda zarralari qayla ishlash natijasida hosil bo’ladigan yonish gazlari, texnologik va ventilyatsion gazlar oqimi bilan chiqib ketadi. Gazlarning changlanishi, changing granulomezrik va kimyoviy tarkibi qayta ishlanayotgan xomashyoning ko’rinishi, metallurgik qayta ishlashga shixta tayyorlash usuli, qo’llanilayotgan metallurgic qayta ishlash jarayoniga, gaz va shixtaning harakatlanish sharoillari (to’g’ri yoki qarama - qarshi), jarayonda hosil bo’lgan gazlarning hajmi va harakat tezligi bilan aniqlanadi.
Changlar 100 mkm va undan ortiq o’lchamdagi yirik zarrali va mayda 100 mkmdan kam o’lchamlilarga bo’linadi. Oson uchuvchan birikmalarni bug’larini kondensatsiyalash va kimyoviy reaktsiyalar natijasida hosil bo’ladigan mayda changlarning kichik fraktsiyalari o’lchami 1 mkmdan ko’p bo’lmagan birlamchi zarrachalardan iborat. Gazlarni changlarga to’yinish darajasiga qarab ular kuchli (changla ish 33n 50 g/m gacha), o’rta (changlanish 10 g/m gacha) va kamchanglanga 33n (changlanish 1 g/m ) hamda texnik toza (changlanish 0,05 g/m ga yaqin) larga bo’linadi. Changni ushlab qolish deb, changlangan gazlarni ularni hosil qiluvchi manbadan uzoqlashtirish. keyinchalik gaz oqimidan qattiq zarrachalarni ushlab qolishga mo’ljallangan jarayon va qurilmalar, muxandislik va texnologik chora - tadbirlar majmuasiga aytiladi. Chang ushlab qolish faqatgina ushlab qolingan changni tozalash emas, balki gazlarning qimmatli komponentlaridan foydalanish mumkinligini ko’rsatadi. Tozalanayotgan gaz va ushlab qolinadigan changlar xususiyatlarining xilma - xilligi sababli turli rusumdagi chang ushlash qurilmalari - chang ushlagichlar ishlatiladi. Gaz oqimidan qattiq zarrachalarni cho’ktirish gravitatsiya kuchlari ta’siri ostida yoki g’ovakli yuza va turli qatlamlarda olib borish mumkin. Chang ushlab qolgichlarning ishlash samaradorligini tozalayotgan gazda qolgan chang miqdori yoki ushlab qolingan chang miqdorining dastlabki gaz tarkibidagi miqdori nisbatining foiz orqali ifodalanadigan foydali ish koeffitsienti bilan baholanadi.

Download 42.18 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling