Сузиш спорти турларига умумии характеристика


Download 439.5 Kb.
bet44/51
Sana24.04.2023
Hajmi439.5 Kb.
#1394825
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51
Bog'liq
Suzish

Nazorat uchun savollar

  1. Suzish darsini ta'riflab Bering.

  2. O'quv sog'lomlashtirish ishlarini ayting.

  3. Bolalarni suzishgao'rgatishda nimalarga e'tibor beriladi?

  4. mashg'ulot asoslari va uslublariga ta'rif keltiring.



TAYANCH IBORALAR
Suzish darsi, mashg'ulot asoslari, sog'lomlashtirish, bolalar suzish hususiyatlari, jismoniy tayyorgarlik, nazariy tayyorgarlik, maxsus tayyorgarlik, texnik tayyorgarlik, taktik tayyorsharli, o'quv musobaqasi.


Mavzu 7.
O'QUV-SPORT ISHLARINI TASHKIL qILISH


R e j a :

  1. Rejalashtirish

  2. Ukuv sport ishlarini xisobga olish

  3. Tabiy va suniy suv xavzalarining faoliyati

  4. Musobakalar va xakamlik kilish

Suzish bo'yicha o'quv-sport ishlarini uyushtirish, rejalashtirish va hisobga olish o'quv-Mashg'ulot jarayonining muvaffaqiyatli o'tishini ta'minlaydi. O'qituvchilar va jamiyat aktivlari ish faoliyatining samaradorligi o'quv-sport ishlarining sifatli uyushtirilishiga va ularning muntazam hisobga olib borilishiga ko'p jihatdan bog'liq.
O'quv-sport ishlarini uyushtirishga quyidagilar kiradi:
Mashg'ulot o'tkazish uchun joy tayyorlash.
Shug'ullanuvchilarni gruppalarga taqsimlash va uyushtirish.
O'qituvchi-murabbiylar sostavini tuzish va ularning ishini tashkil qilish.
Jamiyat aktivi bilan ishlash.
Mashg'ulot o'tkazish uchun joy tayyorlash. Yozgi va qishki sun'iy basseynlar, shuningdek tabiiy suv havzalari qoshidagi basseynlar suzish bo'yicha o'quv-trenirovka mashg'ulotlarini uyushtirish va o'tkazish joyi hisoblanadi. Bunday sport inshootlarida odatda turli xarakterdagi mashg'ulotlar uchun maxsus xonalar bo'ladi. Jumladan, nazariy darslar uchun maxsus adabiyotlar, ko'rgazmali qurollar va maxsus kinokolsovka hamda kinofilmlarni namoyish qilish uchun kino apparatlar bilan jihozlangan uslubiya kabineti, amaliy mashg'ulotning quruqlikda o'tkaziladigan qismi uchun xona, suzish texnikasini o'rgatish va umumiy hamda maxsus jismoniy mashg'ulot o'tkazish uchun zarur bo'lgan jihozlar va inventarlarga ega maxsus zal, suzishni bilmaydiganlar bilan mashg'ulot o'tkazish uchun sayoz basseyn, shug'ullanuvchilarni sportcha suzishga o'rgatish va razryadli suzuvchilar bilan mashg'ulotlarini o'tkazish uchun Har jihatdan standart basseyn mavjud bulib talabga javob berishi kerak bo'ladi. Suzish uchun o'z inshootiga ega bo'lmagan sport jamiyatlari mashg'ulot o'tkazish uchun joyni kerakli vaqtga ijaraga olib, undan maqsadga muvofiq foydalanishlari lozim. Agar hovuz va yozgi suv bazasi bo'lmasa, o'quv-sport ishlarini tabiiy suv havzalarida o'tkazish mumkin. Umuman maxsus jismoniy tayyorgarlik bo'yicha o'tkaziladigan mashg'ulotlar shamoldan to'silgan, tozalanib, jihozlangan Har qanday suv havzasida o'tkazilishi mumkin. Suzishni bilmaydiganlar bilan bo'ladigan darslar toza, tobora chuqurlashib boradigan soy, havzalarda o'tkaziladi. Suvning dars o'tiladigan qismi shamoldan to'silib, ustunlarga bog'langan arqon bilan chegaralangan bo'lishi kerak. Suzishni biladiganlar bilan Mashg'ulot mashg'ulotlarini o'tkazish uchun chuqurligi 1, 5-2 m keladigan joy tanlanadi va eng oddiy suv bazasi barpo qilinadi.
Sportcha suzish usullarini o'rgatish uchun qirg'oq bo'ylab, suvdan 5-10 sm balandlikda reyka o'rnatiladi. Mashg'ulot mashg'ulotlari o'tkaziladigan joy ikki tomoniga, 25-50 m oraliqda, burilish uchun o'rnatilgan taxta shchit suv ostiga qoqilgan qoziqchalarga mahkamlanadi va shchitlar orasida, bir-biridan 2-2, 25 m uzoqlikda po'kak o'tqazilgan arqon bilan ajratilgan yo'laklar hosil qilinadi. Burilish shchitining ustida start olish uchun supachalar bo'ladi.
Shug'ullanuvchilarni gruppalarga taqsimlash va uyushtirish asosan o'quv yilining boshlanishida yoki yozgi suzish mavsumida amalga oshiriladi. Bunda shug'ullanuvchilar yoshi, jinsi va suzish tayyorgarligiga qarab gruppalarga bo'linadi. Sportcha suzishni boshlovchilar uchun o'quv gruppalari, keksa yoshdagi kishilar uchun o'quv-sog'lomlashtirish gruppalari tashkil qilinadi. Keyinchalik sportda takomillashtirishga mo'ljallanganlar jinsi bo'yicha-erkaklar, ayollar va aralash; yoshi bo'yicha-bolalar (5-6, 7-8, 9-10 yosh), o'smirlar (11-12, 13-14 yosh), yoshlar (17-23 yosh), kattalar (23 yoshdan kattalar), o'rta yoshdagilar (40-50) va keksa yoshdagi (50-60 va hokazolar) gruppalar komplektlanadi. Tayergarligi bo'yicha-suzishni bilmaydiganlar, bo'sh suzadiganlar, o'zicha yaxshi suzadiganlar o'quv (o'rgatish); sport razryadiga ega bo'lmagan suzuvchilar (lekin sportcha suzish usullarini o'zlashtirgan) III va II razryadlilar; I razryadlilar va sport ustalari sportni takomillashtirish gruppalariga jalb qilinadi. Lekin amalda o'quv-sport ishlarini o'tkazishda shug'ullanuvchilar ko'pincha ikkita o'quv gruppalariga: suzishni bilmaydiganlar va bo'sh suzadiganlar; o'zicha (sportcha bo'lmagan) yaxshi suza oladiganlar; shuningdek ikkita sport: o'smirlar va III razryadlilar; II va I razryadli hamda sportni takomillashtirish gruppasiga biriktiriladilar. Ilg'or suzuvchilari uchun sportchi razryadlilar soni kam bo'lgan hollarda ular maxsus bir gruppaga uyushtiriladi.
Bitta o'qituvchiga quyidagi miqdorda shogirdlar bilan shug'ullanish tavsiya qilinadi:
suzishni bilmaydiganlar, yomon biladiganlar va o'zicha suza oladiganlar o'quv va o'quv-sog'lomlashtirish gruppalarida 12-15 kishidan ko'p bo'lmasligi kerak, Mashg'ulotlar haftasiga 2-3 marta, suvda 30-45 minut davomida o'tkaziladi;
sportcha suzish texnikasini o'zlashtirgailar, o'smirlar va III razryadlilardan iborat o'quv-Mashg'ulot gruppasi 8-10 kishidan ko'p bo'lmasligi kerak. Mashg'ulot bir haftada 3-4 marta, suvda darslar 45-60 mindavom etadi;
II razryadli suzuvchilardan iborat o'quv-trenirovka gruppasi 6-7 kishidan ko'p bo'lmasligi kerak. Mashg'ulotlar bir haftada 4-5 marta o'tkazilib, ularning har biri 60-90 minut davom etadp;
I razryad va sport masterlaridan iborat sporttakomillashtirish gruppasida 4-6 kishi shug'ullanadi.
Mashg'ulotlar haftasiga 6, 9, 12 marta o'tkazilib, suvdagi darslarniig davom etishi 90-120 min ni tashkil etadi.
Bolalar, o'smirlar, yoshlar va kattalar bilan suzish bo'yicha o'quv, o'quv-sog'lomlashtirish va sport trenirovkasi hunar-texnika, suvorovchi va naximovchi bilim yurtlari, o'rta va oliy o'quv yurtlari, kuyi jismoniy tarbiya kollektivlari, ommaviy sport tashkilotlari, Harbiy sport klublari, sun'iy hovuzlar va yozgi suv bazalar ma'muriyati, madaniyat va istirohat bog'lari direksiyasi, sport jamiyatlari Soyuzi va tashkilotlari kabi organlar tomonidan uyushtiriladi va o'tkaziladi. 2 yil, I razryadlilar va sport masterlari gruppalari 3-4 yil o'rgatiladi.
Qishki hovuzlari bo'lmagan maktablarda III razryadlilar gruppasi 1-2 yil, II razryadlilar gruppasi 3-4 yil hamda I razryadlilar va sport masterlaridan iborat gruppalar mashg'ulotlarning keyingi yillarida o'sitiladi. O'quv-sport ishlariga o'rta maxsus yoki oliy ma'lumotli o'qituvchilar (murabbiylar) jalb qilinadi. Mashg'ulotlar jadvali tuzilgandan keyin ish kuni normasiga muvofiq o'qituvchilar gruppalarga biriktiriladi. O'quv-sport ishlari ustidan murabbiylar (pedagogik) soveti rahbarlik qiladi, u siyosiy-tarbiyaviy, o'kuv-uslubiy ishlarning saviyasini oshirish bilan shug'ullanadi. Murabbiylar nazariy va amaliy darslar, Mashg'ulotning yillik va perspektiv, ilg'or suzuvchilar uchun individual rejalar, sport tadbirlari va bu tadbirlarni uyushtirish rejalarini ishlab chiqadi va tasdiqlaydi. Bundan tashqari o'qituvchilar sostavining ijtimoiy-siyosiy darajasini va malakasini oshirishga qaratilgan tadbirlar kompleksini ishlab chiqadi va o'tkazadi.
Jamiyat aktivini tuzish (uyushtirish). Har bir gruppaga o'qituvchilar biriktirilgandan so'ng gruppa asta-rostasi va unga yordamchi saylanadi.
Starostalar gruppani o'tiladigan darsga tayyorlashda va o'qituvchiga o'quv-tarbiyaviy hamda o'quv-sport ishlarini o'tkazishda ko'maklashishi kerak. Starostalar murabbiylar majlisida qatnashadi va unda ovoz berish huquqiga ega. Bolalar sport maktablarida ota-onalar komiteti tuziladi. Qomitet murabbiylar kengashining tashkiliy-tarbiyaviy ishlarida aktiv ishtirok etadi. Barcha o'quv va sport gruppalarida tashkiliy ishlar tugab, ular komplektlannb bo'lgandan kenin shug'ullanuvchilarning umumny majlisi chaqiriladi hamda komitetning seksiya byurosp saylanadi. Byuro seksiyashshg nsh rejasini tuzadi. Rejaga ko'ra:
Siyosiy-tarbiyavnp va madaniy-ommashsh ishlar.
Tashkiliy ishlar.
O'quv-sport ishlari.
Ommaviy sport ishlari.
Targibot tashvikot ishlari.
Tashkpliy xo'jalik shplari bo'limlari ish olib boradi.
Seksiya rejaini tuznshda va amalga oshirishda barcha o'qituvchilar, murabbiylar kengashi va xammadan ko'ra ko'proq seksiya katta murabbiyining xizmati katta. Uz navbatida seksiya va uning Har bir a'zosi murabbiylar kengashi, o'qituvchilar (murabbiylar) sostavi (kollektiv) siyosiy-tarbiyaviy, tashkiliy va o'quv-sport ishlarida faol ishtirok etishi kerak.
Boshqarma, shahar va boshqa tashkilotlar qoshidagi KSJ (ko'ngilli sport jamiyati) seksiyasining ishlarini uyushtirish va o'tkazish sport maktabi prinsipi asosida olib boriladi. Faqat seksiya plenumiga (byuro-siga) saylash quyi seksiyalardan konferensiyaga kelgan delegatlar tomonidan amalga oshiriladi. Plenumda seksiyalarning prezidiumi saylanadi. Konferensiyada hisobot davrida qilingan ishlar, aynan KSJ dagi suzishning ahvoli va rivojlanish istiqboli bo'yicha doklad muhokama qilingandan so'ng, amalda o'quv-sport ishlariga rahbarlik va nazorat qilayotgan seksiya-prezidiumlari, federasiyasi saylanadi. Sport kollek-tivlari huzurida suzish sporti bo'yicha sudyalar kollegiyasi tuziladi. Unga rahbarlik qiluvchi sostav (prezidium) aynan shu kollektiv sudyalarining umumiy majlisida saylanadi. Shunga muvofiq xakamlar konferensiyasida shahar, viloyat o'lka, respublika xakamlar xay'ati prezidiumi saylanadi.



Download 439.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   51




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling