Suyuqlik va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari. Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari


Harakatlanayotgan suyuqliklar bosimi. Oqimning uzluksizligi


Download 319.34 Kb.
bet6/8
Sana13.12.2022
Hajmi319.34 Kb.
#999002
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6 bosim, Arximed

Harakatlanayotgan suyuqliklar bosimi. Oqimning uzluksizligi


39-rasm
Biz oldingi paragraflarda tinch yoki muvozanatda turgan suyuqlik va gazlarning xossalari bilan tanishdik. Endi esa ma’lum diametrli nay buylab oqayotgan suyuqlikning harakat qonuniyatlari bilan tanishaylik.
Suyuqliklar oqimi deb, muayyan tezlik bilan harakatlanayotgan zarralar to`plamiga aytiladi. Suyuqlik zarralari harakat davomida ma’lum bir trayektoriyaga ega bo`ladi. Ana shu trayektoriyaga oqim chiziqlari deyiladi. Oqim tezligi katta bo`lgan joylarda oqim chiziqlari zich joylashadi. (5.11- rasm). Bunday xolda suyuqlik zarralari bir-biriga nisbatan qatlam-qatlam bo`lib ko`chadi, ya’ni oquvchi qatlamlarning nisbiy harakati buzilmaydi. Bunday oqimga laminar yoki qatlamli oqim ham, deb aytiladi. Agar oqimning tezligi ma’lum kritik tezlik deb ataluvchi tezlikdan ortib ketsa qatlamlarning nisbiy harakati buziladi. Bunday oqimga turbulent oqim deyiladi. (39-rasm).
Oqim chiziqlari uzilishiga ega bo`lmagan suyuqlik oqimiga stasionar oqim deyiladi. Deyarli siqilmaydi va ichki ishqalanish bo`lmaydi, deb qaraladigan suyuqliklarga ideal suyuqliklar deyiladi. Ana shunday suyuqliklarning ko`ndalang kesimlari S1 va S2 bo`lgan paytdagi stasionar oqimini qaraylik.
Suyuqlik nay bo`ylab oqqanida nayning biror qismida suyuqlik massasi to`planib qolmasligi ma’lum. Demak, turli xil kesimli naydan vaqt birligi oraligida bir xil massadagi m1=m2=m3 suyuqlik oqib o`tadi. (40-rasm).

40-rasm
U xolda ko`ndalang kesimi S1, S2 va S3 va bo`lgan naylardan t vakt ichida okib o`tgan suyuqlik massalari mos ravishda

bo`lganligidan (bu yerda -suyuqlik zichligi, v1, v2, v3 lar esa ko`ndalang kesimi s1, s2, s3 bo`lgan naylardagi suyuqlikning oqimi tezliklari) m1=m2=m3 bo`lganligi uchun
s1v1=s2v2=s3v3 (130)
munosabat kelib chikadi.
Bu ifodaga suyuqlik oqimi uchun uzluksiz tenglamasi deyiladi. (130) dan ko`rinadiki, nayning ko`ndalang kesimi katta bo`lgan joyda oqim tezligi kichik va aksincha bo`ladi.


41-rasm
Shunday qilib, ideal suyuqliklarning stasionar oqimida oqim tezligi oqimning ko`ndalang kesim yuziga teskari proporsional. Xaqiqatan ham, agar (130) ifodani s1 va s2 yuzali naychalar uchun yozsak s1v1=s2v2 yoki ekanligi kelib chiqadi.



Download 319.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling