K va n - Freyndlix teiglamasidagi doimiyliklar, olingan natijalarga asoslanib millimetrli qog’ozga sirka kislotaning adsorbtsiya izotermasi (1-rasm) chiziladi, buning uchun abstsissa o’qiga «C» va ordinata o’qiga « Γ » ning qiymatlari qo’yiladi.
Г
0 C
1-rasm. Qattiq jism - gaz chegara sirtidagi adsorbtsiya izotermasi
K va n - larning qiymatlarini topishda grafik usuldan foydalanamiz.
Buning uchun Freyndlix tenglamasini logarifmik shaklada ifodalasak va lg C o’zgaruvchilarga nisbatan to’g’ri chiziq tenglamasini olamiz: bundan, abtsissalar o’qiga lg C ordinatalar o’qiga qiymatlarini qo’yib, to’g’ri chiziqda yotuvchi nuqtalar olinadi (2-rasm). Grafiqda to’g’ri chiziq ordinata o’qi bilan kesishadi. Koordinata boshidan to’g’ri chiziq kesishgan ergacha oraliq lg K ni qiymatiga to’g’ri kelsa, shu to’g’ri chiziqning burchak katangensi «n» ning qiymatiga teng bo’ladi.
Topshiriq: tajribada topilgan natijalar asosida Freyndlix tenglamasini yozing.
NAZORAT SAVOLLARI
1. Adsorbtsiya, absorbtsiya, sorbtsiya, fizik va kimyoviy adsorbtsiya, kapillyar kondensatlanish tushunchalariga ta`rif bering.
2. Gaz va suyukliklar qattiq jismga adsorbilanishini qanday usullar bilan aniqlash mumkin?
3. Adsorbdion muvozanat nimadan iborat?
4. Maksimal solishtirma adsortsiya deb nimaga aytiladi?
5. Lengmyur va Freyndlix formulalari orasida qanday farq bor?
Konstantalari qanday aniqlanadi?
6. Gibbs tenglamsi nimani ifodalaydi?
7. Musbat va manfiy adsorbtsiya tushunchalariga ta`rif bering.
8. Adsorbentlarni qanday sinflarga bo’lish mumkin?
9. Sirt-aktiv, sirt-passiv modda deganda nimani tushunasiz? Ular jumlasiga qaysi moddalar kiradi?
10. Sirt aktiv moddalarda liofil’ va liofob gruppalar qanday ahamiyatga ega?
Do'stlaringiz bilan baham: |