Suyuq chiqindilar metallurgiyaning qaysi turida ko'pro ajratiladi. Reja
Download 42.18 Kb.
|
Mustaqil ish Suyuq chiqindilar metallurgiyaning qaysi turida ko\'pro ajratiladi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qattiq chiqindilar.
Suyuq chiqindilar
Gaz holatdagi Qattiq chiqindilar Suyuq chiqindilar. Xojatxonadan chiqadigan najas, siydik. Cho'milishda, xona pollari va kirni yuvganda hosil bo'ladigan chiqindi suvlar. Xo'jalik, sanoat korxonalari, inshootlar chiqindi suvlari. Qattiq chiqindilar. Uy chiqindilar axlatlari, ko'cha suprindisi, jamoat ovqatlanish korxonalarining axlatlari, sanoat korxonalari, savdo ob'ektlarining axlatlari, go'ng, hayvonlarni o'lik tanasi, qurilish axlatlari. Dunyo mamlakatlari tajribasida foydalanish mumkin bo’lmagan chiqindilarni yoqish yoki qizdirish usullarini qollab zararsiz holatga keltiriladi va sanoat korxonalari uchun mo’ljallangan poligonlarda ko’miladi. Chiqindilarni termik, ya’ni issiqlik usullari bilan zararsizlantirishda maxsus o’chog’larda 1000-1200 S da kuydiriladi, ammo ular yonishi oqibatida paydo bo’lgan zaharli gazlar gaz ushlagich moslamalarda, chang ushlagich qurilmalarida tutib qolinadi, bunda atmosfera havosi ifloslanishdan holi bo’ladi. Goho sanoat korxona chiqindilarini xo’jalik axlatlari bilan ham birga yoqish mumkin. Ko’p vaqtlar foydalanish mumkin bo’lmagan sanoat chiqindilari maxsus ajratilgan joyda to’planadi. Masalan, Olmaliqda joylashgan sanoat korxonalarining shu usul bilan yig’ilgan chiqindilari hozirda taxminan 40 mln. tonnani tashkil qiladi, keyinchalik ularni qayta ishlashga jo’natiladi. Korxonalarda yig’iladigan chiqindilar juda zararli bo’lsa, keyinchalik maxsus poligonlarda ko’mib tashlanadi. Poligonga olib kelinadigan har bir chiqindining pasporti, texnik xarakteristikasi, miqdori, tarkibi va ular bilan ishlash texnika xavfsizligini bajarish yo’riqlari ko’rsatilishi kerak. Ayniqsa, ular qizdirilganda, yoqqanda ehtiyot choralarini ko’rish zarur. Respublikamizning ko’pgina sanoat shaharlari chetlarida chiqindilardan iborat sun’iy tog’lar paydo bo’lgan. Bu sanoat chiqindilari 1 mlrd t ga yaqin bo’lib, 10 ming gektardan ortiq yerni egallagan. Ularning tarkibida nodir hamda rangli madanlar va boshqa foydali qazilmalardan tashqari, zaharli birikmalar ham mavjud. Bu chiqindilar tarkibidagi foydali moddalarni ajratib olib, bir qismini qurilish yoki boshqa maqsadlarda foydalanilsa minglab gektar ekinzir, bog’lar, barpo etishga imkon tug’ilar edi. Respublikamizda yiliga komunal xo’jaliklardan o’rtacha 30 mln t. chiqindi chiqadi. Uning 29% i axlatxonalarga, jarliklarga, daryo va ariqlarga tqkib yuboriladi. Chiqindi – bu xomashyodir. Ularning tarkibida makulatura, oziq – ovqat chiqindilari, plastmassalar, latta – putta va boshqa narsalar bor. Shuning uchun ham AQS’H va boshqa rivojlangan mamlakatlarda bunday chiqindilar sotib olinadi. Umuman aholi turar joyida to’planadigan axlatlarni axlatxonalarga tashlash allaqachonlar gigiyena fani tomonidan qoralangan. Bu iqtisodiy jihatdan samarasiz, iflosgarchilikka yo’l qo’yiladigan usuldir. Download 42.18 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling