Suyuqlik-suyuqlik va suyuqlik-kristall ajralishlar
Download 362.1 Kb. Pdf ko'rish
|
7-mavzu (1)
I tur fazaviy o‘tishlardir. Ular orasida nematik teksturadan xolesterik (Xl)
teksturaning shakllanishi, ya’ni nematik tartibni (ikki o‘lchamli shakl) bir qator ketma-ket qatlamlar hosil qilishi va har bir qatlam oldingisiga nisbatan umumiy o‘q atrofida ma’lum burchakka ( xl ) burilishi bilan amalga oshadi. Bu burchaklar diffirentsial qo‘shilsa yig‘indisi 180 o , hatto 360 o gacha ortib, molekulyar orientatsiya o‘zgarganligini ko‘rsatishi mumkin (6.4.2-rasm). Shuni ta’kidlash joizki, suyuq kristall holatni nafaqat anizometrik molekulalar, balki qutbli, aromatik siklli va azot yoki murakkab efirli guruhlari bo‘lgan polimer molekulalari ham namoyon qiladi. Bunday suyuq kristallar elektr va magnit maydon ta’siriga juda sezgir bo‘ladi va shu tufayli ularni elektromagnit suyuqliklar deb ham yuritishadi. Suyuq kristall faza polimerni issiqlik ta’sirida suyultirish orqali suyultma ko‘rinishida hosil qilingan bo‘lsa termotrop va erituvchi ta’sirida eritma ko‘riniashida hosil qilingan bo‘lsa liotrop deyiladi. a) Liotrop suyuq kristallar. Flori silindrsimon makromolekulalarni o‘qlar bo‘yicha nisbatiga P = L/d (zanjirni L-kontur uzunligi, d- diametri) binoan syuyq kristall holatga o‘tish uchun makromolekulalarni tartiblangan anizotropik fazasini hosil qiladigan eritmaning konsentratsiyasi ( 2 *) quyidagi formula yordamida aniqlanadi: 2 * = (8/p)[1 - (2/p)] (1) Bunga binoan liotrop suyuq kristallar uchun haroratni (T) konsentratsiyaga ( 2 *) bog‘lovchi fazaviy diagramma tuzish mumkin va bunday diagrammaning umumiy ko‘rinishi 6.4.3-rasmda keltirilgan. Unda I * va 2 * - birinchi va ikkinchi kritik konsentratsiyalar bo‘lib, ular miqdorlari bir biriga juda yaqin. Bu konsentratsiyalar fazaviy diagrammada Flori koridorining joyini, sohasini va holatini belgilaydi. Flori koridori (II soha) izotrop holatdan (I fazadan) anisotrop holatga (III fazaga) o‘tish sohasidir va unda izotrop va anizotrop fazalar aralashgan bo‘ladi. Anizotrop fazaga o‘tish va u osmotik qopqon prinsipi bo‘yicha (2.3.4-rasmga qarang) keskin tarzda amalga oshadi. III - to‘liq anizotropik faza termodinamik muvozanatli soha hisoblanadi. IV - soha esa gipotetik tavsifga ega bo‘lib, unda anizotropik faza teksturalari va turli xil kristall solvatlari (birikma, koordinatsion holatlari, agregatsiyalari) bilan farqlanadi. Masalan, kuchli magnit maydonida IV - soha elementlari o‘ziga xos nematik monokristallar hosil qilishi mumkin. Ushbu jarayonlarni kompleks tahlil etishda ikki jihatning, ya’ni fazaviy va relaksatsion tavsiflar superpozitsiyasiga e’tibor berish muhimdir. Masalan, nematik teksturani smektik yoki xolesterik teksturalarga almashishi ham fazaviy ham relaksatsion jarayonlardir. Bunday almashishlar natijasida anizotropik eritmaning fizik tavsiflari tekstura turiga qarab turlicha bo‘ladi. Muvosanatli suyuq kristall holatlari va majburiy orientatsiya holatlari uchun alohida makrolekulalar va tartib yunalishini belgilovchi direktorlar orientatsiya o‘qini yoki yo‘nalishini aniqlash uchun turli funksiyalar qo‘llaniladi. Orientatsiya parametri sifatida, odatda, quyidagi funksiya ishlatiladi: F = (3cos 2 - 1)/2 (2) bu yerda - makromolekula yoki direktor o‘qining dezorientatsiya burchagi bo‘lib, uning miqdori makroskopik orientatsiya o‘qiga nisbati bo‘yicha aniqlanadi. b) Termotrop suyuq kristallar. Umuman olganda quyi molekulyar birikmalar suyuq kristallar hosil qilishi uchun asosiy talablardan biri bu molekulalararo kuchsiz ta’sirlashishlar mavjud bo‘lishi lozim, aks holda harorat ko‘tarilishi bilan issiqlik harakatini oshishi natijasida anizotrop holatga emas, balki izotrop, ya’ni braun haroratlari nomayon bo‘ladigan holatga o‘tib qolish mumkin. Polimerlarda bunday izotrop holatga o‘tib qolmaslik uchun makromolekulada mezogen guruhlar bo‘lishiga e’tibor birish lozim bo‘ladi. Agar makromolekulada mezogen tabiatli guruhlar bo‘lmasa, unda bunday guruhlarni kimyoviy reaksiyalar yoki shu kabi modifikatsiyalar orqali kiritish talab etiladi va buni ikki yo‘l bilan amalga oshirish mumkin: birinchi yo‘l – bu asosiy zanjirga mezogen guruhni kiritish va ikkinchi yo‘l – bu zanjirga yon guruhlar sifatida mezogen guruhlarni ulashdir. Download 362.1 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling