Svetoforlar quyidagilarga bo’linadi va tasniflanadi: kirish


Download 497.81 Kb.
bet7/19
Sana26.01.2023
Hajmi497.81 Kb.
#1127231
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19
Bog'liq
svetaforlar

LOKOMOTIV SVETOFORLARI
27. Avtoblokirovka va avtomatik lokomotiv signalizasiya bilan jihozlangan uchastkalarda, lokomotiv svetoforlaridan quyidagi signallar uzatiladi:
yashil chiroq - «Harakatga ruхsat beriladi; poezd yaqinlashib kelayotgan yo’l svetoforida yashil chiroq yonayapti» (rasm 2.27, a);
sariq chiroq - «Harakatga ruхsat beriladi; poezd yaqinlashib kelayotgan yo’l svetoforida bitta yoki ikkita sariq chiroq yonayapti» (rasm 2.27, b);
sariq bilan qizil chiroq birga – «To’хtashga tayyor bo’lgan holda harakatlanishga ruхsat beriladi; poezd yaqinlashib kelayotgan svetoforda qizil chiroq yonayapti» (rasm 2.27, v).







a)

b)

v)

Rasm 2.27

Qizil chiroqli yo’l svetoforidan o’tgan vaqtda lokomotiv svetoforida qizil chiroq yonadi (rasm 2.27,e);
oq chiroq - (rasm 2.27, d) lokomotiv qurilma yoqilganini ko’rsatadi, ammo yo’l svetoforining signallari lokomotiv svetoforiga uzatilmaydi va bunday holda mashinist yo’l svetoforining signallariga rioya qilishi kerak.





d)

e)

Rasm 2.27

Lokomotiv svetofori shuningdek quyidagi signallar uzatadi:
yashil chiroq bilan – bitta o’chib yonuvchi sariq chiroqli, bitta o’chib yonuvchi yashil chiroqli yoki bitta sariq va bitta ko’k chiroqli yo’l svetoforiga poezdni yaqinlashib kelayotganini ko’rsatadi.
sariq chiroq bilan – poezdni ikkita sariq chiroqli, ulardan yuqorisidagi o’chib yonuvchi hamda strelkali o’tkazgichdan og’ishib o’tishini ko’rsatuvchi boshqa chiroq ko’rsatkichli yo’l svetoforiga yaqinlashib kelayotganini ko’rsatadi.
28. Avtomatik lokomotiv signalizasiyasi signalizasiyaning mustaqil vositasi sifatida qo’llanilgan uchastkalarda poezdning harakat qilish davrida lokomotiv svetoforidan quyidagi signallar uzatiladi:
yashil chiroq - «Belgilangan tezlikda harakatlanishga ruхsat beriladi, oldinda ikkita yoki undan ko’p blok-uchastkalar bo’sh»;
sariq chiroq - «Pasaytirilgan tezlikda harakatlanishga ruхsat beriladi, oldinda bitta blok-uchastka bo’sh»;
sariq bilan qizil chiroq birga – «Blok-uchastkada to’хtashga tayyor bo’lgan holda harakatlanishga ruхsat beriladi, keyingi blok-uchastka band».
Agar poezd band bo’lgan blok-uchastkaga kirsa lokomotiv svetoforida qizil chiroq yonadi.
Oq chiroq lokomotiv qurilmasini yoqilganligini, lekin yo’ldan lokomotivga signal uzatilmayotganligini ko’rsatadi.

Yo’l svetoforiga yaqinlashganda lokomotiv svetoforlaridan ushbu Yo’riqnomaning 27 bandida ko’rsatilgan signallar uzatiladi.



Download 497.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling