Suzish sport turlari qoidalar Reja
Download 53.88 Kb.
|
Suzish sport turlari qoidalar Reja-fayllar.org
Suzish sport turlari qoidalar Reja Suzish sport turlari qoidalar Reja: Kirish. 1. Kukrakda krol usulida suzish va unda tana harakati. 2. Chalkancha krol usulida suzish va unda tana harakati. 3.. Krol usulida ko’krakda va boshqa suzish usullarida qo’l oyoq harakati texnikasi. 4. Nafasni rostlashni o’rganishda qo’llaniladigan mashqlar. Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar. Kirish Insoniyat paydo bo’libduki, hatto ibtidoiy jamoa tizimida ham suzishga ehtiyoj bo’lgan, demakki suzishni paydo bo’lish tarixi bir necha yuz ming yillar balki million yillarga borib taqalar. Chunki qayerda suv-obi hayot bo’lsa o’sha yerda insonlar o’troqlashib yashaganlar. Shunday ekan yashash sharoiti ularga suvda ov qilishga , sohilda –sohilga kechib o’tishga, tabiiy ofatlarda jon saqlashda suzishni o’rganishga majbur qilgan. Inson sevilizatsiyasi natijasida suzish nafaqat hayot ehtiyoji, balki bora-bora suzish bahslarini olib borishgacha tetdi. Natijada rasmiy va norasmiy suzsih musobaqalari yuzaga kela boshladi. Tarixiy manbalarga nazar tashlaydigan bo’lsak, 3-3,5ming yil ilgari ham suzish musobaqalari o’tkazilganligini tasdiqlovchi topilmalar bor. Suzish - odamning suvda o'z qoli va oyoqlari harakati : ko'magida siljishidir. Suzish sporti o'zining yo'nalish va maqsadlariga ko'ra sportcha, amaliy, sinxron (badiiy), ko'ngil ochish o'yinlari, suv to'pi, suvga sakrash kabi turlarga bo'linadi. Bu turlar o'z navbatida o'z usul va uslublariga ega. Jumladan, sportcha suzishni olib ko'raylik. Sportcha suzish musobaqalashadigan masofani maxsus moslamalarsiz, musobaqa qoidasi bilan cheklangan harakat texnikasidan foydalanib suzib o'tish demakdir. Har bir usulda qo'llanadigan harakatlar texnikasi esa musobaqa qoidalari, qo'yilgan ma’lum talablar asosida bajariladi. Hozirgi paytda sportcha suzishning qo'yidagi turlari va masofalari bo'yicha musobqalar o'tkazilib, rekordlar - ro'yxatga olinadi: erkin usul-100, 200, 400,800, 1500 m; estafetalar-4X100 m, 4X200 m; brass-100, 200 m; krol usulida chalqancha suzish- 100, 200 m; aralash suzish-200 m (50 m delfm, Q50 krol usulida chalqancha, Q50 m brass, Q50 m krol usulida ko'krakda); -400 m (100 m delfm, Q100 m krol usulida chalqancha, Q100 m brass, Q100 m krol usulida ko'krakda); aralash estafeta-4X 100 m (100 chalqancha, Q100 m brass, Ql 00 m delfm, Ql 00 m krol). Odatda, masofani erkin usul bilan suzib o'tishda eng tezkor bo'lgan krol usuli ko'krakda suzishda qo'llaniladi. Krol usulida ko'krakda suzish qo'l va oyoqlarning navbatma-navbat bajariladigan to'xtovsiz harakatlari bilan harakterlanadi. Unda gavda suv yuzida deyarli gorizontal holatda joylashadi. Qo'llarning suvni eshishga tayyorgarlik harakati suv yuzida, havoda bajariladi. Bu usul faqat 50 m dan 1500 gacha bo'lgan masofalarda qo'llanilib qolmasdan, balki uzoq masofalarga suzishda ham qo'llaniladi.; Bu usul, baxtsiz hodisalar oldini olishda-cho'kayotganlar oldiga tezroq suzib borishda juda qulaydir. Krol usulida ko'krakda suzish suv to'pi o'yinlarida asosiy harakat vositasi (suzish usuli) bo'lib xizmat qiladi. Sportcha suzish usullarini o'rgatish ko'pincha krol usulida ko'krakda suzishni o'rgatishdan boshlanadi. Bu usul o'zlashtirilgach, boshqa usullardagi suzish texnikasini o'rganish osonlashadi. Brass usulida ko'krakda suzish - suzishning boshqa usullariga qaraganda harakat tezligi jihatidan ancha orqada turadi. Bu usulning texnikasi oyoq va qo'llar harakatlarini bir vaqtda, bir-biriga mos holda bajarish, harakatlarni ma'lum tartibda uyg'unlashtirib borish bilan xarakterlanadi. Tayyorgarlik harakati paytida qo'llar suvdan chiqmaydi. Brassning sportdagi ahamiyati krol usulida ko'krakda suzishdagiga nisbatan ancha kam, lekin brass amaliy ahamiyati jihatidan suzishning boshqa usullariga qaraganda u stun likka ega. Ochiq tabiiy suv havzalarida brass usulida suzishda atrof muhitni mo'ljalga olish, kerakli harakat yo'nalishini saqlash oson bo'ladi. Bu usuldan kiyim bilan suzishda va suzuvchan narsalami bir joydan ikkinchi joyga olib o'tishda foydalanish qulay. Brass usuli texnikasini yaxshi egallaganlar katta masofalarni bemalol suzib o'ta oladigarj, bo'ladilar. Brass usulidan suzishga o'rgatishning boshlang'ich bosqichida foydaianish mumkin. Delfin usuli krol usulida ko'krakda suzish texnikasi mukammal o'zlashtirilgandan so'ng o'rgatiladi. Krol usulida chalqancha suzish-bu usul qo'l va oyoqlarning navbatma-navbat, ketma-ket bajaradigan harakatlari bilan harakterlanadi. Tayyorgarlik harakati vaqtida qo'llar suv yuzida-havoda bo'ladi. Bu usul tezligi jihatidan delfindan so'ng uchinchi o'rinda turadi. Krol usulida'ehalqancha suzish texnikasi ko'p hollarda ko'krakda suzish bilan birga o'rgatiladi. Odatda bu usulni yosh bolalar tez o'zlashtirishadi. Aralash suzish - asosiy sportcha usullarni o'zida mujassamlashtirgan bo'lib, har tomonlama suzish mahoratini sinovdan o'tkazishda ajoyib vosita hisoblanadi. Bu usul boshqa usul bilan shug'ullanuvchi suzuvchilarga mashq jarayonida juda qo'l keladi. Aralash usulda suzish turli miqyosdagi hamma musobaqalarda qo'llaniladi. Aralash suzish texnikasini suzishning asosiy (krol usulida, ko'krakda, chalqancha, brass, delfm) usullari texnikasi o'zlashtirilgandan keyingina o'rgatish maqsadga muvoflqdir. Estafeta komandali musobaqalaming turi bo'lib, bunda har bir komandada to'rttadan suzuvchi qatnashadi. Komanda suzuvchilari birinchi bosqichda start beruvchining "Marsh" komandasi yoki o'q otib berilgan signalga muvofiq start oladilar. Komandaning keyingi qatnashchilari oldingi bosqichdagi suzuvchilar masofani suzib o'tib, qo'llari bilan hovuz devoriga tekkanlaridan keyingina start oladilar. Suzuvchilarning vaqtdan ilgari o'rin almashishlari musobaqa qoidasini buzish deb qaraladi, bunday komanda natijasi hisobga olinmaydi. Erkin suzish bilan o'tkaziladigan musobaqalarda suzuvchilar har qanday suzish usulidan foydalanishlari mumkin. Aralash estafetada esa musobaqa qoidasida ko'rsatilgan suzish, usullarining ketma-ketligi saqlanmog'i shart. Ochiq suv havzalarida suzish daryo, ko'l, dengizlarda suzish sportda unchalik ahamiyatga ega emas. Bunga katta ommaviy-sport tadbirlar, suvda o'tkaziladigan bayramlar kiradi. Suzuvchi sportchilarning anatomik va fiziologik jixatlari. Odam orgnizmi bir butun xolda xarakatchan, uzgaruvchan, egiluvchan, kayishkok biologik kompleks bulib, uni tashki muxit bilan muttasil boglab turadigan narsa |bu nerv sistemasidir. Nerv sistemasiga uning oliy bulimlari, ya’ni bosh miya yarim sharlari pustlogi va pustlok osti tuzilmalari, orka miya perifirik nervlar kiradi. Har kanday odam a’zolari funktsiyalari mana shu nerv sistemasi orkali boshkarik turlari. uz davri I.M. Sechenov, I.P. Pavlov kabi olimlar bu xakitda batafsil ta’limot koldirganlar. Hayot davom etishining zaruriy shartlaridan biri moddalar| almashinib turishidir va, aksincha, moddalar almashinib turgan organizm, demak, tirik, yashayapti. Shunday ekan, u xamisha nerv sistemasi vositachiligida ta’sirlanadi va kuzgaladi: ta’sirlaganda tashki muxitning bosimning engil-ogirligini, ishning oddiy-murakkabligini va xokozo-sezadi, paykaydi, xis kiladi, kuzgalganda esa mana shu sezish, paykash, xis kilish taxlili okibatida javob berish reaktsiyasi yuzaga keladi, binobarin, odam ozmi-kupmi, faoliyat kursatadi. Bu faoliyat uz xajmiga kura, biror a’zolar sistemasining yoki yaxlit organizmning bajargan xarakati, ishi bulishi mumkin. Ammo xarakatlar, turli-tuman ishlar, faoliyatlar xamisha, xamma odamlarda bir maromda, muayyan kulamda, belgilangan xajmda bulavermaydi. Chunki odamning ta’sirlanishi bilan kuzgolishi bir xil bulmaydi, bu-shuning uchun xamki inson bosh miyasiga xos bulgan bunday ruxiyat, organizmning ichki muxiyatga alokador xisoblangan: kon, limfa, tukima va tserobrostinal suyuklik xammada bir xil bulmaydi, shunga kura, ular tarkibidagi moddalar va ularning kontsentratsiyasi xam bir xil emas: yana bu erda ana shu moddalarning fizik-ximyoviy, biologik xossalari nisbatan doimiy bulish, va bulmasligi xam axamiyatga ega. Masalan, shulardan birgina konni misol kilib oladigan bulsak, uning reaktsiyasi faolligi, undagi kayd mikdori, ozik buladigan, moddalarning oz-kupligi, osmotik va arternal bosimi, xarorati, kolaversa, yurak urish soni,konni xaydash mikdori, xajmi, kuchi, maromi va boshkalar xilma-xildir. Anatomiya fanidan ana shunday narsa ma’lumki, odam gavdasining tashkil etuvchi suyaklar, togaylar, paylarning tuzilishida umuman bir xillik bulsa xam, ba’zi xususiyatlari, xossalari, masalan, katta-kichikligi jixatidan bir-biridan fark kiladi. Agar bu faklanishlarga insonning ruxiyatidagi, atrof-muxitga munosabatidagi, tabiat va jamiyat bulgan ta’siridagi farklanadi kushsak masalan yana xam oydinlashadi. Ayniksa, sportchilardagi jismoniy chinikkanlik, bakuvvatlik, kuchlilik ularni karshilikdan kurkmaslik tusiklarni engib utishlik, tushkunlikka tushmaslik kolaversa chidam va matonat sari olga intilishlik kabi xislatlarga egakiladi. Agar ularning turmush tarzini, xayot faoliyatini kuzatadigan bulsak, ularning idrok bilan ish yuritishni, xamisha tartib intizomga rioya etishlarini, vaktni tugri taksimlay olishlarini, ya’ni: ertalab ma’lum paytda urindan turib, ma’lum paytda ovkatlanishi, mashgulotlarga borishin, dam olishini va muayan vaktda yotib uxlashni paykash mumkin. Bir suz bilan aytganda, sportchilar kun tartibiga katiy rioya kilgan xolda yashaydi, xayot kechiradi va ishlaydi. Ma’lumki sprtchilar mushaklari xajmi, kuchi, tarangligi, zichligi, kayishkokligi va chidam bilan oddiy kishilarnikidan fark kilib turadi, chunki sportchilarning mushaklari doimiy oklanishda, zurikish buladi. Fiziologlar- mushaklar uz tabiatiga kura doimiy jismoniy yuklanishda bulmogi lozim, deb bekorga aytmaganlar. Buning ustiga, muttasil xarakatda bulgan mushaklar kon orishiga kumaklashib, yurakni uzluksiz tula kon bilan ta’minlashda ishtirok etadi. kolaversa faol xarakat kilgan mushak uz navbatida yaxshi oziklanadi xam. Kam xarakat odamlar esa mushaklarini talab darajasiga ishga tushirmasliglari |ayni vaktda mushaklarning etarli darajada oziklanmasligi| tufayli, mushaklarni ishdan chikaradilar, okibat natijada ular zaiftortib, kiskarib ketadi, tolalari ipday-ipday bulib koladi. Biror-bir ish bajarmokchi bulsalar, ojizlik kilib koladilar, mushak va naylari darxol chuzilib kolib, butunlay yaroksiz xolga kelib koladi. Bugimlari xam faol xarakatlana olmaydigan, zaif, tuz yigiladigan, suyaklari salga chikadigan va xatto arzimagan urilishlardan darz ketadigan bulib koladi. kolaversa kaddi-kamoti xunuk odamlarni sportchilar orasida deyarli kurgaysiz. Ayniksa suzish bilan bolalikdan, yoshlikdan shugullanib borish odam komatiga xam anatomik-fiziologik tuzilishiga xam, ruxiy-asabiy xolatiga va eng muximi, salomatligiga bekiyos darajada yaxshi ta’sir kursatadi, xatto suzishni mashk kilishga utishning boshlangich davri bilan chinakam suzuvchi-sportchi bulib etishgan davr urtasidagi odamda buladigan tafovutni xam yakkol paykash mumkin. Download 53.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling