Suyuqliklarning
Suyuqliklar haqida umumiy ma’lumotlar
Download 194.68 Kb.
|
1-mavzu. Kirish. Suyuqlik haqida umumiy tushuncha. Suyuqliklarni (1)
Suyuqliklar haqida umumiy ma’lumotlarTabiatdagi hamma fizik jismlar qattiq, suyuq va gaz holatlarida uchraydi. Suyuqlik – qattiq jism va gaz holati oralig‘i orasidagi faza. U kichik harorat va suyuqlikning kichik solishtirma hajmida qattiq jism xossasiga yaqin bo‘lsa, katta harorat va katta solishtirma hajmda esa gaz xossasiga yaqin bo‘lgan xossalariga ega. Suyuqlik – bu oquvchanlik xususiyatiga ega bo‘lgan va deyarli to‘liq uzilishga qarshiliklar mavjud bo‘lmagan fizik jism. Suyuqlikning oquvchanligi – bu o‘zining shakli mavjud bo‘lmagan, ya’ni u qaysi idishga solinsa, o‘sha idishning shaklini egallab olish xususiyatiga aytiladi. Suyuqliklar gidromexanikada ikki turga bo‘linadi: tomchilovchi va gazsimon. Tomchilovchi suyuqliklarga suv, neft, benzin, simob, spirt, yog‘ va boshqalar kiradi. Ushbu suyuqliklar kichik hajmlarda tomchi shaklini, ular uchun katta hajmlarda esa erkin sirt – gaz bo‘limi sirti mavjudligini qabul qiladi. Tomchilovchi suyuqliklar quyidagicha tavsiflanadi: siljishga katta qarshilik ko‘rsatadi (amalda siqilmay-dilar); cho‘zilish va urinma kuchlanishlarga kam qarshilik ko‘rsatadi (suyuqliklar orasidagi tortishish va ishqalanish kuchlari-ning ahamiyatsizligi); haroratdan kengayishining ahamiyatsizligi; suyuqliklar va gazsimon muhitlar orasidagi erkin bo‘limlari – erkin sirtlarning mavjudligi. Gazsimon suyuqliklar – osongina suqiluvchi gazlar (havo, azot, kislorod va boshqalar). Keyinchalik “suyuqlik” degan termin faqat tomchilovchi suyuqliklarni tushunamiz. Gidravlika fanida ikkita tushuncha mavjud: real va ideal suyuqliklar. Real suyuqliklar – tabiatda mavjud bo‘lgan suyuqliklar-ni tushunamiz, ideal suyuqliklar esa siqilmaydigan, kengaymaydigan, zarrachalarning absolyut harakatlanishiga ega, ichki ishqalanish kuchlarning mavjud emasligi tushuniladi. Ushbu tushunchalar gidromexanika masalalarini engillashti-rish echish uchun kiritilgan. Download 194.68 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling