Suyuqlik-suyuqlik va suyuqlik-kristall ajralishlar


Download 362.1 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana20.02.2023
Hajmi362.1 Kb.
#1215653
  1   2   3
Bog'liq
7-mavzu (1)



 
7-mavzu: FAZAVIY-AGREGAT VA FIZIK HOLATLAR, FAZAVIY 
O’TISHLAR TURLARI. FAZAVIY DIAGRAMMALAR. “ERITMA-GEL” 
FAZAVIY O’TISH. GELLARDA FAZAVIY AJRALISHLAR. SINEREZIS. 
SUYUQLIK-SUYUQLIK VA SUYUQLIK-KRISTALL AJRALISHLAR.
 
 
Polimerlarni eritmalarda cho‘kma, gel va kristall kabi assotsiatlar hosil qilib 
fazoviy tuzilishlarini shakllantirishi, avvalom bor, zanjirlarni molekulyar tuzilishi 
tabiatiga, konfiguratsion ma’lumoti, konformatsion almashishlari va zanjirlarning 
tartibli o‘zaro ta’sirlashish dinamikasiga bog‘liq bo‘ladi. Bu holat erituvchi sifati, pH
konsentratsiya hamda tashqi maydon ta’sirini o‘zgartirish bilan boshqarilishi 
mumkin. Makromolekulalarning bunday shakllanish xususiyatlarini aniqlashda 
quyidagilarga e’tibor berish lozim: 
- cho‘kma hosil bo‘lishini, ya’ni makromolekulalarni ixtiyoriy tarzda tutashib 
tartibsiz joylashgan va tashkillanmagan holatda fazoviy tuzilish hosil qilishini; 
- gel hosil bo‘lishini, ya’ni zanjirlarni tartibsiz joylashib, ammo ularning 
alohida elementlari orqali molekulalararo bog‘larni tartibli tashkillanishi bilan 
fazoviy tuzilish hosil qilishini; 
- kristallanish, ya’ni ma’lum elementlari bo‘lgan zanjirlarning muntazam 
qismlari ishtirokida tartibli joylashib, molekulalararo bog‘larni vujudga keltirib, 
fazoviy tuzilish hosil qilishini.
Umuman gellar ikki xil, ya’ni kimyoviy va fizik turlarga bo’linadi. Kimyoviy 
gellarda tartibsiz tarzda makromolekulalar tutashgan joylarida kimyoviy tugunlar, 
ya’ni kovalent bog‘lar hosil bo‘lgan bo‘ladi. Fizik gellarda tugunlar kuchsiz bog‘lar 
asosida hosil bo‘lgan bo‘ladi. Bu bog‘lar kimyoviy bog‘lardan farqli tashqi kuchlar 
ta’sirida osongina parchalanadi. 
Gel (fizik gel) hosil qilish uchun asosiy talab eritmalarda amorf-kristall 
polimerni fazoviy tuzilishining tugunlarini shakllanishidir. Odatda tugunlar 
makromolekulalarni ma’lum (atomi, atom guruhlari, zvenolari va boshqa) elementlari 
ishtirokida, buning uchun termodinamik qulay sharoit bo‘lgan holda hosil bo‘ladi. 
Bunday sharoitga, ya’ni “eritma-gel” o‘tishini amalga oshadigan vaziyatga 
polimerning konsentratsiyasini oshirish, eritmaning haroratini pasaytirish va pH ni 
o‘zgartirish orqali erishish mumkin. Bu jarayonlarni molekulyar darajada qanday ro‘y 
berishi 6.5.1-rasmda chizmalar orqali ifodalangan. Bunda makromolekulalari bir 
biridan izolyatsiyalangan eritmada (a) konsentratsiyani oshirish, yani C >C
iz 
shart 
bajarilishi natijasida zanjirlarni ustma-ust tushishi va tutashgan nuqtalarda tugunlar 
(6.5.1-rasmda sharchalar) hosil bo‘lishi tufayli gel shakllanganligi (b) tasvirlangan. 
Shunungdek, eritmaning (a) haroratini pasaytirish orqali (T
iz
) erituvchining 
termodinamik sifatini yomonlashtirish va izolyatsiyalangan makromolekulalarning 
issiqlik harakatini sekinlashtirish natijasida bir biriga yaqinlashtirish va ustma-ust 
tushirish bilan gel shakllanganligi ifodalangan (c). Eritmaning (a) termodinamik 
sifatini yomonlashtirish pH o‘zgartirish tufayli amalga oshirilsa makromolekulalar 
cho‘kmaga tushishida ionogen guruhlari orqali birikib gel hosil qiladi (d). 
Polimer molekulalarning o‘ziga xos tuzilishi va xususiyatlariga bog‘liq tarzda, 
ularning qattiq va suyuq fazalariga (holatlariga) xos ayrim xususuyatlarini o‘zida 


namoyon qiladigan termodinamik muvozanatli oraliq faza mavjud bo‘lib, uni suyuq 
kristall fazasi (holati) deb yuritishadi. Suyuq kristallarning agregat holati shubhasiz 
suyuqdir, ammo, ularda suyuqliklarga xos makromolekulalarining amorf va izotrof 
holatiga tegishli bo‘lgan yaqin tartibli tashkillanish kuzatilmaydi. Aksincha, kristall 
tuzilishga xos makromolekulalarning uzoq tartibli tuzilishi (yuqori orientatsion 
anizotropik holati) namoyon bo‘ladi, ammo, zanjirlararo, odatiy, bog‘lar (kovalent, 
vodorod, ion, metal, dispersion va sh. k.) shakllanmaydi, ya’ni kristall yacheyka va 
reshetkalar mavjud bo‘lmaydi. Suyuq kristall fazada makromolekulalarning 
termodinamik muvozanatli anizotropik holatda bo‘lishi, polimer suyuqlikni mezomorf 
holatli va mezofazali deb yuritilishiga asos bo‘ladi. Makromolekulalar suyuq kristall 
holatni namoyon qilishi uchun, ular albatta, anizometrik, ya’ni zanjirning kamida 40 
– 60 % qismi qattiq va qolgan qismi egiluvchan bo‘lishi hamda ma’lum tavsifli 
entropiya va entalpiyaga ega bo‘lishi lozim. Bularning asosida suyuq kristallarda ikki 
tartib shakli amalga oshadi: orientatsion va koordinatsion. Birinchisi orientatsiyon 
tartib suyuq kristall holatlar, ya’ni nematik, cmektik, xolesterik teksturalar (faza yoki 
holatlar) uchun majburiy tavsifdir. Ikkinchi koordinatsion tartib smektik fazaga 
tavsifli bo‘lib, unda makromolekulalar qatlamlar ketma-ketligini hosil qiladi va bu 
qatlamlar ichida zanjirlar nafaqat parallel holatda, balki ularni og‘irlik markazlari 
koordinatsiyalangan bo‘ladi. Ushbu orientatsion va koordinatsion tartibli holatlar 
ketma-ketligi 6.4.1-rasmda Gibbs energiyasini (G) haroratga (T) bog‘liqlik fazoviy 
diagrammasi asosida ifodalangan. 
Bu ketma-ketlikning amalga oshishida fazaviy va agregat holatlar bir biriga 
mos kelmasligi, ya’ni uzoq tartiblanish va joylashish jipsligi hamda usullari turlicha 
bo‘lishi mumkin. Bunda holatlarning biridan ikkinchisiga almashishi I tur fazaviy 
o‘tish mexanizmi bo‘yicha, ya’ni termodinamik potentsiallarning birinchi hosilalarini 
keskin tarzda sakrab o‘zgarishlari va issiqlik yutilishi yoki chiqarilishi bilan amalga 
oshadi.
Suyuq kristallarning asosiy mezofazalari ichida o‘zining quyi holatlari mavjud 
bo‘lib, ular orasidagi o‘tishlar simmetriyalarining o‘zgarishi bilan bog‘lig va ular ham 

Download 362.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling