Suyuqliklarni ekstraksiyalash
Ekstraktorlarning tuzilishi
Download 393.77 Kb.
|
davomi
Ekstraktorlarning tuzilishi. Sanoatda ishlatiladigan ekstraktorlar asosan uch turga bo'linadi: aralashtirish-tindirish; kolonnali; markazdan qochma kuch ta'sirida ishlaydigan.
Aralashtirish-tindirish ekstraktorlari. Eng oddiy, davriy ishlaydigan aralashtirish-tindirish ekstraktorlari vazifasini aralashtirgichli qurilmalar bajaradi. Bir pog'onali ekstraksiyalashni uzluksiz olib borish uchun ikki qism (aralashtirish va tindirish) dan iborat qurilmalar ishlatiladi Eng oddiy tindirgich gorizontal joylashgan idishdan iborat. Tindirgichning hajmi bo'ylab suyuqlik laminar rejim bilan harakat qiladi, natijada aralashma ikki qismga ajraladi. Yengil fraksiya (ekstarkt) idishning tepasida joylashgan shtuser orqali chiqadi. Og'ir fraksiya (rafinat) esa tindirgichning pastki qismidagi shtuser va sifon orqali tashqariga chiqadi. Aralashmalarni ikki qismga ajratishda murakkab tuzilishga ega bo'lgan boshqa tindirish qurilmalari (gidrosiklonlar, sentrifugalar va markazdan qochma separatorlar) ham keng ishlatiladi. Sanoatda ko'pincha ikkita suyuq fazani aralashtirish va ajratish operasiyalari bitta qurilmada amalga oshiriladi. Bunday qurilmalar aralashtirish-tindirish ekstraktorlari deb ataladi (14.4-rasm). Dastlabki eritma 1 va erituvchi (rtegishli quvurlar orqali aralashtirish kamerasiga yuboriladi. Aralashtirish zonasida aralashtirgich doim ishlab turadi. Hosil bo'lgan aralashma yuqoriga ko'tariladi, so'ngra halqasimon bo'shliq orqali ajratish zonasiga o'tadi. Og'ir fraksiya L qurilmadan sifonli quvur orqali, engil fraksiya P esa qurilmaning yuqorisiga joylashgan shtuser yordamida tashqariga chiqadi. O'zaro ta'sir qilayotgan suyuqliklar maxsus quvur orqali resirkulyatsiya qilinadi. Kolonnali ekstraktorlar. "Suyuqlik-suyuqlik" sistemasiga mo'ljallangan kolonnali ekstraktorlar o'z navbatida ikki turga bo'linadi: qo'shimcha energiya berilmaydigan qurilmalar; tashqaridan qo'shimcha energiya beriladigan qurilmalar. Birinchi turga sochib beruvchi, nasadkali va g'alvirsimon ekstraktorlar, ikkinchi turga esa rotorli, pulsasion, vibrasion va boshqa ekstraktorlar kiradi. Suyuqlikni sochib beruvchi ekstraktorlar ichi bo'sh silindrsimon kolonnadan iborat, bunda fazalardan bittasi yaxlit oqim bilan, ikkinchi faza esa qarama-qarshi yo'nalishda mayda tomchilar holatida harakat qiladi. Bunday qurilmalar oddiy tuzilishga ega, biroq ularning samaradorligi juda kam. Nasadkali ekstrak-torlarning tuzilishi absorbsiya va rektifikatsiya uchun ishlatiladigan shunga o'xshash qurilmalardan farq qilmaydi. Sanoatda ko'pincha g'alvirsimon tarelkali ekstraktorlar keng ishlatiladi (14.5-rasm). Bunday ekstraktor verti-kal silindrsimon qobiq 1 va quyilish moslamalari 3 bo'lgan g'alvirsimon tarelkalar 2 ga ega. Kolonnaning ishlashi quyidagicha boradi. Og'ir faza (OF) shtuser 4orqali kolonnaga uzluksiz beriladi, yaxlit oqim bilan pastga harakat qiladi va shtuser 7orqali tashqariga chiqadi. Engil faza (EF) uzluksiz ravishda shtuser 6 orqali kolonnadagi pastki tarelka 2 ning ostki qismiga beriladi. Ushbu faza tarelkadagi teshiklar orqali o'tganida mayda tomchilarga ajraladi. Tomchilar yaxlit faza ichida yuqoriga harakat qiladi va tarelka zonasiga etganida o'zaro qo'shilib, suyuqlik qatlamini hosil qiladi. Bu qatlam tirgovich qatlam deb yuritiladi. Bu qatlamdagi suyuqlik tarelkaning teshiklari orqali o'tib yana tomchilar hosil qiladi. Ekstraktorda yaxlit faza bitta tarelkadan ikkinchisiga quyilish moslamalari 3 yordamida o'tadi. Shunday qilib, bitta kolonnada ko'p marotaba suyuqlik-ning mayda tomchilarga parchalanishi va ular qo'shilib, suyuqlikning tirgovich qatlamini hosil qilishi yuz beradi. Eng yuqorigi tarelkadan chiqayotgan tomchilar, engil suyuqlik qatlami ekstrakt (EF) ni hosil qilib, fazalarni ajratuvchi sath a ga ega bo'ladi va qurilmadan shtuser 5 orqali tashqariga chiqariladi. Og'ir faza (rafinat) qurilmaning pastki qismiga joylashgan shtuser 7 yordamida tashqariga uzatiladi. Tarelka teshiklaridan chiqayotgan tomchilarning tezligiga ko'ra, tomchi hosil qilishning uch xil rejimi bor: notekis tomchi hosil bo'lishi (kichik tezliklarda); bir tekis tomchi hosil bo'lishi (o'rtacha tezliklarda); suyuqlikning kichik oqimlar bilan chiqishi (katta tezliklarda). Tajribalarning ko'rsatishicha, g'alvirsimon tarelkalarning eng samarali ishlashi uchun dispers fazaning teshiklardan o'tish tezligi 0,15-r0,30 m/s bo'lishi kerak ekan. Bunday tezlikda suyuqlikning kichik oqimlar hosil qilish rejimi mavjud bo'ladi. Tarelkalar oralig'idagi masofa 0,25-0,60 m qilib olinishi mumkin. Yaxlit fazaning tarelka ustidagi balandligi 0,2 m atrofida bo'lsa, modda o'tkazish jarayoni tez ketadi. Tarelkadagi teshiklarning diametri odatda 3-6 mm bo'ladi. Agar dastlabki eritma va erituvchi zichliklari oralig'idagi farq 100 kg/m3 dan kam va fazalar o'rtasidagi sirt taranglik kuchi katta qiymatga ega bo'lsa, bunda kontakt yuzasini ancha oshirish uchun tashqaridan energiya beriladigan, ya'ni mexanik aralashtirgich bilan jihozlangan ekstraktorlar ishlatiladi. Tashqaridan energiya beriladigan ekstraktorlar qatoriga birinchi navbatda rotorli ekstraktorlar kiradi. Bu turdagi ekstraktorlarning dastlabki variantlaridan biri Shaybel kolonnasi hisoblanadiю Bu kolonna ketma-ket joylashgan aralashtirish 1 va tindirish 2 eksiyalaridan tashkil topgan. Aralashtirish seksiyalarida valga biriktirilgan aralashtirgichlar 3 o'rnatilgan. Tindirish seksiyalari nasadkalar (masalan, katta katakli qilib to'qilgan to'rlar) bilan to'ldiriladi. Pulsatsiyali ekstraktorlarda ham ikki fazali oqimga qo'shimcha energiya beriladi. Bunda ekstraktorning ichidagi suyuqlikka pulsatorlar yordamida qaytarma-ilgarilama harakat beriladi. Pulsatsiya tebranishlari ta'sirida oqimning turbulentligi va fazalarning tomchilarga aylanish darajasi ortadi, nati-jada nasadkali va g'alvirsimon tarelkali kolonnalardagi modda o'tkazish jarayonining samaradorligi ko'payadi. Sanoatda pulsatorlar sifatida porshenli, plunjerli, mem-branali nasoslar yoki maxsus pnevmatik qurilmalar ishlatiladi. 14.7-rasmda pnevmatik pulsasiya tizimi bo'lgan ekstraksiya qurilmasi ko'rsatilgan. Havo yoki inert gaz kompressor 2 yoramida resiver 5 va zolotnikli tarqatuvchi mexanizm 3 orqali ekstarksiya kolonnasining pulsasiya kamerasi / ga yuboriladi. To'g'ri impuls paytida kameradagi suyuqlikning sathi pasayadi, natijada kolonnadagi suyuqlikning sathi ko'tariladi. Teskari impuls paytida kamera atmosfera bilan birlashadi, kolonnadagi suyuqlikning sathi esa pasayadi. Bunday kolonnada quyilish moslamalariga ehtiyoj qolmaydi, chunki kolonnadagi suyuqlik ustuni ko'tarilganda tarelkadagi teshiklar orqali engil faza £F o'tadi, suyuqlik ustuni pastga tushganda esa og'ir faza OF o'tadi. Pulsasiyali ekstraktorlarda odatda g'alvirsimon hamda KRIMZ turidagi tarelkalar ishlatiladi. G'alvirsimon tarelka teshiklarining diametri 3-s-5 mm, tarelkadagi hamma teshiklarning yuzasi esa kolonna ko'ndalang kesimi yuzasining 20-25% ini tashkil etadi. Tarelkalar orasidagi masofa 50 mm. Pulsasiyali ekstraktorlarning diametri chegaralangan bo'ladi (eng ko'pi bilan 600; 800 mm). Ekstraktorning samaradorligi pulsator tebranishining chastotasi va amplitudasiga bog'liq. Pulsatorlarning ko'pincha maqbul tebranishlar soni minutiga 200-300 ni tashkil qiladi, bunda amplituda 1-2 mm ga teng bo'lishi kerak. Download 393.77 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling