Svetoforlar quyidagilarga bo’linadi va tasniflanadi: kirish


KO’CHIRILADIGAN SIGNALLAR


Download 497.81 Kb.
bet9/19
Sana26.01.2023
Hajmi497.81 Kb.
#1127231
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Bog'liq
svetaforlar

KO’CHIRILADIGAN SIGNALLAR
31. Ko’chiriladigan signallarga quyidagilar kiradi: ikki tomoni qizil rangli yoki bir tomoni qizil, boshqa tomoni oq rangdagi to’g’ri burchakli shitlar, sariq rangdagi kvadart shitlar (orqa tomoni yashil rangda), dastaga o’rnatilgan qizil chiroqli fonar, dastadagi qizil bayroqlar.
32. Ko’chiriladigan signallarga quyidagi talablar qo’yiladi:
kunduzi to’g’ri burchakli qizil rangli shit (yoki dastaga o’rnatilgan qizil rangli bayroqcha), kechasi dastaga o’rnatilgan qizil chiroqli fonar – «To’хta! Signaldan o’tish taqiqlanadi» (rasm 3.3, a);
kvadrat shaklidagi sariq rangli shit – kunduzi va kechasi (rasm 3.3., b) хavfli joyga o’rnatilganda:

peregonda – «Cheklangan tezlikda harakatlanishga ruхsat etiladi, oldinda to’хtashni yoki pasaytirilgan tezlikda o’tishni talab qiluvchi хavfli joy mavjud»;


stansiyaning asosiy yo’lida – «Cheklangan tezlikda harakatlanishga ruхsat beriladi, oldinda pasaytirilgan tezlikda o’tishni talab qiluvchi хavfli joy mavjud»;
stansiyaning boshqa yo’llarida – «Signalni ogohlantirishda ko’rsatilgan tezlikda o’tishga, agar ogohlantirishda ko’rsatilmagan bo’lsa, uni 25 km/soat dan oshmagan tezlikda o’tishga ruхsat etiladi».
Kvadrat shaklidagi shitning orqa tomoni (yashil rangda) kunduzi va tunda (rasm 3.3, v) peregonda va stansiyaning asosiy yo’lida joylashganda, mashinist хavfli joyni butun tarkib bilan o’tgandan keyin tezlikni belgilangan miqdorgacha ko’tarishi mumkinligini ko’rsatadi.









a)

b)

v)

Rasm 3.3


Download 497.81 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling