Suzishning nazariy asoslari


Download 65.79 Kb.
bet3/4
Sana01.04.2023
Hajmi65.79 Kb.
#1317000
1   2   3   4
Bog'liq
Suzish slides

GAVDA MUVOZANATI
Suzishda gavda muvozanatini saqlash muhim masalalardan biri hisoblanadi. Chunki, suv yuzida qalqib turgan suzuvchining gavdasi hamma vaqt gorizontal va turg'un muvozanatda bo'lmaydi. Bunga sabab suyak, muskul, pay uncha-muncha ёg' to'qimalaridan iborat oyoq-qo'llarning, ya'ni gavda quyi qismi solishtirma og'irligining o'pka joylashgan gavda yuqori qismining solishtirma og'irligidan ko'pligidir. Shuning uchun suzuvchi suvda qo'llarini gavda bo'ylab uzatib yotarkan, chanoq yaqiniga joylashgan og'irlik markazi, ko'krak qafasiga yaqin joylashgan bosim markazidan (suzuvchanlik markazi) 2-6 santimetr uzoqlikda bo'ladi. Shu bilan birga bosim markaziga joylashgan va yuqoriga itaruvchi suvning bosim kuchi, og'irlik markaziga joylashgan va pastga yo'nalgan gavdaning og'irlik kuchi bilan qo'shilib qo'sh kuchni hosil qiladi, natijada gavda o'zining ko'ndalang o'qi atrofida aylana boshlaydi. Bu holat oyoqning pastga tushishi bilan birga bosim markazi og'irlik mrkazidan yuqorida va bir vertikal to'g'ri chiziqda joylashguncha davom etadi. Suv betida ko'krakda yoki chalqancha yotib gavdaning gorizontal holatini saqlash uchun qo'lni bosh uzra oldinga cho'zish kerak. Qo'l holatining yetarlicha uzatilmaganligi natijasida og'irliklik markazini gavdaning ko'ndalang o'qi bo'ylab bosim markaziga yaqinlashtiradi. Gavdaning va qo'l-oyoqlarning yetarlicha uzotilmaganligi natijasida og'irlik va bosim kuchi ko'ndalang o'q atrofiga joylashadi, bu esa gavdaning uzunasiga joylashgan o'qi atrofida aylanma harakatni hosil qiladi. Qo'l yoki oyoqni suvdan ko'tarish natijasida gavda bir tomoni bilan aylana boshlaydi. Suzuvchining qo'l-oyog'i, boshining holati, og'irlik va bosim markazi bir-biriga nisbatan turlicha joylashishi mumkin va bu holat gavdaning suvdagi suzuvchanligiga ta'sir ko'rsatadi. Shuning uchun qismlarning har qanday o'zgarishi turg'un, muvozanat vaziyatidagi gavdaga darrov ta'sir etadi.
DINAMIK SUZISH
Dinamik suzish-ichki va tashqi kuchlarning o'zaro ta'siri natijasida oyoq-qo'l harakatlari yordamida hosil bo'ladigan qo'shimcha harakatdir. Odamning suvdagi faol ichki kuchlaridan biri-muskul kuchlaridir. Tashqi kuchlarga gidrostatik kuchlar va og'irlik kuchi, shuningdek gidrodinamik kuchlar kiradi. Odamning suvdagi harakati natijasida paydo bo'lgan og'irlik kuchi Har bir suzuvchi uchun doimiy bo'lib, u pastga yo'nalgan bo'ladi. Ko'taruvchi kuch gavda ayrim a'zolarining suvga botish darajasiga qarab o'zgaradi va har doim yuqoriga yo'nalgan bo'ladi. Havoga nisbatan suv zichligining kattaligidan foydalanib, usullar vositasida odam o'z gavdasini suvda harakatga keltiradi. Bir tomondan suvning katta zichligi tayanch reaksiyasini oshiradi, ikkinchi tomondan esa, harakatlanayotgan gavdaga muhit ta'sirini kuchaytiradi. Suv yuzidagi gavdaning bir qismi havo qarshiligiga uchraydi, lekin suzuvchining tezligi 1,0-2 mG'sek bo'lganda bu ta'sir juda kam bo'ladi va shuning uchun bu qarshilik ahamiyat kasb etmaydi.
Suvda harakatlanayotgan gavdaga ta'sir etuvchi kuchlarni aniqlash nihoyatda qiyin. Bu kuchlarni aniqlash uchun gidromexanika tajriba metodlaridan keng foydalaniladi. U yoki bu model yordamida aerodinamik trubalarda va maxsus sinov hovuzlarida kuzatishlar olib boriladi. Harakatsiz model aerodinamik trubalarda ma'lum tezlnk bilan harakatlanayotgan havo oqimiga qo'yiladi va harakatlanayotgan kuchlar aerodinamik o'lchovlar yordamida aniqlanadi. Buning uchun hovuzlarda sinalayotgan «gavda» tezlik bilan shatakka olinadi va harakatlanuvchi kuchlar dinamometr bilan o'lchanadi. Aerodinamik o'lchov va dinamometrlarning ko'rsatishicha, faqat harakatlanuvchi kuchlar ustida fikr yuritib qolmasdan, bu kuchlar gavdaning formasi va joylashishiga qarab o'zgarishini, uning suv sathidagi holati va harakat tezligini ham o'rganish mumkin. Suzganda odam gavdasining forma va holati suzish usullari va harakat fazalariga qarab o'zgaradi.

Download 65.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling