Сузиш спорти турларига умумии характеристика


SUPACHADAN START OLISH TEXNIKASI


Download 439.5 Kb.
bet37/51
Sana24.04.2023
Hajmi439.5 Kb.
#1394825
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51
Bog'liq
Suzish

SUPACHADAN START OLISH TEXNIKASI
Shug'ullanuvchilar supachadan sakrab start olishga suzishni o'zlashtirib olganlaridan keyin o'rgatiladi. Suvdan start olish esa chalqancha yotib sirg'anishni o'zlashtirgandan keyin o'rgatiladi. Start texnikasini. o'rganishda ilgari o'tilgan bir qator yordamchi mashqlarni bajarib turish yaxshi natija beradi. Supachadan sakrab start olishni o'rgatish uning texnikasini tushuntirish va ko'rsatishdan boshlanadi. Buning uchun quruqlikda quyidagi mashqlarni bajarish lozim: a) dastlabki holat; b) qo'l siltanishi bilan depsinish va boshqalar. Suvda o'tkaziladigan darslarda start texnikasi quyida keltirilgan mashqlar yordamida o'rgatiladi.
1. Qirg'oq chetiga o'tirib, oyoqlar (hovuz devoridagi maxsus) o'yiqqa qo'yiladi. Kaftlar oldinga qaratib, qo'llar yuqori ko'tariladi, bosh oldinga tushiriladi. Qo'l va bosh holatini o'zgartirmay, gavda ko'krak bilan boldirga tomon biroz egiladi. Shundan so'ng oyoqlar yoziladi, qirg'oqdan depsinib, qo'llarni cho'zgan holda suvga tashlaniladi. Suvga kirishda gavda rostlanib chuziladi va shu holatda suv yuziga qalqib chiqqunga qadar sirg'anadi.
2. Qirg'oq chetini oyoq panjalari bilan qimtib tik turiladi. Kaftlar oldinga qaratib, qo'llar yuqoriga ko'tariladi, dahan ko'krakka yaqinlashtiriladi. Qo'l va bosh holatini o'zgartirmay, cho'kkalab o'tiriladi, ko'krak songa tekkuncha oldinga engashiladi. Shundan so'ng oyoqlar rostlanadi, qirg'oqdan depsinib, qo'llar oldinga cho'zilgan holda gavda suvga tashlanadi. Suvgaqirishda rostlanib-cho'zilib, shu holatda suv yuziga kalqib chiqqunga qadar gavda sirg'anadi;
b) qirg'oq chetini oyoq panjalari bilan qimtib tik turiladi. Kaftlarni oldinga qaratib, qo'llar yuqoriga ko'tariladi. Qo'l va bosh holatini o'zgartirmay chanoq-boldir bo'g'imida to'g'ri burchak hosil bo'lgunga qadar oldinga engashiladi. Shundan so'ng oyoqlarni bukmagan holda qirg'oqdan depsinib, qo'llar oldinga uzatilgancha suvga tashlaniladi. Suvga kirishda gavda rostlanib cho'ziladi va shu holatda suv yuziga qalqib chiqquncha sirg'anadi;
v) «b» mashq start olish supachasida bajariladi.
3. a) qirg'oq chetini oyoq panjalari bilan qimtib tik turiladi oyoqlar chanoq-son bo'g'imidan to'liq bukilib, qo'llar panjaga tekkuncha cho'ziladi. Dahan ko'krakka yaqinlashadi. Shu holatni o'zgartirmay, oldinga qo'llar yozilgancha oldinga-yuqoriga siltanish bilan bir vaqtda qirg'oqdan panja bilan yengil depsinib, gavda rostlanib cho'ziladi va qo'llar bilan suvga kiriladi;
b) «a» mashq start olish supachasida bajariladi.
4. Dastlabki xolat-hovuz chetida start olish uchun tik turiladi. Holatni o'zgartirmay, muvozanatni yo'qotgunga qadar gavda oldinga qiya. Bir paytning o'zida oyoq chanoq-son bo'g'imidan keskin rostlanib, qo'llar pastgaoldinga-yuqoriga yo'nalishda siltanadi, oyoqlar bilan hovuz chetidan kuchli depsinib, to'g'rilangan gavda qo'llar bilan oldinga, suvga yo'naladi. Oyoqlar depsinish va qo'llar siltanishi paytida dahan ko'krakka yaqinlashadi. Suv yuziga qalqib chiqqunga qadar sirg'aniladi.
5. Start komandasiz va komanda bilan «harakat-siz» holatda bajariladi (muvozanatni oldindan yo'qotmagan holda).
Suv ichida start olish texnikasini o'rganish mashqlari.
Hovuz devoriga qarab turib, qo'llar bilan maxsus tutqichdan ushlanadi. Oyoqlar suv ostida bukilgan holda devorga tayaniladi. Boshni orqaga tashlab, suvga bel bilan yotiladi, tushirilgan va bukilgan qo'lni ko'krak ustidan oldinga o'tkazib bosh uzra to'liq uzatiladi va oyoqlar bilan hovuz devoridan depsiniladi. Gavda rostlangan holda, chalqancha, to'la to'xtagunga qadar suvda sirg'aniladi.
a) dastlabki holat-qo'llar bilan hovuz chetidagi maxsus tutqichdan ushlanadi, suvdan start olish uchun tik turiladi. Qo'llarni tez harakatlantirib yuqsriga-oldinga yoki yonga-oldinga yo'nalishda ko'tarib, bosh uzra birlashtirib va gavdani rostlab, oyoqlar bilan hovuz devoridan depsiniladi. To'la to'xtaguncha sirg'aniladi; b) «a» mashq chalqancha suzish uchun start olish joyida bajariladi.
3. Chalqancha suzish uchun suvda start olish komandasiz va komalda bilan bajariladi.



Download 439.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling