Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari Reja: Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari


Suyuqliklarga ta‘sir qiluvchi kuchlar


Download 345 Kb.
bet2/4
Sana25.01.2023
Hajmi345 Kb.
#1122108
1   2   3   4
Bog'liq
Suyuqlik va gazlarning umumiy xossalari

Suyuqliklarga ta‘sir qiluvchi kuchlar
Suyuqliklarga ta‘sir qiluvchi kuchlar quyilish usuliga ko’ra ichki va tashqi kuchlarga ajraladi:
Ichki kuchlar-suyuqlik zarralarining o’zaro ta‘siri natijasida vujudga keladi.
Tashqi kuchlar-suyuqlikka boshqa jismlarning ta‘sirini ifodalaydi (masalan, suyuqlik solingan idish devorlarining ta‘siri, ochiq yuzaga ta‘sir qilayotgan havo bosimi va h.k.)
Ichki kuchlar siljituvchi kuchlarga qarshilik sifatida namoyon bo’ladi va ichki ishqalanish kuchi deyiladi.
Tashqi kuchlarni yuza bo’yicha va hajm bo’yicha ta‘sir qiluvchi kuchlar sifatida ko’rish mumkin. Shuning uchun suyuqliklarga ta‘sir qiluvchi kuchlar yuza bo’yicha yoki hajm bo’yicha ta‘sir qilinishiga qarab yuzaki va massa kuchlariga bo’linadi.
Yuzaki kuchlar-suyuqlik hajmining sirtlariga ta‘sir qiluvchi kuchlardir. Ularga bosim kuchi, sirt taranglik kuchi, suyuqlik solingan idish devorining reaksiya kuchlari, ichki ishqalanish kuchi kiradi.
Ichki ishqalanish kuchlari suyuqlik harakat qilgan vaqt da yuzaga keladi va qovushqoqlik xususiyatini yuzaga keltiradi.
Massa kuchlar- suyuqlik hajmining har bir zarrasiga ta‘sir qiladi va uning massasiga proporsional bo’ladi. Ularga og’irlik va inersiya kuchlari kiradi.
Suyuqliklarga ta‘sir qiluvchi asosiy kuchlardan biri gidrostatik bosimdir. Yuza birligiga ta‘sir qiluvchi bosim kuchi gidrostatik bosim kuchi yoki qisqacha gidrostatik kuch deyiladi.
Suyuqliklarning fizik xossalari


Solishtirma og’irlik. Suyuqlikning hajm birligiga teng miqdorining og’irligi uning solishtirma og’irligi deyiladi va grekcha harfi bilan belgilanadi:
(1)
bu Еrda V – suyuqlik hajmi (birligi m3), G – og’irligi (birligi N). Solishtirma og’irlikning o’lchov birligi SI sistemada

texnik sistemada esa bo’lib , ular o’zaro quyidagicha bog’langan:


.


Solishtirma og’irlik bosimiga va haroratga bog’liq bo’lib, ular o’rtasidagi munosabat ideal gazlar uchun quyidagi formula bilan ifodalanadi:

, (2)
bu Еrda R – bosim , T – absolyut harorat, R – gaz doimisi


.

Suyuqlik solishtirma og’irligining 40C dagi suvning solishtirma og’irligiga nisbati uning nisbiy solishtirma og’irligi bo’ladi.


Solishtirma hajm. Suyuqlikning og’irlik birligidagi miqdorining hajmi solishtirma hajm deyiladi:
, (3)

(1,3) va (1,5) formulalaridan ko’rinib turibdiki:





Solishtirma hajmning o’lchov birligi SI sistemasida:


.

Solishtirma hajm ham solishtirma og’irlik kabi bosim va haroratga bog’liq bo’lib, u (2.2) ning boshqa ko’rinishi


р = RT (4)


orqali ifodalanadi.
Zichlik. Suyuqlikning hajm birligiga to’g’ri kelgan tinch holatdagi massasi uning zichligi deb ataladi. Bu ta‘rifga asosan


, (5)
bunda M – suyuqlikning massasi ,.
Zichlikning o’lchov birligi quyidagicha aniqlanadi:



Bazan nisbiy zichlik tushunchasi kiritiladi. Suyuqlik zichligining suvning 40C issiqlikdagi zichligiga nisbati uning nisbiy zichligi bo’ladi. (2,3) va (1,3) lardan ko’rinib turibdiki, zichlik bilan solishtirma og’irlik o’zaro quyidagicha bog’langan


(6)
u holda nisbiy zichlik va nisbiy solishtirma og’irliklar o’zaro quyidagicha bog’lanadi:
(7)
Zichlik haroratga bog’liq bo’lib, odatda harorat ortishi bilan kamayadi. Bu o’zgarish neft maxsulotlari uchun quyidagi munosabat orqali ifodalanadi:
(8)

bunda t – harorat 0S, – hajmiy kengayish temperatura koeffisienti; ρ20 – suyuqlikning 200C dagi zichligi.


Suvning zichligi bu qonundan mustasno bo’lib, uning zichligi eng katta qiymatga 40C da (aniqrog’i 3,980C) da ega bo’ladi. Uning issiqligi bundan oshsa ham, kamaysa ham zichligi kamayib boradi.

Download 345 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling