Suyuqliklarni ekstraksiyalash


Ekstraksiyalashning asosiy usullari


Download 393.77 Kb.
bet3/5
Sana05.09.2023
Hajmi393.77 Kb.
#1673069
1   2   3   4   5
Bog'liq
davomi

Ekstraksiyalashning asosiy usullari. Amaliyotda suyuqlik aralashmalarini ekstraksiyalashning quyidagi usullari qo'llaniladi:
1) dastlabki aralashma va ekstragentni bir marotaba kontaktiga asoslangan jarayon (bir pog'onali ekstraksiyalash);
2) har bir pog'onada toza erituvchi ishlatish yo'li bilan ekstraksiyalash (ko'p pog'onali ekstraksiyalash);
3) bitta yoki ikkita erituvchi yordamida qarama-qarshi oqim bilan ko'p bosqichli ekstraksiyalash (ko'p pog'onali ekstraksiyalash).
Birinchi va ikkinchi usullar kichik hajmli ishlab chiqarishlarda hamda laboratoriya sharoitlarida qo'llaniladi.
Sanoat miqyosida uchinchi usuldan, ya'ni fazalarning qarama-qarshi oqimidan foydalaniladi. Qaysi bir usul qo'llanishidan qat'iy nazar, ekstraksiyalash jarayoni erituvchini regenerasiya qilish bilan birga olib boriladi. Regeneratsiyaning maqsadi eritmalar tarkibidagi kerakli komponentlarni ajratib olish va erituvchilarni qaytadan ishlatishdan iboratdir.


Bir pog'onali ekstraksiyalashning sxemasi 14.1-rasmda tas-virlangan. Dastlabki eritma Fvsl erituvchi S aralashtirgich 1 ga beriladi, so'ngra ara-lashma tindirgich 2 da ikki qatlam-ekstrakt E va rafinat R ga ajraladi. Dastlabki aralashma va erituvchi bir karra to'qnashib, jarayon ko'p vaqt davom etgan holatdagina muvozanat konsentratsiyalariga yaqin tarkibli ekstrakt va rafinat olish mumkin bo'ladi. Jarayonni davriy va uzluksiz rejimda olib borish mumkin. Ekstraksiyalash jarayoni uzluksiz rejim bilan olib borilganda regenerasiya qilingan erituvchi uzluksiz ravishda aralashtirgichga qaytariladi. Ushbu usul tarqalish koeffitsienti m ning qiymati katta bo'lgan sharoitda qo'llaniladi.
14.2-rasmda har bir pog'onada toza erituvchini ishlatishga asoslangan ko'p karrali ekstraksiyalashning sxemasi ko'rsatilgan. Bunday jarayon bir necha pog'onalarda olib borilib, ikkinchi pog'onadan keyingi hamma pog'onalarda dastlabki aralashma sifatida oldingi pog'onalardan olingan rafinatlar (R1, R2, R3 ..., Rn,) ishlatiladi. Toza holdagi ekstragentning umumiy miqdori bir necha qismlar (S1, S2, S3, ..., Sn)ga

14.2-rasm. Ko'p pog'onali va erituvchini parallel ravishda ishlatishga asoslangan ekstraksiyalashning sxemasi:
1, 2, 3, n — pog'onalar; Sv Sv S3, , Sn — pog'onalarga berilayotgan
ekstragentlar; Rv R2, Ry , Rn — pog'onalarga berilayotgan rafinatlar;
Ev Ev Ev , En — pog'onalardan uzatilayotgan ekstraktlar.


14.3-rasm.Ko'p pog'onali va qarama-qarshi oqimli ekstraksiyalashning
sxemasi: 1, 2 n— 1, n — pog'onlaar; Ex — birinchi pog'onadan
chiqayotgan ekstrakt; Rn — oxirgi pog'onadan chiqayotgan rafinat.
bo'linib, paralel ravishda hamma pog'onalarga beriladi. Keyingi har bir pog'onaga dastlabki eritma sifatida uzluksiz ravishda konsentratsiyasi pasayib borayotgan rafinatlar R1, R2, R3 ..., Rn x) beriladi, shu sababdan ekstraktning konsentratsiyasi birinchi pog'onadan (S,) oxirgi pog'onagacha (En) kamayib boradi. Yuqori darajadagi toza rafinat olish uchun katta hajmdagi toza ekstragent kerak bo'ladi, bu holat rafinatni regenerasiya qilish jarayonini qimmatlashishiga olib keladi. Shu sababdan ushbu usuldan sanoatda juda kam foydalaniladi.
Ko'p pog'onali qarama-qarshi oqimli ekstraksiyalashning sxemasi 14.3-rasmda ko'rsatilgan. Qurilma bir-biri bilan ketma-ket bog'langan n ta pog'onalardan tashkil topgan. Dastlabki eritma F va ekstragent S qarama-qarshi yo'nalishga ega bo'lib, oxirgi tarkibi Ex ga teng bo'lgan ekstrakt birinchi pog'onadan, oxirgi tarkibi Rn ga teng bo'lgan rafinat esa n-pog'onadan uzatiladi. Ekstraksiyalashning ushbu usuli texnikaviy-iqtisodiy jihatdan katta afzalliklarga ega bo'lganligi sababli sanoatda keng ishlatiladi. Ekstraksiyalashning ko'p pog'onali va qarama-qarshi yo'nalishli usuli kolonnali ekstrak-torlarda va aralashtirgich-tindirish qurilmalarida amalga oshiriladi.
Oxirgi yillarda suyuqliklarni ekstraksiyalash uchun sanoatda flegma yordamida ishlaydigan qarama-qarshi yo'nalishli va ikkita erituvchidan foydalanishga asoslangan usullar ham keng qo'llanilmoqda.

Download 393.77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling