Suyuq yoqilg’ini yondirishga tayyorlash Reja
Shuningdek, asosiy xususiyatlarga quyidagilar kiradi
Download 239.05 Kb.
|
Mazut
- Bu sahifa navigatsiya:
- Suyuq yoqilg‘ini yondirish jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin
Shuningdek, asosiy xususiyatlarga quyidagilar kiradi:
Oltingugurt miqdori, ya'ni. % oltingugurt tarkibiga kiradi: 0,5% gacha-kam oltingugurtli yoqilg'i moyi, 1% dan yuqori bo'lmagan — oltingugurtli, 1-3,5% — yuqori donli; Kul miqdori-bu 0,3 dan oshmaydi%; Moddaning qattiqlashishi harorati 10-40 daraja; Yonish paytida hosil bo'lgan eng kichik issiqlik o'rtacha 40 MJ / kg ni tashkil qiladi. Agar mazutni yoqishda bug‘ forsunkalari qo‘llanilsa, u holda forsunka or- qali uzatilayotgan suv bug‘i miqdorini ham hisobga olish zarur. Qozon agregati va sanoat pechlari o‘txonalarida asosan mazut ishlatiladi. Mazutning asosiy tavsiflaridan biri uning qovushoqligidir. O‘txonalarda asosan M40, M100 va M200 markali mazut ishlatiladi. Mazut markasi uning 353 K temperaturadagi qovushoqligi orqali aniqlanadi. Mazut tarkibidagi oltingugurt miqdoriga qarab: kam oltingugurtli (0,5 % gacha), oltingugurtli (2 % gacha) va ko‘p oltingugurtli (3,5 – 4,3 % ) mazutlarga ajratiladi. Sanoat issiqlik energetikasida foydalanilayotgan asosiy suyuq yoqilg‘i mazut hisoblanadi. Suyuq yoqilg‘ining yonishi asosan bug‘-gaz fazada ro‘y beradi, bunga sabab shuki, uning qaynash temperaturasi o‘t olish temperaturasidan ancha past bo‘lgani tufayli, u o‘t olishdan oldin bug‘lanadi. Suyuq yoqilg‘ini yondirish jarayonini quyidagi bosqichlarga ajratish mumkin: 1) Yoqilg‘ini isishi va bug‘lanishi; 2) Yonuvchan aralashmani hosil bo‘lishi (yoqilg‘i bug‘larini havo bilan aralashishi); 3) Yonuvchan aralashmaning o‘t olishi; 4) Aralashmaning yonishi. Yonishni jadallashtirish uchun yonuvchi elementlarni havo bilan tez va puxta aralashtirish lozim. O‘txonalarda yoqiladigan suyuq yoqilg‘i gorelkaning tarkibiy qismi bo‘lgan forsunkalar yordamida purkaladi va purkalgan yoqilg‘i havo bilan yaxshi aralashib to‘liq yonadi. Qozon qurilmalarida suyuq yoqilg‘ilardan faqat mazut yoqiladi. Yaxshi purkalishi uchun mazut oldindan 140-160S gacha isitib olinadi. U bir vaqtning o‘zida mazut tashishni ham osonlashtiradi, chunki xarorat ko‘tarilishi bilan mazutning qovushoqligi kamayadi. Mazut g‘ilof-quvurli IAA larida bug‘ va issiq suv yordamida isitiladi. Mazutning qotib qolishining oldini olish uchun uni IAA va gorelka orasida uzluksiz aylanishi ta’minlanadi. Mazutni mayda qattiq zarralardan tozalash uchun, uning teshiklari soni xar 1 sm2 da 5 - 40 ta bo‘lgan filtrlardan o‘tkaziladi. Mazut forsunkalari purkash usuliga qarab to‘rt guruxga ajratiladi: bug‘li, havoli, kombinatsiyalangan va mexanikaviy. 12.10-rasmda qo‘llanilayotgan forsunkalarning asosiy sxemalari ko‘rsatilgan. Download 239.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling