Suyuqlik va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari. Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari
Download 319.34 Kb.
|
6 bosim, Arximed
Paskal qonuni. Gidravlik press
Suyuqlik va gazlarga bo`lgan tashqi kuchning ta’sirini o`rganib fransuz olimi B.Paskal muvozanatda turgan suyuqlik yoki gazga bo`lgan tashqi bosim hamma tomonga bir xil uzatilishini aniqladi. Shu fikrga Paskal qonuni deyiladi. Masalan: tashqi kuch ta’sirida suyuqliklarning istalgan joyiga ixtiyoriy yo`nalishdagi barcha yuzalarga bo`lgan bosim bir xil bo`ladi (29-rasm) 29 - rasm Suyuqlik va gazlar uchun o`rinli bo`lgan Paskal qonunidan amalda keng qo`llaniladi. Shulardan biri gidravlik pressdir. Uning asosiy qismi - o`zaro nay bilan tutashtirilgan xar xil diametrli ikkita silindr idishdan tashkil topgan (30-rasm). Silindrlar ichida devorlariga jips kilib o`rnatilgan va erkin siljiy oladigan porshenlar o`rnatilgan. Silindrdagi porshenlar ostiga odatda moy quyiladi. Porshenlar yuzasi S1 va S2 bo`lib, kichik S1 yuzali porshenga F1 kuch bilan ta’sir etsa bu bosim katta porshen ostidagi suyuqlik moyga uzatiladi. 30- rasm
Bu kuchdan moddalarni siqib, presslashda foydalaniladi. Masalan: paxta tolalari chigitdan tozalangandan keyin, ana shunday presslar yordamida siqilib toylanadi. Xuddi shuningdek gidravlik presslardan uzum, olma va shu kabi boshka mevalarning sharbatini olishda, faner, kartonlar tayyorlashda ham keng kulamda foydalaniladi. Suyuqlik va gaz ustunining gidrostatik va aerostatik bosimi. Tutash idishlar qonuni Suyuqlik va gaz ma’lum ogirlikka ega bo`lganliklari tufayli tashqi bosimdan tashqari o`zlarining ham, tinch xolatda idish tubiga bosimi mavjud. Bu bosimga suyuqliklarda gidrostatik, gazlarda aerostatik bosim deyiladi. Bu bosim suyuqlik va gaz molekulalarining Yerga tortilishi tufayli yuzaga keladi. Shuning uchun gidrostatik yoki aerostatik bosim deb, suyuqlik yoki gazlar ustunining og`irlik kuchi xosil qilgan bosimiga aytiladi. 31-rasm
(119) bilan aniqlanadi. (120) ekanligini inobatga olsak P=dh (121) kelib chiqadi. (d-suyuqlikning solishtirma og`irligi, h-suyuqlik ustunining balandligi) 32-rasm Suyuqlikning solishtirma og`irligi uning zichliga bog`liq ekanligini yodga olsak. (122) xosil bo`ladi. Shunday qilib, gidrostatik bosim suyuqlik ustunining balandligiga to`g`ri proporsional. Suyuqlikning idish tubiga bosimi idishning shakliga bog`liq bo`lmasdan, idishdagi suyuqlik ustunining balandligiga bog`liq (33-rasm). 33-rasm Tublari bilan tutashtirilgan ikkita vertikal idishlar sistemasiga tutash idishlar deyiladi. (32-rasm). Tutash idishlarga bir jinsli suyuqlik quyilsa, Paskal qonuniga binoan idish tubiga bergan bosim bir xil bo`ladi. P1=P2 yoki Undan esa h1=h2 (122) xulosa kelib chiqadi, ya’ni xar qanday tutash idishlarga bir jinsli suyuqlik quyilsa uning suyuqlik ustuni balandligi bir xil bo`ladi. Agar tutash idishlarga o`zaro aralashmaydigan va zichliklari ( ) bir birlaridan farq qiluvchi suyuqlik quyilsa, tutash idish tirsaklaridagi suyuqlik ustuni balandligi ham, xar xil bo`ladi. (33-rasm). Chunki bo`lganligi uchun (123) bo`ladi. Bundan ko`rinadiki, tutash idishlarga quyilgan suyuqlik ustuni balandligi suyuqlik zichligiga teskari proporsional. Shunday qilib, tutash idishlarda zichligi katta bo`lgan suyuqlik ustunining balandligi kichik, aksincha zichligi kichik bo`lgan suyuqlik ustuni balandligi katta bo`ladi. Download 319.34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling