Suyuqliklarning fizik xossalari
Suvning hajmiy siqilish koeffisyienti
Download 116.54 Kb.
|
1- Amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. Suyuqliklarda ishqalanish va qovushqoqlik.
- Masalalar yechish uchun namunalar
Suvning hajmiy siqilish koeffisyienti
6. Suyuqliklarda ishqalanish va qovushqoqlik. Qovushqoqlik deganda suyuqliklarning harakati vaqtida yuzaga keladigan va harakatlanayotgan zarracha harakatiga qarshilik sifatida namoyon bo’ladigan xodisani tushunamiz. Qovushqoqlik darajasi qovushqoqlik koeffitsienti ataluvchi kattalik bilan ifodalanadi va u ikki xil koeffitsient orqali aniqlanadi, ya’ni dinamik va kinematik qovushqoqlik koeffitsientlariga bo’linadi. Nyuton gipotezasiga asosan suyuqlikning ikki xil harakatlanuvchi qatlamlari orasidagi ishqalanish kuchi (T) qatlamlarning tegib turgan sirti (S) ga va tezlik gradientiga to’g’ri proporsional, ya’ni (1.11) bu yerda, - ichki ishqalanish kuchi; - qatlamlar tegib turgan sirt yuzi; -qovushqoqlikning dinamik koeffitsienti; - tezliklar farqi; - qatlamlar orasidagi masofa; - tezlikning ko’ndalang kesim bo’yicha gradienti. Hisoblash ishlarini yengillashtirish uchun ishqalanish kuchining birlik yuzaga to’g’ri kelgan miqdor yoki urunma kuchlanish deb atalgan miqdorga o’tish zarur bo’ladi. Ya’ni: (1.12) bu yerda, - urinma kuchlanish. Dinamik qovushqoqlik koeffitsienti: (1.13) Amaliyotda dinamik qovushqoqlik koeffitsientidan emas kinematik qovushqoqlik koeffitsientidan foydalaniladi: (1.14) bu yerda, -ko’rib chiqilayotgan suyuqlikning zichligi. -kinematik qovushqoqlik koeffitsienti; Qovushqoqlik koeffitsientini aniqlash uchun viskozimetr asbobidan foydalaniladi. Suyuqliklarni qovushqoqlik koeffitsienti Engler usuliga ko’ra quydagicha topiladi: (1.15) Amaliy tajribalar ko’rsatishicha, suyuqlikning qovushqoqligi suyuqlik turiga va uning haroratiga bog’liq. Harorat ko’tarilishi bilan suyuqliklarning qovushqoqligi kamayadi. Suyuqliklarning kinematik qovushqoqlik koeffitsienti 2-ilovada keltirilgan. Suvning kinematik qovushqoqlik koeffitsienti quydagi formuladan aniqlanadi: (1.16) Suvning kinematik qovushqoqlik koeffitsienti 3-ilovada keltirilgan. Masalalar yechish uchun namunalar Download 116.54 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling