Сузиш спорти турларига умумии характеристика
Download 439.5 Kb.
|
Suzish
- Bu sahifa navigatsiya:
- XAKAMLIK QILISH
XAKAMLIKNI TASHKIL ETISH
Musobaqani xakamlar xay'ati boshqaradi. Uning ish faoliyatiga bosh xakam rahbarlik qiladi. Xakamlar xay'atiga bosh sudyadan tashqari uning 2-3 yordamchisi, o'rinbosari, bosh sekretar va sekretarlar, katta va kichik sudyalar kiradi. Uni mahalliy xakamlar xay'ati prezidiumi musobaqa boshlanmasdan 10-30 kun oldin tayinlaydi. Kalendar yilining boshida xakamlar xay'ati prezidiumi tomonidan Respublika miqyosidagi musobaqalarning sudyalar kollegiyasi komplektlanadi (tayinlanadi). Bosh xakamlar xay'ati sostaviga bosh sudya, uning yordamchilari va bosh sekretar kiradi. Bosh sudyalar kollegiyasini prezidium tasdiqlatish uchun tegishli sport jamiyati va tashkiloti kengashiga qo'yadi. Respublika miqyosidagi musobaqalarning xakamlar xay'atining to'liq sostavi musobaqadan 1-2 oy oldin tasdiqdan o'tadi. Sudyalar kollegiyasi komplektlangach, musobaqaga xakamlik qilish ishlarini tashkil qilish boshlanadi. Xakamlik sifatini oshirish va qoidani izohlashda umumiy yakdillikka erishish maqsadida musobaqa boshlanishidan 2-3 kun oldin barcha xakamlar xay'atiga seminarlar va instruktaj o'tkazish (yo'l-yo'riq ko'rsatish) tavsiya qilinadi. Mashg'ulotlarda xakamlik qilish texnikasi va uslubiyasi, musobaqa qoidasiga qo'shimchalar kiritish va musobaqa nizomi o'rganiladi. Shu davrda bosh sudya va uning yordamchisi sport inshootining musobaqaga tayyorligini tekshiradi, tantanali ochilish tartibi va musobasaning yakunlovchi qismi-komanda va shaxsiy birinchilik g'oliblarini mukofotlash rejalarini ishlab chiqadi. XAKAMLIK QILISH Suzish bo'yicha musobaqalarga xakamlik qilish sport jamiyatlari tasdiqlagan amaldagi qoidaga asosan o'tkaziladi. Xakamlar xay'ati musobaqa boshlanishiga bir necha kun qolganda bir qator tayyorgarlik tadbirlarini o'tkazadi. Jumladan, sudyalar kollegiyasining kengashi tayinlanadi va u qatnashuvchi komandalar vakillarining ishtirokida o'tkaziladi. Kengashda musobaqani o'tkazish masalalari ko'rib chiqiladi, shuningdek, xakamlar xay'atining sostavi e'lon qilinadi, bellashuvda qatnashuvchi tashkilotlar vakillari xakamlar xay'atiga musobaqa o'tkazishdagi asosiy hujjat talabnoma (zayavka) va yozma talabnomalarni topshiradi. Kengashning kun tartibiga mandat komissiyasi raisining musobaqaga qo'yilgan komanda sostavi a'zolari haqidagi axboroti kiritiladi. Musobaqada qatnashuvchilar uchun qur'a tashlash komissiyasi tuziladi. Komissiyaga bosh xakam yordamchilaridan biri, bosh sekretar va katta sudyalardan biri kiritiladi. Komissiya kengashdan so'ng musobaqada qatnashuvchi komanda vakillari yoki murabbiylar ishtirokida qur'a tashlashni o'tkazadi. Qur'a tashlash natijalari ko'p nusxada ko'paytirilib, ishtirok etuvchi komanda vakillariga tarqatiladi. Musobaqa nizomga binoan, belgilangan vaqtda boshlanadi. Parad xakamlar xay'ati va qatnashuvchi komandalarnint avvalgi yil yakunlovchi musobaqalarda egallag'an o'rinlari tartibida chiqish bilan boshlanadi. Agar musobaqa birinchi marta o'tkazilayotgan bo'lsa, unda qatnashuvchi komandalar tashkilot nomi bo'yicha alfavit tartibida saflanib chiqadi. Saflangandan so'ng parad komandiri raport beradi. Raportni qabul qiluvchi qisqa tabrik nutqi so'zlaydi. So'ngra musobaqa bayrog'i ko'tariladi. Musobaqaning keyingi kunlari yeudyalar kollegiyasining uyushgan holda chiqib saflanishi musobaqaning navbatdagi kuni ochilganini bildiradi. Musobaqalarga xakamlik qilish. Sudyalar kollegiyasi barcha masofalarga yozilgan talabnomalarga, zayavkalarga asosan to'ldirilgan kartochkalar bo'yicha suzishlarga qur'a tashlaydi: ayollar (qizlar) uchun alohida, erkaklar (bolalar va o'smirlar) uchun alohida. Kartochkaga masofa va usul nomi, qatnashuvchining ismi, familiyasi, tug'ilgan yili va uning qaysi sport tashkilotiga mansubligi yoziladi. Buning uchun joriy qilingan formada kartochka, bo'lmasa, 15x8 sm kattalikdagi qog'ozdan foydalanish mumkin Suzishlarga qur'a tashlash ikki usulda o'tkaziladi. Birinchi usul-nizom bo'yicha musobaqada qatnashuvchilarning o'rni birinchi suzishdan so'ng aniqlanishi nazarda tutilgan holda qo'llaniladi. Shu maqsadda Har bir masofaga suzish natijalari taxminan bir xil bo'lgan suzuvchilar tanlab olinadi. Sekretarlar kartochk» to'ldirishda suzuvchilarning familiyasi tagiga shu asofada u erishgan so'nggi natija yoki kutiladigak natijani yozib qo'yadi. Bu natijalarni komanda vakillari yozma talabnomalarga xakamlar xay'atiga topshirishdan oldin yozib qo'yadilar. Suzishlar soni aynan shu masofaga berilgan talabnomalardagi qatnashuvchilar sonini sport inshootining (basseynning) yo'laklari soniga taqsimlash orqali aniqlanadi. Masalan, ellikta qatnashuvchiga talabnoma berilgan deylik. Basseyk esa to'rt yo'lakli. Demak, 50: 4-12 suzish va ikkn qoldiq chiqadi. Qolgan ikki sportchi 12-suzishda uch kishidan suzishga qo'yiladi. Birinchi masofaga suzishlarga qur'a tashlangandan keyin, navbatdagi masofaga qur'a tashlanadi. Musobaqaning keyingi kuilarida suzishlar 1 dan boshlab nomerlanadi. Ikkinchi usul nizomda musobaqa dastlabki suzish, yarim final va final suzishlar bilan o'tkazilishi nazarda tutilganda qo'llaniladi. Bunda qur'a tashlash faqat dastlabki suzishlar uchun o'tkaziladi. Qur'a tashlashda musobaqa qatnashchilarining sport tayyorgarligi hisobga olinmaydi. Yarim final va final chiqishlari oldingi natijalar asosida musobaqa qoidasiga muvofiq tuziladi. Sud'yalar kollegiyasi ishtirok etuvchilarni startga chaqiradi, yo'laklar bo'yicha suzuvchilar familiyalarisi e'lon qiladi, start olish uchun komanda beradi, masofaning to'g'ri suzilishi va burilishlarning to'g'ri bajarilishini kuzatadi, suzuvchilarning finishga kelish tartibini belgilaydi, sekundomer ko'rsatkichiga muvofiq suzuvchilar natijasini chiqaradi va qatnashayotgan tashkilotlar komandalarining natijalarini hisoblaydi. Xakamlar xay'atida eng katta vazifani sekretariat bajaradi. Sekretariatning ishni tez, aniq va puxta bajarishi musobaqaning samarali o'tishini ta'minlaydi. Sekretariat xakamlar xay'ati majlislarinin grotokolini olib boradi. Ayrim masofalarbo'yicha protokollar tuzadi. Nizomga binoan komanda birinchiligini joriy qilingan hisob (zachyot) sistemasiga muvofiq aniqlaydi. Komanda va shaxsiy birinchilik g'oliblarini mukofotlash uchun hujjatlar hamda musobaqaning hisobotini tayyorlaydi. Suzish bo'yicha o'tkazilgan komanda birinchiligi musobaqalarida turli zachyot sistemalari qo'llaniladi. Download 439.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling