Stasionar oqim tezligi bilan bosim orasidagi bog`lanish. Bernulli tenglamasi.
To`liq mexanik energiyaning saqlanish qonunini stasionar oqimga ega bo`lgan suyuqliklar uchun ham tadbik etish mumkin. Suyuqlikda fikran ajratilgan massaning kinetik energiyasi uning harakat tezligi orqali, potensial energiyasi esa suyuqlik ichidagi bosim orqali aniqlanadi. Bundan ko`rinadiki, harakat tezligi katta bo`lgan oqimda bosim kichik va aksincha harakat tezligi kichik bo`lgan joyda bosim katta bo`lmog`i kerak.
Buni tekshirish uchun biror S kesimli yuza orqali oqib o`tayotgan m massali suyuqlik oqimining to`liq energiyasini aniqlaylik. Bu energiya shu massadagi suyuqlikning kinetik , potensial energiyalardan va tashqi kuchni yengishi uchun sarflanadigan ishi kabi energiyalar yig`indisidan iborat.
(131)
Energiyaning saqlanish qonuniga binoan, nayning S1 va S2 ko`ndalang kesim yuzali qismlari orqali uzatilgan to`liq energiya o`zaro teng bo`lganligi uchun
(132)
deb yozish mumkin.
Bu tenglamaning xar ikkala tomonini V ga bo`lsak
(133)
ni xosil qilamiz.
42-rasm
(133) tenglamadagi ga gidrodinamik bosim, -ga gidrostatik bosim, R-tashqi bosim (ko`p xollarda atmosfera bosimi) deyiladi. Bu tenglamadan ko`rinadiki, nayda oqayotgan suyuqliklar gidrodinamik, gidrostatik va tashqi bosimlar yig`indisi doimiy bo`ladi. Demak, doimiy tashqi bosimda gidrodinamik bosim katta bo`lgan joylarda gidrostatik bosim kichik va aksincha, gidrodinamik bosim kichik bo`lgan joylarda gidrostatik bosim katta bo`ladi.
O`tkazilgan tajribalar xaqiqatdan ham, aytilgan fikrni tasdiqlaydi. Ko`ndalang kesimi S1>S2 bo`lgan nay kismlarida oqim tezligi v12 bo`lganligi uchun gidrodinamik bosim kichik bo`lgan nay kismlarida gidrostatik bosim katta bo`lar ekan (42-rasm). Bernulli tenglamasi faqat suyuqlik oqimlari uchungina bajarilmasdan gazlar oqimi uchun ham bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |