Nazorat savollari.
1. Zichlik nima?
2. Moddalrning sifatini o‘lchashda, baholashda zichlikning tutgan o‘rni qanday?
3. Zichlik asosiy sifat ko‘rsatkichli sanaladigan 5 ta mahsulotga misol keltiring.
4. Zichlik bilan temperaturaning bog‘liqligini izohlab bering.
5. Zichlik muammosini hal etishda qadimgi olim Arximedning qo‘llagan usuli
6. Oddiy uy sharoitida zichlikni o‘lchaydigan asbob yasash mumkinmi?
7. Zichlikni o‘lchash usullari.
8. Qalqovuchli zichlikni o‘lchash usulining prinsipi qanday?
9. Fizikaviy-kimyoviy xususiyatlarni sanab bering.
10. Zichlikni o‘lchash uchun xizmat qiladigan qanday asboblarni bilasiz?
Adabiyotlar
1. Ismatullaev P.R. va boshqalar. Metrologiya, standartlashtirish va sertifikatlashtirish./Darslik. Toshkent., 2001.
2. Muhamudov B.E. Metrologiya, texnologik parametrlarni o‘lchash usullari va asboblari./Darslik.Toshkent. O‘qituvchi., 1991.
Davra suhbati uchun masalalar.
1. Qanday tuproq quyosh nurlaridan yaxshi qiziydi: Quruq tuproqmi yoki nam tuproqmi?
2. Daraxtlarning tanalari nima maqsadda oqlanadi?
3. Nima yaxshi grelka bo‘ladi: qumli xaltachami yoki suvli shisha butilkami (massalari va temperaturalari bir xil)?
4. Nima uchun siqilgan gazni ballondan chiqarishda ventil shudring yoki qirov bilan qoplanib qoladi?
5. Gugurt cho‘pi suv yuzida suzib yuribdi. CHo‘pning bir tomoniga sovun eritma quyilsa, cho‘p qaysi tomonga harakat qiladi?
Nima uchun (tajribani o‘zingiz qilib ko‘ring)?
Do'stlaringiz bilan baham: |