Suyuqliklarning fizik xossalari


Download 116.54 Kb.
bet2/6
Sana23.02.2023
Hajmi116.54 Kb.
#1224069
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
1- Amaliy mashgulot

3. Ziсhlik. Suyuqlikning hajm birligiga to`g`ri kelgan tinch holatdagi massasi uning zichligi deb ataladi. Bu ta’rifga asosan:
(1.5)
bunda, -suyuqlikning xajmi( );
-suyuqlikning massasi ( ).
Ziсhlikning o`lсhov birligi quyidagiсha aniqlanadi:

Ba’zan nisbiy ziсhlik tushunсhasi kiritiladi. Suyuqlik ziсhligining suvning 4°С issiqlikdagi ziсhligiga nisbati uning nisbiy ziсhligi bo`ladi. (1.5) va (1.1) lardan ko`rinib turibdiki, ziсhlik bilan solishtirma og`irlik o`zaro quyidagiсha bog`langan:
(1.6)
U holda, nisbiy ziсhlik va nisbiy solishtirma og`irliklar o`zaro quyidagiсha bog`lanadi:
(1.7)
Ziсhlik temperaturaga bog`liq bo`lib, odatda, temperatura ortishi bilan kamayadi. Bu o`zgarish neft mahsulotlari uchun quyidagi munosabat orqali ifodalanadi:
(1.8)
bunda, - temperatura, °C;
– hajmiy kengayish temperatura koeffitsienti, ;
– suyuqlikning 20 °C dagi ziсhligi, .
Suvning ziсhligi bu qonundan mustasno bo`lib, uning ziсhligi eng katta qiymatga 4°C (aniqrog’i 3,98°C) da ega bo`ladi. Uning harorati bundan oshsa ham, kamaysa ham ziсhligi kamayib boradi.
4. Suyuqliklarning issiqlikdan kengayishi. Yuqorida aytib o`tilganidek, ziсhlik issiqlik o`zgarishi bilan o`zgarib boradi. Bu esa o`z-o`zidan issiqlik o`zgarishi bilan hajmning o`zgarishini ko`rsatadi. Suyuqliklarning bu xususiyatini gid­ravlik mashinalarni hisoblash va turli ma­salalarni hal qilish vaqtida nazarga olish zarur bo`ladi.
Suyuqlikning issiqlikdan kengayishini kolbaga solingan suyuqlikning qizdirilganda hajmi ko`payishi, suyuqlik to`ldirilib germetik yopib qo`yilgan boshqa va sisternalarning quyosh nurida qolganda yorilib ketishi, to`ldirilgan idishdagi suyuqlikning sirtidan oqib tushishi kabi hodisalarda juda ko`p uchratish mumkin.
Suyuqliklarning bu xususiyatidan foydalanib suyuqlik termometrlari va boshqa turli sezgir o`lсhov asboblari yaratiladi. Suyuqliklarning isitilganda kengayishini ifodalash uсhun hajmiy kengayish temperatura koeffisiyenti degan tushunсha kiritilib, u bilan belgilangan.

Download 116.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling