Suyuqlik va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari. Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari
Atmosfera bosimining balandlikka qarab o`zgarishi
Download 319.34 Kb.
|
6 bosim, Arximed
Atmosfera bosimining balandlikka qarab o`zgarishi
Yer atrofida havo atmosfera bosimi balandlik ortishi bilan kamaya boradi. Bunga sabab Yer atrofidagi havo qatlamining Yerning gravitasion ta’sir maydonida joylashganligidir. Yer atmosferasidagi xar bir molekula kinetik energiya bilan birga potensial energiyaga ham, ega. Bu ikki energiyaning yig`indisi molekulaning to`liq mexanik energiyasini tashkil qiladi. Atmosferadagi molekulalar elastik to`qnashishlar tufayli o`zaro tezliklari o`zgarib turadi. Shuning uchun ayrim olingan molekulaning mexanik energiyasi to`g`risida emas, balki molekulalarning o`rtacha mexanik energiyasi to`g`risida fikr yuritish mumkin. Mexanik energiyaning saqlanish qonuniga binoan, molekulalarning o`rtacha mexanik energiyasi o`zgarmas bo`lishi lozim. Yerning gravitasion ta’siri tufayli Yer sirtiga yaqin nuqtalarda havo qatlamining zichligi yoki bosimi katta bo`ladi. Tabiiy xolda, zichligi katta bo`lgan havo qatlamida quyoshdan keluvchi energiyaning yutilishi ham, katta bo`lganligi tufayli Yer sirtiga yaqin havo qatlamining temperaturasi ham, yuqori bo`ladi. Bu qatlamdagi havo kinetik energiyasi katta, potensial energiyasi esa kichik bo`ladi. Odatda, kinetik energiyasi katta bo`lgan molekulalar «issiq», kinetik energiyasi, kichik bo`lgan molekulalar esa «sovuq» molekulalar deb yuritiladi. Issiqlik harakati ta’sirida «issiq» molekulalar Yer sirtidan uzoqlasha boshlaydilar, ya’ni yuqoriga ko`tarila boshlaydi. Natijada ularning potensial energiyalari ortib, kinetik energiyasi kamaya boradi. Kinetik energiyasi keskin kamaygan molekulalar Yer sirtiga tortiladilar. Shunday qilib, atmosfera qatlamidagi molekulalarning xaotik harakati molekulalarning kinetik va potensial energiyalarining davriy ravishda bir-biriga o`tib turishi yuzaga keladi. Bu esa havo qatlamida sirkulyasiya jarayonining paydo bo`lishiga olib keladi. Tajribalarning ko`rsatishiga yuqoriga ko`tarilgan sari «issiq» molekulalarning soni kamayib «sovuq» molekulalarning soni orta boradi va shuning uchun o`rtacha xar 100 metr balandlikda havoning temperaturasi 10S ga pasayadi. Temperaturaning pasayishi bilan bosimning pasayishi kuzatiladi. Bundan tashqari, bosimning kamayishi atmosfera zichligining kamayishi xisobiga ham, ruy beradi. Shunday qilib, yuqoriga ko`tarilgan sari xar o`n ikki metr balandlikda atmosfera bosimining 1mm.simob ustuniga pasayishi aniqlangan. Yuqori ko`tarilgan sari atmosfera bosimining kamayishini baland tog` cho`qqilariga chiquvchi alpinistlar yaxshi biladilar. Download 319.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling