Suyuq chiqindilar metallurgiyaning qaysi turida ko'pro ajratiladi. Reja
Download 42.18 Kb.
|
Mustaqil ish Suyuq chiqindilar metallurgiyaning qaysi turida ko\'pro ajratiladi
Suyuq chiqindilar metallurgiyaning qaysi turida ko'pro ajratiladi. Reja: Metallurgiyada oqava suv va gazlarni changdan tozalash. Sanoat chiqindilari va ularni qayta ishlash. Metallurgiyada oqava suv va gazlarni changdan tozalash. Suvning aossiy is’temolchilari boyitish fabrikalari va gidrometallurgik zavodlar va tsexlar hisoblanadi. Oqava suvlar ishlab chiqarish chiqindilari hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ko’pchilik xollarda oqava suvlar mahsus havzalarga chiqarib tashlanadi. Tarkibida zararli qo’shimchalar bo’lganda ular er usti qatlami, tuproq va er osti suv havzalari va boshqa suv havzalarini ifloslantiruvchi manba bo’lib xizmat qilishi mumkin. Rangli metallurgiya oqava suvlari, tarkibi va ko’rinishi asosan qayta ishlanayotgan xomashyo va qo’llanilayotgan texnologik reagentlar, shuningdek oqava suvlarni tozalash sifatiga bog’liq bo’lgan zararli qo’shimchalarning xilma - xilligi bilan bir-biridan keskin farq qiladi. Rangli metallurgiya oqava suvlari tarkibida: boyitish fabrikalari va gidrometallurgiya bo’limlari qattiq xoldagi yirik zarrali chiqindilari; texnologik jarayonda muhit sozlovchi va erituvchi sifatida ishlaliladigan reagentlarning oz miqdori; temir, mis, kadmii, surьma, simob, titan va boshqa element ionlari; oltin tarkibli rudalarni flotatsiya usulida boyitish va tsianlash jarayonlarining asosiy va eng zararli qo’shimchalari tsianidlar; rudani flotatsiya usulida boyitishda ishlatiladigan turli reagentlar; gidrometallurgik va boyitish jarayonlarida tobora keng qo’llanilayotgan reagentlar bo’ladi. Keltirilgan rangli metallurgiya korxonalari oqava suvlarini ifloslanganlik darajasi, ularni zararsizlantirishning zarurligini va ifloslangan suvlarni tabiiy suv havzalariga chiqarib yuborishga yo’l qo’ymaslik kerakligini ko’rsatmoqda. Oqava suvlarni atrof-muhitga keltiridigan zararini bartaraf etish uchun eng yaxshi variant deb, ishlab chiqarish jarayonida qisman yoki to’liq suv almashinuvni tashkil etish yoki oqava suvlardan qayta foydalanish hisoblanadi. Suvalmashinuv qo’llanilganda oqava suv havzalari tozalash inshootlari sifatida ishlatilishi kerak. Agar oqava suvlar suv havzalariga tashlansa, ularning tozalanish darajasi har bir zararli komponent bo’yicha sanitar - maishiy maqsadda ishlatiladigan suv havzalarida ruhsat etilgan me’yordan ortiq bo’lmasligi kerak. U yoki bu sxema bo’yicha oqava suvlarni tozalash ko’pgina omillarga bog’liq. Ulardan asosiylari sifatida: hosil bo’layotgan oqava suvlar hajmi; zararli chiqindilar, ayniqsa, atrof-muhitni ifloslantiruvchi zararli qo’shimchalar ko’rinishi va miqdori; tozalash usulini tanlash asosini tashkil etuvchi kimyoviy birikma yoki qo’shimchalarning fizik-kimyoviy xossalarini aytish mumkin. Tozalash sxemasini tanlashda chiqarib yuborilayotgan oqava suvlar hajmini kamaytirish, tashib ketish va favqulodda chiqarib yuborishlarni bartaraf etish kabi yuqori samarali tadbirlardan foydalanish mumkinligi e’tiborga olinishi kerak. Rangli metallurgiya korxonalari oqava suvlarni tozalashning ko’pchilik xollarda uchraydigan usullari asosida uch tamoyil yotadi: yirik o’lchamli zarrachalarni mexanik cho’ktirish (ayrim xollarda koagulyant va flokulyant qo’shish bilan); qiyin qaytariladigan tuzlar ko’rinishda qo’shimchalarni cho’ktirish; zarsiz qo’shimchalar ko’rinishigacha oksidlash. Download 42.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling