Suyuqlik va gazlarda bosim. Paskal va Arximed qonunlari. Uzluksizlik va Bernulli tenglamalari


Samolyot qanotining ko`tarish kuchi


Download 319.34 Kb.
bet8/8
Sana13.12.2022
Hajmi319.34 Kb.
#999002
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
6 bosim, Arximed

Samolyot qanotining ko`tarish kuchi
Jism havoda harakat qilganda uning harakatiga qarshilik kuchidan tashqari boshqa kuchlar, xususan havoning ko`tarish kuchi ham, ta’sir qiladi. Misol uchun kuz, bahor oylarida bolalar ko`p o`ynaydigan varrakning osmonga ko`tarilishda qanday kuchlar ta’sir qilishini ko`raylik.
Ma’lumki, varrak shamolga ma’lum burchak ostida bo`lganida havoga ko`tariladi. Varrakning AV sirtiga urilib qaytgan havo oqimi uning yuzasiga R kuch bilan ta’sir qiladi. Bundan tashqari varrakga og`irlik kuchi Rx va ipning taranglik kuchi Q ta’sir qiladi. Bu kuchlarning teng ta’sir etuvchisi R’ bo`ladi. R va R’ kuchlar bir-biriga teng bo`lganida varrak havoda uchadi. Agar R kuch R’ dan katta bo`lsa, varrak yanada yuqoriroq ko`tariladi.


43-rasm


44-rasm
Samolyot havoda uchganida uning qanotiga ta’sir etadigan ko`tarish kuchi varrakdagiga nisbatan ancha murakkab bo`lsa ham, ammo ko`tarish kuchining xosil bo`lishi mexanizmi varrakdan ko`p farq qilmaydi. Samolyot havoga ko`tarilishi uchun uning qanoti maxsus tuzilishga ega bo`lmog`i kerak. 44-rasmda Samolyot qanotining kesimi ko`rsatilgan. Rasmdan ko`rinadiki, uning qanotining pastki chizig`i bilan uchish yo`nalishi orasida ma’lum burchak xosil qiladi. Samolyot gorizontal ravishda uchganda bu burchak 1-1,50 dan ortiq bo`lmaydi. Qo`nishda esa chamasi 150 atrofida bo`ladi. Samolyot qanotining bunday tuzilishi qanot osti va ustidagi havo oqimi tezligining farqi xosil bo`lishiga olib keladi. Љanot ustida havo tezligi katta va shuning uchun bosim kichik, qanot ostida esa oqim tezligi kichik va shu sababli bosim katta bo`ladi. Bu bosimlar farqi esa samolyotni havoda parvoz etishiga olib keluvchi ko`tarish kuchi R ni paydo qiladi. Bu kuchning vertikal tashkil etuvchisi F qanotning og`irligiga P ga qarama-qarshi yo`nalgan ko`tarish kuchi bo`ladi. Agar bu kuch samolyotning og`irligidan katta bo`lsa, samolyot yuqoriga ko`tariladi. Ikkinchi tashkil etuvchi Q rupara qarshilik bo`lib, bu qarshilikni parrakning tortish kuchi yengadi.
Amaldagi samolyotsozlikda juda murakkab aerodinamik masalalarni yechishga to`g`ri keladi. Bu aytilgan fikrlar samolyot qanotining ko`tarish kuchini tushuntirishning prinsipial asosini tashkil qiladi. Aerodinamika masalalarining nazariy asoslarini yaratishda rus olimi N.Ye.Jukovskiyning xizmatlari benihoyadir.
Download 319.34 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling