Suyuqliklarni ekstraksiyalash


Markazdan qochma kuch ta'sirida ishlaydigan ekstrak


Download 393.77 Kb.
bet5/5
Sana05.09.2023
Hajmi393.77 Kb.
#1673069
1   2   3   4   5
Bog'liq
davomi

Markazdan qochma kuch ta'sirida ishlaydigan ekstraktorlar. Agar ekstraksiya qilinayotgan modda tez parchalanib ketish xususiyatiga ega bo'lsa (masalan, antibiotik moddalar), bunda jarayon vaqtini maksimal darajada kamaytirish zarur. Markazdan qochma kuch ta'sirida ishlaydigan ekstraktorlarda jarayon maksimal tezlik bilan boradi. Aralashma va erituvchi zichliklarining ayirmasi juda kichik bo'lgan holatda ham bunday ekstraktorlarni ishlatish maqsadga muvofiqdir. Bu turdagi ekstraktorlarning tuzilishi juda ixcham, ish unumi katta, ekstraksiyalash jarayoni esa katta tezliklarda boradi.
Farmasevtika sanoatida (penisilin va boshqa antibiotiklar olishda), organik sintez jarayonlarida, o'simlik moylarini tozalashda va boshqa bir qator sohalarda markazdan qochma kuch bilan ishlaydigan ekstraktorlar muvaffaqiyatli ravishda

qo'llanilmoqda. 14.8-rasmda sanoatda ko'p tarqalgan markazdan qochma kuch ta'sirida ishlaydigan ekstraktorning sxemasi ko'rsatilgan. Rotorning ichida spiralsimon perforasiya qilingan lenta joylashtirilgan. Lentaning teshiklaridan ikkala faza o'tadi. Val katta tezlik (600-M200 miir1) bilan harakat qiladi. Engil faza rotorning chekasiga yuboriladi, og'ir faza esa rotor­ning markaziga yaqin joyga beriladi. Rotor aylangan paytda markazdan qochma kuch ta'sirida lentaning teshiklarida fazalarning jadallashtirilgan kontakti yuz beradi; bunday jara-yonda spiralning kanallarida va silindrlar oralig'idagi bo'sh-liqda uzluksiz ravishda fazalarning ajralishi ham davom etadi. Bunday ekstraktorlar kamchiliklardan ham xoli emas: tuzilishi birmuncha murakkab; ayrim paytlarda suyuqliklar-ni qurilmaga bosim bilan berishga to'g'ri keladi.
javhar1416
Download 393.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling