Shunday qilib, suyuqlikdagi ichki ishqalanish kuchi tezlik gradientiga bog’liq ekanligini tushunish mumkin.
1986 yil I.Nyuton ana shu bog’lanishni chiziqli bog’lanishdan iborat degan gipotezani oldinga suradi. Bu gipotezaga asosan qatlamlari orasidagi ishqalanish kuchi F qatlamlarining tegib turgan sirti (S) ga va tezlik gradientiga to’g’ri proporsionalsuyuqlikning ikki harakatlanuvchi
5.Gazlarning suyuqliklarda erishi. Kavitasiya hodisasi
Tabiatda va texnikada suyuqlik tarkibida oz miqdorda erigan gazlar uchraydi. Bosim ortishi yoki harorat kamayishi bilan erigan gazlar miqdori ortadi va aksincha, bosim kamayganda va harorat oshganda ularning miqdori kamayadi. Shuning uchun bosim kamayishi yoki harorat ortishi bilan suyuqlik tarkibidagi erigan gazlarning bir qismi ajralib chiqib, pufakchalar hosil qiladi, ya‘ni bu holat suyuqliklarning tutash muhitga ta‘luqli qonunlarini o’z kuchin yo’qotishiga olib keladi. Bu hodisa kavitasiya hodisasi deb ataladi. Erigan gazlar o’rnida paydo bo’lgan bo’shliqqa suyuqlik zarralari intiladi va bo’shliq keskin yopiladi. Bu esa gidravlik zarbani vujudga keltiradi.
Bunday gidravlik zarba va uni vujudga keltirgan kavitasiya hodisasi truba devorlari va mashinalarning suyuqlik harakat qiluvchi qismlarning bo’zilishiga olib keladi.
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |