Suyuqliklarning zichligini o‘lchash asosiy ma’lumotlar va klassifikatsiyasi
Download 239.2 Kb.
|
4 .SUYUQLIKLARNING ZICHLIGINI O‘LCHASH (1)
Kimyo, oziq-ovqat va boshqa sanoat sohalarida keng tarqalgan zichlik o‘lchagichlar bir-birlaridan qalqovichning shakli, ko‘rsatishlarni masofaga uzatish usuli bo‘yicha farq qiladi. Qalqovichli asboblar 1000...1400 kg/m3 diapazondagi suyuqlik zichligini +2% aniqlik bilan o‘lchaydi.4.2-rasmda qalqovichi batamom cho‘kadigan zichlik o‘lchagichning prinsipial sxemasi ko‘rsatilgan. Bu asbobda pnevmatik o‘zgartkich ishlatilgan Ventil yoki boshqa toraytirish qurilmasi hosil qilgan bosimning pasayishi ta’sirida suyuqlik truba 13 dan halqa taqsimlagich orqali o‘lchash kamerasi I ga keladi va chiqarma trubkalar yordamida truba 14 dan trubo-provodga uzatiladi Suyuqlikning bunday yo‘nalishi oqim tezligining qalqovich 2 ga ko‘rsatadigan ta’sirini yo‘qotadi. Qalqovich sharikopodshipnikda turgan va zichlovchi silfon 10 dan o‘tadigan koromislo uchiga o‘rnatilgan. Koromislo posangi 11 orqali muvozanatlashadi, Posangi shunday rostlanganki, qalqovich eng kichik zichlikka ega bo‘lgan (o‘lchash asbobining pastki chegarasi) suyuqlikda pastga siljiy boshlaydi. Zichlik ko‘payishi bilan qalqovich ko‘payuvchi, itaruvchi kuch ta’sirida ko‘tariladi va sistemadagi muvozanat buziladi. 4.2– расм. Чўкадиган қалқовучли пневматик ўзгарткичли зичлик ўлчагичнинг схемаси. Pnevmatik o‘zgartkich yordamida muvozanat qaytadan tiklanadi. Buning uchun asbobga filtr, reduktor va drossel 7 orasidan havo uzluksiz kelib turadi va soplo 6 bilan koromislo 3 uchiga o‘rnatilgan to‘siq 5 orasidagi zazordan chikib ketadi. Qalqovich ko‘tarilganda, to‘siq soplo tomon siljiydi, natijada soplodan siqilgan havoning atmosferaga chiqishi kamayadi va membranali kuti 8 da havo bosimi oshadi. Bunda membranadan itaruvchi richag 9 ga uzatiladigan kuch oshadi va rolik 4 orqali koromisloning o‘ng uchi yuqoriga ko‘tariladi, natijada to‘siq soplodan uzoqlashadi. Membranaga ta’sir etgan havo bosimi qalqovichni itaruvchi kuchga proporsionaya bo‘lib, suyuqlik zichligining o‘lchovi hisoblanadi va ikkilamchi asbobi 12 orqali o‘lchanadi. O‘lchashning pastki chegarasi (50 kg/m3) rostlagich posangisi 11 ni siljitish yo‘li bilan rostlanadi. O‘lchashning yuqorigi chegarasi va diapazoni qalqovich hamda membrana gabaritlariga yoki ularning koromislo o‘qiga nisbatan burilish masofasiga bog‘liq. Asbobdan o‘tgan havo sarfi o‘zgarmas kesimli drossel 7 yordamida aniqlanadi. Batamom cho‘kadigan qalqovichli zichlik o‘lchagichlarning turli-tuman konstruksiyalari mavjud. Ular bir-biridan qalqovichining konstruksiyasi, muvozanatlovchi qurilma, ko‘rsatishlarni masofaga uzatuvchi mexanizmning konstruksiyalari, avtomatik temperatura kompensatsiyasi usuli va boshqalar bilan farq qiladi. Ximiya, oziq-ovqat va boshqa sanoat sohalarida keng tarqalgan zichlik o‘lchagichlar bir-birlaridan qalqovichning shakli, ko‘rsatishlarni masofaga uzatish usuli bo‘yicha farq qiladi. Qalqovichli asboblar 1000 ... 1400 kg/m diapazondagi suyuqlik zichligini ±2% aniqlik bilan o‘lchaydi. Download 239.2 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling